Get Mystery Box with random crypto!

​Dunyodagi eng kerakli gaz Kislorod yer sharida eng ko'p tarq | COLBA ta'lim markazi

Dunyodagi eng kerakli gaz

Kislorod yer sharida eng ko'p tarqalgan element. Shu bilan bir qatorda u eng zarur element hamdir. Uni 1774-yilda Pristli va Sheelelar kashf qilishgan.

Olimlarning tahminicha daraxt va o'rmonlar kislorodning 20-40 % qismini ishlab chiqaradi. Qolgan barcha qismini ishlab chiqarish dengiz suv o'tlariga to'g'ri kelarkan.

Vakumda metallar oksid parda bilan qoplanmaganligi uchun bir-biriga mahkam yopishib qoladi. Shuning uchun kosmosga uchiriladigan apparatlar avval yerda oksidlab olinadi.

Shifoxonalarda joyni tejash maqsadida kislorod sisternlarda suyuq holatda saqlanadi. 1 litr suyuq kisloroddan o'rtacha 860 litr gazsimon kislorod olish mumkin bo'ladi.

Qaysi elementlar siz uchun qiziqarli ? Izohlarda o'z fikrlaringizni yozib qoldiring

712000720

COLBA ta'lim markazi