Get Mystery Box with random crypto!

​O'simlik to'qimalari Ma'lum bir vazifani bajaradigan o'xshas | COLBA ta'lim markazi

O'simlik to'qimalari

Ma'lum bir vazifani bajaradigan o'xshash hujayralar yig'indisi to'qimadir. Ular asosan 5 xil, qoplovchi, asosiy, mexanik, hosil qiluvchi va o'tkazuvchi to'qimalardir.

Qoplovchi to'qima - epiderma ,po'kak va po'stloqqa bo'linadi. Epiderma bir qavat tirik hujayrali bo'lib, barg va novdani qoplaydi. Po'kak va po'stloq esa ko'p qavatli o'lik hujayralardan iborat.

Asosiy to'qima epiderma ostidagi xloroplaslarga boy tirik hujayralardan iborat. Bu to'qimaning asosiy vazifasi fotosintez jarayonini amalga oshirishdir.

Mexanik to'qima o'simlikka tayanch vazifasini bajaruvchi yog'ochlik va lub tolalaridan iborat.Ularda ham o'lik, ham tirik hujayralar mavjud.

Hosil qiluvchi to'qima kurtak ,novda va ildizda uchraydi. Uchki va yon hosil qiluvchi to'qimalar mavjud bo'lib, o'simlikni bo'yiga va eniga o'sishini ta'minlaydi.

O'tkazuvchi to'qima o'lik nay va tirik elaksimon nay hujayralaridan iborat. Ular suv va ozuqani ildizdan bargga va bargdan ildizga harakatini ta'minlab beriladi.

Biologiyaga oid yana qaysi mavzular siz uchun qiziq ? Izohlarda o'z fikr va mulohazalaringizni yozib qoldiring


712000720

COLBA ta'lim markazi