Get Mystery Box with random crypto!

Xalqaro tahlil shuni koʻrsatmoqdaki, tobora koʻproq odamlar me | Diyor Digital

Xalqaro tahlil shuni koʻrsatmoqdaki, tobora koʻproq odamlar metavers haqida bilishmoqda, ammo hamma ham nima ekanligini tushunmayapti

Thompson Intelligence tahlilchi kompaniyasi Buyuk Britaniya, Xitoyda so'rov o'tkazdi va soʻngi 1 yil ichida metavers haqida xabardorlik deyarli ikki baravar ko'payganini aniqladi, ammo baribir hamma ham uning qanday ishlashini tushunmayapti.

Soʻrovnomadagi atigi 15% kishi metavers nima ekanligini tushunadi va uni boshqalarga tushuntira oladi. Shu bilan birga, 74% bu atama haqida eshitgan, oʻtgan yili 32% odam bu haqida eshitgan xolos.

Metavers haqida bilganlarning 82% bu muloqot qilish uchun joy, 70% xarid qilish joyi, 68% elektron tijorat va 50% Metavers internetning bir boʻlagi deb biladi.

P:S; Oʻzbekistonda ham deyarli koʻpchilik bundan bexabar va ommaviy axborot vositalari ham bu mavzuda hech narsa e’lon qilmayapti. Umuman olganda, metavers haqida oʻzbek kontenti juda kambagʻal. Buyogʻiga shu mavzu haqida kengroq yozib borishni reja qilayabmiz!

@Diyor_digitall