Get Mystery Box with random crypto!

Bo’lajak onaning tanasi homilaning dunyoga kelishi oson bo’lis | Dilfuzashifo

Bo’lajak onaning tanasi homilaning dunyoga kelishi oson bo’lishi uchun qayta shakllanayotgan bo’ladi.
Bu vaqtda chanoq suyaklari progesteron va relaksin gormonlari ta’sirida boylamlarning yumshashi hisobiga tomonlarga siljiydi. Bunday jarayon noqulaylik orqa va qorinning pastki qismida noqulaylik keltirib chiqarishi mumkin.
Ikkinchi trimestrda bu alomatlar umurtqa pog’onasiga tushadigan yukning notekis taqsimlanishini ko’rsatishi mumkin. Bu ichak va siydik-tanosil tizimga ko’rsatiladigan bosimning oshishi kabi fiziologik o’zgarishlar natijasida yuzaga keladi. Homila o’lchamlarining kattalashishi ichki a’zolarning siljishi va umurtqa pog’onasining bukilishiga ham olib keladi.
Kech muddatlarda
Agar homiladorlikning birinchi va ikkinchi trimestrida hamma ayollar ham bel og’rig’iga duch kelmasa, homiladorlikning so’nggi oylarida bunday noqulaylik deyarli har bir bo’lajak onada kuzatiladi. Va buning uchun yetarlicha asoslar bor.
Birinchidan, homila vaznining tezda ortishi. Aynan uchinchi trimestrda homila yog’ va mushak to’qimalarini to’play boshlaydi.
Ikkinchi omil — gormonal ta’sirning kuchayishi tufayli chanoq bo’g’imlarning giperharakatchanligi. Bunda kichik chanoq suyagi tobora ko’proq ajralib boradi, bu esa belning pastki qismida noqulaylik tug’diradi.
Bu vaqtga kelib ichki a’zolar ham ortiqcha yuk bilan ishlay boshlaydi. Homiladorlik ayniqsa siydik-tanosil tizimga jiddiy ta’sir qiladi, natijada ayol organizmida shishlar va suvning ushlanib qolishi kuzatiladi. Uning hisobiga esa tana vazni yanada ortib, umurtqa pog’onasiga tushadigan yuk ham o’z navbatida oshadi.
Bunday og’riqlar xavfli emasmi
Homiladorlikning erta muddatlarida beldagi og’riq muayyan buzilishlar haqida signal berishi mumkin. Shuning uchun patologiyani tekshirish va o’z vaqtida aniqlash uchun darhol mutaxassis bilan bog’lanish tavsiya etiladi.
O’tkir og’riqlar, tana haroratining ko’tarilishi va qindan qonli ajralmalar ajralishi ayniqsa xavfli sanaladi, chunki bu aksariyat hollarda ayol salomatligi bilan bog’liq jiddiy muammolarning belgisi hisoblanadi.
Me’yor doirasiga boshqa fiziologik belgilar bilan birga kechmaydigan va og’riq qoldiruvchi vositalarni talab qilmaydigan kichik og’riq sindromlari kiradi. Boshqa holatlarda mutaxassis maslahati talab qilinadi.
Qarshi ko’rsatmalar
Mustaqil davolanish qat’iyan qarshi ko’rsatiladi, chunki ba’zi belgilar salomatlik bilan bog’liq jiddiy muammolarni ko’rsatishi mumkin. Bilmaslik tufayli esa ayol o’ziga yoki homilasiga yanada ko’proq zarar yetkazishi mumkin.
Bu davrda homila tushishini oldini olish uchun og’irliklar ko’tarmaslik kerak — ruxsat etiladigan maksimal massa 3 kg. Agar og’riq kesuvchi yoki otuvchi bo’lsa, keskin harakatlardan qochish zarur.
Shifokor retseptisiz og’riq qoldiruvchi vositalar qabul qilish tavsiya etilmaydi, chunki bu noto’g’ri tashxis qo’yishga sabab bo’lishi va homila rivojlanishiga salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin.
Og’riqni davolash usullari
Terapevtik davolash faqat to’liq tekshiruv o’tkazilgach va sabablar aniqlagach belgilanadi. Bunda davolashning standart usullari qo’llaniladi:
• Qovuq, buyrak va siydik tizimining yallig’lanishda asosiy kasallikni yo’q qilishga qaratilgan medikamentozlar buyuriladi;
• Umurtqa pog’onasi bilan bog’liq muammolar unga tushadigan yukni kamaytirish, malham va isitish orqali hal qilinadi;
• Spazmatik og’riqlar homilador ayollar uchun maxsus massaj yordamida yengillashtiriladi;
• Har xil jismoniy mashqlar mushaklarni mustahkamlashi hisobiga beldagi og’riqlarni kamaytirishi mumkin;
• Homiladorlikning oxirgi bosqichlarda shifokor maxsus bandaj taqishni buyurishi mumkin, bu belga tushadigan yukni sezilarli darajada kamaytiradi, ayniqsa churra yoki umurtqa pog’onasining boshqa patologiyalari bo’lsa.
Suyaklarni mustahkamlash uchun kaltsiy qabul qilish ortiqchalik qilmaydi. Shifokorlar ko’pincha bunday qo’shimchalar qabulini homiladorlikni rejalashtirish bosqichidayoq boshlashni maslahat berishadi.