Get Mystery Box with random crypto!

COLBA ta'lim markazi

Telegram kanalining logotibi colba_talim_markazi — COLBA ta'lim markazi C
Telegram kanalining logotibi colba_talim_markazi — COLBA ta'lim markazi
Kanal manzili: @colba_talim_markazi
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 1.84K
Kanalning ta’rifi

💡 Qahramonlar tugʻilmaydi, qahramonlar tarbiyalanadi!
📞 telefon: 71 200 07 20
👨🏻‍💻 administrator: @colba_school

Ratings & Reviews

2.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

2

1 stars

0


Oxirgi xabar 3

2022-07-09 05:01:35
Qurbon hayiti muborak bo'lsin !

Sizni va oila a'zolaringizni ulug' ayyom - Qurbon hayiti bayrami bilan tabriklaymiz. Ushbu kunning fazilatidan xonadoningizga fayz-u baraka, ishlaringizga rivoj, qalbingizga quvonch bersin !

Hurmat bilan COLBA jamoasi

COLBA ta'lim markazi
1.8K views02:01
Ochish/sharhlash
2022-07-05 09:32:06O'simlik to'qimalari

Ma'lum bir vazifani bajaradigan o'xshash hujayralar yig'indisi to'qimadir. Ular asosan 5 xil, qoplovchi, asosiy, mexanik, hosil qiluvchi va o'tkazuvchi to'qimalardir.

Qoplovchi to'qima - epiderma ,po'kak va po'stloqqa bo'linadi. Epiderma bir qavat tirik hujayrali bo'lib, barg va novdani qoplaydi. Po'kak va po'stloq esa ko'p qavatli o'lik hujayralardan iborat.

Asosiy to'qima epiderma ostidagi xloroplaslarga boy tirik hujayralardan iborat. Bu to'qimaning asosiy vazifasi fotosintez jarayonini amalga oshirishdir.

Mexanik to'qima o'simlikka tayanch vazifasini bajaruvchi yog'ochlik va lub tolalaridan iborat.Ularda ham o'lik, ham tirik hujayralar mavjud.

Hosil qiluvchi to'qima kurtak ,novda va ildizda uchraydi. Uchki va yon hosil qiluvchi to'qimalar mavjud bo'lib, o'simlikni bo'yiga va eniga o'sishini ta'minlaydi.

O'tkazuvchi to'qima o'lik nay va tirik elaksimon nay hujayralaridan iborat. Ular suv va ozuqani ildizdan bargga va bargdan ildizga harakatini ta'minlab beriladi.

Biologiyaga oid yana qaysi mavzular siz uchun qiziq ? Izohlarda o'z fikr va mulohazalaringizni yozib qoldiring


712000720

COLBA ta'lim markazi
1.2K views06:32
Ochish/sharhlash
2022-06-28 07:53:25
Ta'tilni foydali bilimlar olishga sarflang

Habaringiz bor ayni kunlarda o'quvchilar yozgi ta'tilga chiqishgan. Ko'p yoshlar ta'tilni faqatgina dam olishga emas, balki foydali bilimlarni o'zlashtirishga ham harakat qilishmoqda.

Ta'til vaqtlarida yoshlarga bilim ulashish maqsadida COLBA ta'lim markazimizda ham 7-10 sinflar uchun Kimyo, Biologiya va majburiy fanlardan kurslar tashkil qilindi

Agar siz ham bizning kurslarda ishtirok etmoqchi bo'lsangiz izohlarda " " belgisini yozib qoldiring, yoki quyidagi raqamaga qo'ng'iroq qilishingiz mumkin

71 200 07 20

COLBA ta'lim markazi
1.8K views04:53
Ochish/sharhlash
2022-06-26 19:09:56
Bir hujayrali sodda hayvonlar

Dunyodagi barcha organizmlar hujayralardan tashkil topgan. Ayrim hayvonlar organizmi milliardlab hujayralardan tashkil topsa, yana shunday hayvonlar borki ular faqatgina bitt hujayradan iborat bo'ladi. Ularni bir hujayrali hayvonlar deb ataymiz.

Oddiy amyoba - bir hujayrali sodda hayvonlardan biridir. U soxta oyoqlilar sinfiga kiradi. Yuqoridagi videoda amyoba haqida qo'shimcha ma'lumotlarga ega bo'lishingiz mumkin.

Videoformat sizga yoqdimi ? Yana qaysi mavzular siz uchun qiziqarli ? Izohlarda o'z fikringizni yozib qoldiring

712000720

COLBA ta'lim markazi
1.6K views16:09
Ochish/sharhlash
2022-06-22 17:30:00Dunyodagi eng kerakli gaz

Kislorod yer sharida eng ko'p tarqalgan element. Shu bilan bir qatorda u eng zarur element hamdir. Uni 1774-yilda Pristli va Sheelelar kashf qilishgan.

Olimlarning tahminicha daraxt va o'rmonlar kislorodning 20-40 % qismini ishlab chiqaradi. Qolgan barcha qismini ishlab chiqarish dengiz suv o'tlariga to'g'ri kelarkan.

Vakumda metallar oksid parda bilan qoplanmaganligi uchun bir-biriga mahkam yopishib qoladi. Shuning uchun kosmosga uchiriladigan apparatlar avval yerda oksidlab olinadi.

Shifoxonalarda joyni tejash maqsadida kislorod sisternlarda suyuq holatda saqlanadi. 1 litr suyuq kisloroddan o'rtacha 860 litr gazsimon kislorod olish mumkin bo'ladi.

Qaysi elementlar siz uchun qiziqarli ? Izohlarda o'z fikrlaringizni yozib qoldiring

712000720

COLBA ta'lim markazi
1.9K views14:30
Ochish/sharhlash
2022-06-21 18:46:57
Kuni-kecha Muqumiy nomidagi O'zbekiston davlat musiqali teatri tashkilotchilarining xolis taklifi bilan COLBA ta'lim markazining 100 dan ortiq o'quvchilari "Qobil va Xobil" spektaklida bo'lishdi

Yuqoridagi video orqali spektaklning yorqin atmosferasini his qilishingiz mumkin. Ushbu spektakl tashkilotchilariga va aktyorlariga o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz !

COLBA ta'lim markazi
6.0K viewsedited  15:46
Ochish/sharhlash
2022-06-19 17:11:41
VALENTLIK

Ma'lum bir element atomining boshqa element atomi bilan kimyoviy bog' hosil qilib birlashish yoki almashish xususiyatiga Valentlik deyiladi.

— Valentlik tushunchasini fanga 1852-yil Eduard Franklend tomonidan kiritildi. D.I. Mendeleyev esa o'zgaruvchan valentlik tushunchasini kiritdi.

Valentlik namoyon qilishiga ko'ra elementlar o'zgarmas bir (H, Li, Na, K) ikk valentlik (O, Mg, Ca) i, uch valentlik (Al, Sc, B) o'zgaruvchan valentlik (Cr, Cl, Mn) va valentlik namoyon qilmaydigan (He, Ne, Ar) elementlarga bo'linadi.

Administratorga yozish

712000720
1.8K views14:11
Ochish/sharhlash
2022-06-16 16:37:47Nobel mukofoti sovrindori

Kimyo bo'yicha ilk Nobel mukofoti 1901-yilda kimyoviy dinamika va osmotik bosim qonunlarini kashf etganligi uchun golland kimyogari Vant-Goffga topshiriladi.

Bundan tashqari olim fizik-kimyo va stereokimyo asoschilaridan biridir. U uglerod atomining toʻrtala valent kuchlari tetraedrning uchlariga yoʻnalgan degan fikrni olgʻa surdi va organik birikmalarning molekulalarida atomlarning fazoviy joylashuv nazariyasini birinchi boʻlib bayon etdi.

— Vant-Goff kimyoviy reaksiyalarning kinetikasi va termodinamikasi, suyultirilgan eritmalar nazariyasi sohasida yirik ishlar qildi. 1885-1887 yillarda gaz qonunlarini suyultirilgan eritmalarga tatbiq qilish mumkinligini isbot etdi, eritmalardagi osmotik bosim qonunini taʼriflab berdi (1887), bu qonun Vant-Goff qonuni deb ataladi.

Administratorga yozish

712000720
1.8K views13:37
Ochish/sharhlash
2022-06-12 17:49:32Simob - dunyodagi eng harakatchan metal

— Insoniyat simobdan 3000 yildan beri foydalanib keladi.

— Simob juda og'ir metall va katta zichlikka ega. 1litr simobning massasi 13.6 killogramni tashkil qiladi.

— Normal sharoitda suyuq. -39 C da qattiq holatga keladi. +356 C da qaynaydi va zaharli bug'ga aylanadi.

— Neft ishlab chiqarishda, rudalarni ajratishda, kemasozlik sanoatida va tibbiyotda foydalaniladi.

— Simob issiqlik ta'sirida bir tekis kengayish xususiyatiga ega, shu xususiyati sababidan termometrlarda aynan simobdan foydalaniladi.

Administratorga yozish

712000720
2.2K views14:49
Ochish/sharhlash
2022-06-09 18:08:23
Matematik bilimlaringizni tekshirib ko'ring

Yuqoridagi suratga e'tibor bering. Kimyoviy idishlar ortida sonlar yashiringan. Idishlar ortidagi sonlarni aniqlab masalani yechishga harakat qilib ko'ring.

Izohlarda o'z javoblaringizni yozib qoldiring

Administratorga yozish

712000720
2.3K views15:08
Ochish/sharhlash