Get Mystery Box with random crypto!

​Nobel mukofoti sovrindori Kimyo bo'yicha ilk Nobel mukofot | COLBA ta'lim markazi

Nobel mukofoti sovrindori

Kimyo bo'yicha ilk Nobel mukofoti 1901-yilda kimyoviy dinamika va osmotik bosim qonunlarini kashf etganligi uchun golland kimyogari Vant-Goffga topshiriladi.

Bundan tashqari olim fizik-kimyo va stereokimyo asoschilaridan biridir. U uglerod atomining toʻrtala valent kuchlari tetraedrning uchlariga yoʻnalgan degan fikrni olgʻa surdi va organik birikmalarning molekulalarida atomlarning fazoviy joylashuv nazariyasini birinchi boʻlib bayon etdi.

— Vant-Goff kimyoviy reaksiyalarning kinetikasi va termodinamikasi, suyultirilgan eritmalar nazariyasi sohasida yirik ishlar qildi. 1885-1887 yillarda gaz qonunlarini suyultirilgan eritmalarga tatbiq qilish mumkinligini isbot etdi, eritmalardagi osmotik bosim qonunini taʼriflab berdi (1887), bu qonun Vant-Goff qonuni deb ataladi.

Administratorga yozish

712000720