Get Mystery Box with random crypto!

Dilfuzashifo

Telegram kanalining logotibi dilfuzadoctor — Dilfuzashifo D
Telegram kanalining logotibi dilfuzadoctor — Dilfuzashifo
Kanal manzili: @dilfuzadoctor
Toifalar: Sogʻlom
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 2.11K
Kanalning ta’rifi

Врач (akusher-ginekolog)
Телефоны для справок:
998712775090

Ratings & Reviews

3.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

2

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-04-23 19:20:53
Bachadon tonusi oshishi — sabablari, oqibatlari, tashxislash, davolash

Bachadon tonusi oshishi — uning qisqaruvchanligi ortishi demakdir. Bachadonning qisqarish qobiliyati mavjudligi sababli bola dunyoga keladi. Ammo normada bunday qisqarish faqat tug’ruq paytida bo’lishi kerak.


Agar tonus homiladorlik davomida yuzaga keladigan bo’lsa va hatto bir necha daqiqa davom etsa, bu bolaning normal oziqlanishiga salbiy ta’sir ko’rsatadi, oxir-oqibat bolaning rivojlanishida buzilishlar kuzatilishi va hatto homiladorlikning muzlashiga olib kelishi mumkin. Bunga yo’l qo’ymaslik uchun bachadon tonusi nima va uning oldini olish uchun nima qilish kerakligi haqida ma’lumotga ega bo’lish zarur.
4.0K views16:20
Ochish/sharhlash
2022-04-16 19:57:55 Homiladorlikda varikozga qanday maz sursa boladi
6.0K viewsedited  16:57
Ochish/sharhlash
2022-04-16 19:57:14 Homiladorlikda varikozga qanday maz sursa boladi
5.5K views16:57
Ochish/sharhlash
2022-04-16 16:54:36 Profilaktik choralar

Maxsus bandaj yoki korset
Maxsus qo’llab-quvvatlovchi bandajni homiladorlikning ikkinchi trimestridan (14-haftasidan) boshlab taqish tavsiya etiladi.
Bandaj keng kamar shaklida tuzilgan bo’lib, u umurtqaga tushadigan yukni teng ravishda taqsimlashga yordam beradi. Korset qorin bo’shlig’ini ushlab turuvchi vazifasini bajaradi va harakatlanishni sezilarli darajada osonlashtiradi.
Kundalik gimnastika
Passiv jismoniy faollik nafaqat mushaklarni mustahkamlashga yordam beradi, balki zo’riqishni oladi va og’riqni yengillashtiradi. Buning uchun homilador ayollarga mo’ljallangan maxsus mashqlar mavjud.
Agar o’tirib ishlashga to’g’ri keladigan bo’lsa, har soatda bir marta yengil mashqlar qilish yoki piyoda yurish va toza havodan nafas olish muhimdir. O’rindiqning balandligi va suyanchig’ining egilish burchagini ham qulay qilib moslash tavsiya etiladi.
Uxlash uchun to’g’ri to’shak tanlash
Agar belda uyqudan keyin og’riq seziladigan bo’lsa, homilador ayol matratsni almashtirish haqida o’ylab ko’rishi kerak. Bundan tashqari, uyqu vaqtida orqani bo’shashtirishga homilador ayollar uchun maxsus yostiqlar ham ko’maklashadi.
Uyqu qoidalariga amal qilib, ayol faqat bir tomonida yotishi kerak, shunda ichki a’zolarga bosim tushmaydi.
Sog’lom turmush tarzi
Bu nafaqat homilaning shakllanishi va o’sishi, balki onaning salomatligiga ham ijobiy ta’sir ko’rsatadi.
Ovqatlanish ratsioni barcha kerakli vitamin va ozuqa moddalariga, ayniqsa kaltsiyga boy bo’lishi kerak. Barcha mikroelementlarning yaxshi o’zlashtirilishi uchun toza havoda sayr qilish foydali bo’ladi.
O’z vaqtida uyquga ketish ham muhim. Kun tartibiga amal qilinsa, erta tongda uyg’onish ham qiyin bo’lmaydi.

Homiladorlik juda murakkab jarayon va bo’lajak ona o’z organizmi holatini doimiy ravishda kuzatib borishi joiz.
Shuning uchun har qanday alomatlar, hatto eng ahamiyatsiz bo’lsa ham, mutaxassis tomonidan tekshirilishi kerak. Ona o’zi yoki homilasi uchun xavfli bo’lgan kasallikni aniqlashni o’tkazib yuborganidan ko’ra yolg’on signal haqida xabar topgani afzalroqdir.
5.6K views13:54
Ochish/sharhlash
2022-04-16 16:53:49 Bo’lajak onaning tanasi homilaning dunyoga kelishi oson bo’lishi uchun qayta shakllanayotgan bo’ladi.
Bu vaqtda chanoq suyaklari progesteron va relaksin gormonlari ta’sirida boylamlarning yumshashi hisobiga tomonlarga siljiydi. Bunday jarayon noqulaylik orqa va qorinning pastki qismida noqulaylik keltirib chiqarishi mumkin.
Ikkinchi trimestrda bu alomatlar umurtqa pog’onasiga tushadigan yukning notekis taqsimlanishini ko’rsatishi mumkin. Bu ichak va siydik-tanosil tizimga ko’rsatiladigan bosimning oshishi kabi fiziologik o’zgarishlar natijasida yuzaga keladi. Homila o’lchamlarining kattalashishi ichki a’zolarning siljishi va umurtqa pog’onasining bukilishiga ham olib keladi.
Kech muddatlarda
Agar homiladorlikning birinchi va ikkinchi trimestrida hamma ayollar ham bel og’rig’iga duch kelmasa, homiladorlikning so’nggi oylarida bunday noqulaylik deyarli har bir bo’lajak onada kuzatiladi. Va buning uchun yetarlicha asoslar bor.
Birinchidan, homila vaznining tezda ortishi. Aynan uchinchi trimestrda homila yog’ va mushak to’qimalarini to’play boshlaydi.
Ikkinchi omil — gormonal ta’sirning kuchayishi tufayli chanoq bo’g’imlarning giperharakatchanligi. Bunda kichik chanoq suyagi tobora ko’proq ajralib boradi, bu esa belning pastki qismida noqulaylik tug’diradi.
Bu vaqtga kelib ichki a’zolar ham ortiqcha yuk bilan ishlay boshlaydi. Homiladorlik ayniqsa siydik-tanosil tizimga jiddiy ta’sir qiladi, natijada ayol organizmida shishlar va suvning ushlanib qolishi kuzatiladi. Uning hisobiga esa tana vazni yanada ortib, umurtqa pog’onasiga tushadigan yuk ham o’z navbatida oshadi.
Bunday og’riqlar xavfli emasmi
Homiladorlikning erta muddatlarida beldagi og’riq muayyan buzilishlar haqida signal berishi mumkin. Shuning uchun patologiyani tekshirish va o’z vaqtida aniqlash uchun darhol mutaxassis bilan bog’lanish tavsiya etiladi.
O’tkir og’riqlar, tana haroratining ko’tarilishi va qindan qonli ajralmalar ajralishi ayniqsa xavfli sanaladi, chunki bu aksariyat hollarda ayol salomatligi bilan bog’liq jiddiy muammolarning belgisi hisoblanadi.
Me’yor doirasiga boshqa fiziologik belgilar bilan birga kechmaydigan va og’riq qoldiruvchi vositalarni talab qilmaydigan kichik og’riq sindromlari kiradi. Boshqa holatlarda mutaxassis maslahati talab qilinadi.
Qarshi ko’rsatmalar
Mustaqil davolanish qat’iyan qarshi ko’rsatiladi, chunki ba’zi belgilar salomatlik bilan bog’liq jiddiy muammolarni ko’rsatishi mumkin. Bilmaslik tufayli esa ayol o’ziga yoki homilasiga yanada ko’proq zarar yetkazishi mumkin.
Bu davrda homila tushishini oldini olish uchun og’irliklar ko’tarmaslik kerak — ruxsat etiladigan maksimal massa 3 kg. Agar og’riq kesuvchi yoki otuvchi bo’lsa, keskin harakatlardan qochish zarur.
Shifokor retseptisiz og’riq qoldiruvchi vositalar qabul qilish tavsiya etilmaydi, chunki bu noto’g’ri tashxis qo’yishga sabab bo’lishi va homila rivojlanishiga salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin.
Og’riqni davolash usullari
Terapevtik davolash faqat to’liq tekshiruv o’tkazilgach va sabablar aniqlagach belgilanadi. Bunda davolashning standart usullari qo’llaniladi:
• Qovuq, buyrak va siydik tizimining yallig’lanishda asosiy kasallikni yo’q qilishga qaratilgan medikamentozlar buyuriladi;
• Umurtqa pog’onasi bilan bog’liq muammolar unga tushadigan yukni kamaytirish, malham va isitish orqali hal qilinadi;
• Spazmatik og’riqlar homilador ayollar uchun maxsus massaj yordamida yengillashtiriladi;
• Har xil jismoniy mashqlar mushaklarni mustahkamlashi hisobiga beldagi og’riqlarni kamaytirishi mumkin;
• Homiladorlikning oxirgi bosqichlarda shifokor maxsus bandaj taqishni buyurishi mumkin, bu belga tushadigan yukni sezilarli darajada kamaytiradi, ayniqsa churra yoki umurtqa pog’onasining boshqa patologiyalari bo’lsa.
Suyaklarni mustahkamlash uchun kaltsiy qabul qilish ortiqchalik qilmaydi. Shifokorlar ko’pincha bunday qo’shimchalar qabulini homiladorlikni rejalashtirish bosqichidayoq boshlashni maslahat berishadi.
4.2K views13:53
Ochish/sharhlash
2022-04-16 16:53:48 Og’riqli hislarni e’tiborsiz qoldirmaslik kerak, lekin vahimaga ham o’rin yo’q. Asosiysi — bel og’rig’ining sabablarini bilish va bu davrda nima qilish kerakligini va nima qilish mumkin emasligini tushunish.

Homiladorlikda bel og’rig’i nimaga ishora qiladi
Homiladorlik paytida bel og’rishining sababini quyida tavsiflangan belgilar orqali tushunish mumkin. Faqatgina organizmni diqqat bilan tinglash, og’riq aniq qayerda joylashganini va o’zini qanday namoyon etayotganini aniqlash lozim. Shundan kelib chiqib ko’riladigan choralar tanlanadi.
O’tkir kesuvchi og’riq
Agar og’riq sindromi bel sohasida o’tkir, kesuvchi og’riqlar shaklida namoyon bo’lsa, bu latent (yashirin) kasalliklarni yoki ichki a’zolar faoliyatidagi buzilishlarni ko’rsatishi mumkin.
Asosiy sabablar:
• O’tkir pielonefrit — bunda isitma, mushaklar kuchsizligi, siydik rangining qizarishi, o’ng yoki chap tomonda og’riqlarning kuchliroq bo’lishi kabi alomatlar namoyon bo’ladi;
• Buyrak-tosh kasalligi — xuruj paytida ham kuchli bel og’rig’iga sabab bo’ladi. Bunday holda, ko’ngil aynishi, siydikda qon izlari aniqlanishi mumkin;
• Tug’ruq muddatining yaqinlashishi — hayz ko’rishdan oldin bo’lganiga o’xshash o’tkir og’riqlar bilan tavsiflanadi;
• Bachadon choklarning ajralishi kuchli og’riqlarga olib keladi va buning oqibatida ayol hatto hushini yo’qotishi mumkin. Ushbu hodisa juda kam uchraydi va kesarcha kesish yordamida amalga oshirilgan tug’ruqdan keyin yaqin muddat ichida qayta homilador bo’lish holatlarida qayd qilinadi.
Kesuvchi og’riqlar seziladigan ko’plab boshqa patologiyalar mavjud, masalan, bachadondan tashqari homiladorlik, oshqozon-ichak trakti bilan bog’liq muammolar, gijjalar.
Bu muhim.
Har qanday o’tkir og’riq, homiladorlikning qay bosqichida kuzatilmasin, tezkor tibbiy yordamni talab qiladi.
Tortuvchi og’riqlar
Homiladorlik paytida ayollarda eng ko’p uchraydigan alomatlardan biri. U yurganda yoki harakatlanayotganda simillaydigan og’riq sifatida namoyon bo’ladi va bir yoki ikkala oyoqqa tarqalishi mumkin.
Asosan homiladorlikning oxirgi muddatlarida kuzatiladi, chunki bu davrda umurtqa pog’onasiga haddan tashqari ko’p yuk tushadi. Ammo agar ayol homiladorlikdan oldin ham umurtqa pog’onasi bilan bog’liq muammolarga duch kelgan bo’lsa, masalan bel osteoxondrozi, og’riq orqaning yuqori qismlariga ham tarqalishi mumkin.
Bunday belgilar kuzatilganda ginekolog va jarroh ko’rigidan o’tish tavsiya etiladi. Homilador ayolning ahvolini yengillashtirish uchun bel mintaqasi massaji yoki fizioterapevtik muolajalar buyuriladi.
Otuvchi og’riqlar
Agar og’riq umurtqaga o’q qadalgani kabi o’tkir bo’lsa, bu nevrologik tabiatli kasalliklar haqida gapiradi. Bunday holda, bo’lajak ona nevrolog ko’rigidan o’tishi lozim.
Xavotirga sabab quyidagilar bo’lishi mumkin:
• Asab tolalarining qisilishi;
• Umurtqaning bel sohasi churrasi;
• Ishias;
• Orqa miya kanalining torayishi;
• Radikulit;
• Osteoxondroz.
Agar beldagi otuvchi og’riqlar tananing y yoki bu tomoniga tarqaladigan bo’lsa, bu buyrak sanchig’ini (kolikasini) ko’rsatishi mumkin. Bunday holda boshqa hamrohlik qiluvchi alomatlarga e’tibor berish kerak — isitma, oyoqlarning shishishi, yuqori qon bosimi.
Sabablari
Homiladorlik paytida bel turli sabablarga ko’ra og’rishi mumkin. Ko’pincha kesuvchi va sanchuvchi og’riqlar kuzatilmasa, tashvishga hojat yo’q. Biroq, ma’lum bir og’riqqa nima sabab bo’lishi mumkinligini bilish lozim.
Homilaning salomatligi va rivojlanishiga tahdid solmaydigan umumiy fiziologik sabablarga quyidagilar kiradi.
• Orqa tomonning og’irlik markazi siljishi natijasida paydo bo’ladigan yuk;
• Ayol vaznining keskin ortishi;
• Gormonal muvozanatning buzilishi tufayli mushaklar tonusining pasayishi;
• Noto’g’ri turmush tarzi;
• Ratsionda vitamin yetishmasligi.
Bundan tashqari, og’riqlar homiladorlikning qaysi davrida kuzatilayotganligini hisobga olish kerak.
Dastlabki bosqichlarda
Agar bel og’rishi homiladorlikning dastlabki muddatlarida qayd qilinsa, bu chanoq suyagining tuzilish xususiyatlariga bog’liq bo’lishi ehtimoli yuqori.
3.9K viewsedited  13:53
Ochish/sharhlash
2022-04-16 16:52:55
Statistikaga ko’ra, ayollarning 75 foizi homiladorlik paytida, ayniqsa uning erta muddatlarida, bel og’rig’ini boshdan kechiradi. Ko’pgina hollarda bu homilador ayol organizmidagi fiziologik o’zgarishlar tufayli yuzaga keladi, ammo bunday alomatlar jiddiy patologiyadan dalolat berishi ham mumkin.
3.8K views13:52
Ochish/sharhlash
2022-04-02 18:41:25 Yangi post
6.8K views15:41
Ochish/sharhlash
2022-04-02 18:41:19 XAVFLI VAZIYATLAR
Biroq, bola va ona uchun xavflar mavjud, ularni hisobga olish kerak. Shunday qilib, agar siz quyidagilardan birini ko'rsangiz, darhol ro'za tutishni to'xtatib, shifokoringizga murojaat qiling:
Bolalarda:
nam tagliklar sonining kamayishi (6 soatda 24 tadan kam)
yashil najas
vazn yo'qotish yoki ortiqcha vazn yo'q
doimiy, qattiq asabiylashish yoki yig'lash
Onalar uyida:
kuchli tashnalik, quyuqroq va xushbo'yroq siydik
bosh aylanishi, kuchli charchoq yoki hushidan ketish
bosh og'rig'i, keng tarqalgan og'riq
qattiq ich qotishi yoki kolik
MASLAHAT
1 Ro'zani ochgan zahotiyoq va iloji boricha quyosh chiqqunga qadar o'zingizni iloji boricha ozgina qultum bilan namlang. Biroq, choy, qahva va gazlangan ichimliklardan voz keching.
2 Sut ishlab chiqarish kamaygan taqdirda, arpabodiyon, kimyon, arpabodiyon, xurmo, bodomni afzal ko'rsating va emizishni rag'batlantiruvchi o'simlik choylarini iching.
3 Sizga eng qulay tuyuladigan vaqtda o'zingizni majburan uxlashga majbur qilib, dam olishga vaqt ajrating.
4 Agar sizning chaqalog'ingiz 6 oyga to'lmagan bo'lsa va siz ovqatlangach, u to'yib ketmaganini payqasangiz, sizning eng yaxshi tanlovingiz - bolaga sun'iy sut qo'shishdan ko'ra, ro'zadan voz kechishdir. Darhaqiqat, bolangizning kamida 6 oyligida faqat ona suti bilan boqishni himoya qilish afzalroqdir, shunda u ilmiy tadqiqotlar ko'rsatgan emizishning afzalliklaridan bahramand bo'ladi.
Ammo unutmangki, musulmon dini emizikli ayollarga ro'za tutmaslikka ruxsat beradi. Diniy matnlarning bu moslashuvchanligi sizning umumiy holatingizga, farzandingizning ahvoliga va ularning evolyutsiyasiga moslashtirishga imkon beradi.
6.4K views15:41
Ochish/sharhlash
2022-04-02 18:41:03
Ro'za tutish musulmon onalar orasida bolasini emizadigan odatiy holdir. Hozircha hech qanday tadqiqot ro'za tutishning emizishga salbiy ta'sirini ko'rsatmagan.
Savol faqat emizishda bo'ladi. Boshqa hollarda, ro'za tutish emizishga ta'sir qilmasligi kerak, lekin hushyor bo'lish kerak, chunki emizish yaxshi namlanish va quvvat talab qiladi.
Ko'rinib turibdiki, ro'za sutning miqdorini kamaytirmaydi, lekin uning sifatini pasaytiradi: u kuchliroq bo'lishi mumkin va bu holda chaqaloq o'z ehtiyojlarini qondirish uchun ko'proq emizishni talab qiladi. Eng muhimi, sog'lig'ingizni himoya qilish uchun o'z so'zlaringizni tinglash va o'z tabiatingizni himoya qilish munosabati bilan farzandingizning xatti -harakatlaridagi har qanday o'zgarishlarga diqqat bilan qarash.
5.5K views15:41
Ochish/sharhlash