Get Mystery Box with random crypto!

"CHINOZ HAYOTI" / rasmiy kanali

Telegram kanalining logotibi chinoz_hayoti_gazetasi — "CHINOZ HAYOTI" / rasmiy kanali C
Telegram kanalining logotibi chinoz_hayoti_gazetasi — "CHINOZ HAYOTI" / rasmiy kanali
Kanal manzili: @chinoz_hayoti_gazetasi
Toifalar: Faktlar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 137
Kanalning ta’rifi

Kanalimizda tumanimizdagi eng so'nggi yangiliklar, dolzarb mavzulardagi tanqidiy-tahliliy maqolalar, yurtimizda va dunyoda ro'y berayotgan qiziqarli voqeliklar, ijod namunalari va boshqa muhim masalalar bilan tanishib borishingiz mumkin.
@shahboz001

Ratings & Reviews

3.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2023-04-05 14:43:08
#befarqemasman

Клара Жумамуратова, тадбиркор:

— Мен тадбиркорман. Охирги уч йилда ишлаб чиқариш билан бирга, хусусий боғча қуриб, бу йил ишга туширдим ҳамда қўшимча 20 та ишчи ўрин яратиб, 120 нафар болаларнинг таълим-тарбияси билан шуғулланаяпман. Бугун тадбиркор нафақат иқтисодиётга, балки ижтимоий соҳани ривожлантиришга ҳам ўз ҳиссасини қўшиб келмоқда. Тадбиркорларга яратиладиган барча имкониятлар энди янги Конституция лойиҳасида ўз аксини топмоқда, энг муҳими, хусусий мулк ҳимояси янада кучайтирилмоқда. Мен тадбиркор сифатида, фуқаро сифатида конституциявий ислоҳотларга #befarqemasman!

@menbefarqemasman
90 views11:43
Ochish/sharhlash
2023-04-03 13:49:54
#befarqemasman

Серикбай Усенов, Ўзбекистон қозоқ миллий маданий маркази раиси:

— Конституцияга ўзгартиришлар киритиш бўйича бир ярим йил ичида ўз фикр ва таклифларимизни бердик. Барчаси инобатга олинмоқда. Авваллари халқларимизни қийнаб келаётган масалалар, жумладан Қозоғистон—Ўзбекистон чегарасидан ўтишда муаммолар бор эди. Чегарада соатлаб қолиб кетиларди. Бугунги кунда 15 дақиқада ўтиш мумкин ва бемалол қариндош-уруғларни кўриб, уларнинг оилавий маросимларида қатнашиб келиш имконияти яратилди.

Ҳозирги сиёсий жараёнларга бефарқ бўлмайлик. Ўзбекистон яшаётган миллиондан ортиқ қозоқлар 30 апрель куни овоз беришга тайёрмиз!

@menbefarqemasman
103 views10:49
Ochish/sharhlash
2023-04-03 10:46:51 ДИҚҚАТ, ЭЪЛОН

Тошкент вилояти Ички ишлар бошқармаси томонидан Ахмедов Олтинбек Исмоилович номига 2006 йилда берилган 6404-рақамли пенсионерлик гувоҳномаси йўқолганлиги сабабли бекор қилинади.

Каналимизга аъзо бўлишни унутманг:
https://t.me/chinoz_hayoti_gazetasi
105 views07:46
Ochish/sharhlash
2023-04-03 09:15:38 Xalq deputatlari Chinoz tuman Kengashining
QARORI(to'liq)

Chinoz tumani hududidagi ma’muriy-hududiy birliklarning chegaralarini belgilash to‘g‘risida

2023 - yil 30 - mart VI-61-31-10-144-K/23

Telegram kanaliga a'zo b'lishni unutmang:
https://t.me/chinoz_hayoti_gazetasi
94 views06:15
Ochish/sharhlash
2023-04-03 09:12:29 53) Toshkent viloyati, Chinoz tumani, Yoshlik MFY hududi umumiy yer maydoni 10 gektar, 1492 m perimetrdan iborat;
54) Toshkent viloyati, Chinoz tumani, Yovvosh MFY hududi umumiy yer maydoni 647 gektar, 15725 m perimetrdan iborat;
55) Toshkent viloyati, Chinoz tumani, Yo‘ltushgan MFY hududi umumiy yer maydoni 235 gektar, 7995 m perimetrdan iborat.

3. “Chinoz hayoti” gazetasi tahririyati (Sh.Nizamudinov)ga, tuman hokimligi Axborot xizmati (A.Mavlanov)ga mazkur qaror qabul qilingandan so‘ng “Chinoz hayoti” gazetasida va ommaviy axborot vositalarida rasman e’lon qilish vazifasi yuklatilsin.

4. Mazkur qarorning ijrosini ta’manlash tuman hokimining o‘rinbosarlari T.Tojiboyev, N.Qoraboyeva zimmasiga, qaror ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashining Ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, sport va ijtimoiy himoya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zolari zimmasiga yuklatilsin.


Kengash raisi B.Alimbekov


Telegram kanaliga a'zo b'lishni unutmang:
https://t.me/chinoz_hayoti_gazetasi
91 views06:12
Ochish/sharhlash
2023-04-03 09:12:29 19) Toshkent viloyati, Chinoz tumani, Kanalobod MFY hududi umumiy yer maydoni 3993 gektar, 47079 m perimetrdan iborat;
20) Toshkent viloyati, Chinoz tumani, Kattatepalik MFY hududi umumiy yer maydoni 339 gektar , 9483 m perimetrdan iborat;
21) Toshkent viloyati, Chinoz tumani, Ko‘tarma MFY hududi umumiy yer maydoni 470 gektar, 12102 m perimetrdan iborat;
22) Toshkent viloyati, Chinoz tumani, Madaniyat MFY hududi umumiy yer maydoni 634 gektar, 1825 m perimetrdan iborat;
23) Toshkent viloyati, Chinoz tumani, Markaziy MFY hududi umumiy yer maydoni 236 gektar, 7904 m perimetrdan iborat;
24) Toshkent viloyati, Chinoz tumani, Mevazor MFY hududi umumiy yer maydoni 64 gektar, 6933 m perimetrdan iborat;
25) Toshkent viloyati, Chinoz tumani, Nafis MFY hududi umumiy yer maydoni 124 gektar, 8295 m perimetrdan iborat;
26) Toshkent viloyati, Chinoz tumani, Navro‘z MFY hududi umumiy yer maydoni 1159 gektar, 17430 m perimetrdan iborat;
27) Toshkent viloyati, Chinoz tumani, Obixayot MFY hududi umumiy yer maydoni 185 gektar, 9445 m perimetrdan iborat;
28) Toshkent viloyati, Chinoz tumani, Ochamayli MFY hududi umumiy yer maydoni 384 gektar, 11171 m perimetrdan iborat;
29) Toshkent viloyati, Chinoz tumani, Oydin MFY hududi umumiy yer maydoni 855 gektar, 19484 m perimetrdan iborat;
30) Toshkent viloyati, Chinoz tumani, Paxtaobod MFY hududi umumiy yer maydoni 180 gektar, 7375 m perimetrdan iborat;
31) Toshkent viloyati, Chinoz tumani, Qir MFY hududi umumiy yer maydoni 96 gektar, 4714 m perimetrdan iborat;
32) Toshkent viloyati, Chinoz tumani, Qozi MFY hududi umumiy yer maydoni 28 gektar, 2407 m perimetrdan iborat;
33) Toshkent viloyati, Chinoz tumani, Rasulobod MFY hududi umumiy yer maydoni 138 gektar, 6545 m perimetrdan iborat;
34) Toshkent viloyati, Chinoz tumani, Samarkand MFY hududi umumiy yer maydoni 966 gektar, 15128 m perimetrdan iborat;
35) Toshkent viloyati, Chinoz tumani, Sarbozor MFY hududi umumiy yer maydoni 103 gektar, 6322 m perimetrdan iborat;
36) Toshkent viloyati, Chinoz tumani, Soxibkor MFY hududi umumiy yer maydoni 179 gektar, 6669 m perimetrdan iborat;
37) Toshkent viloyati, Chinoz tumani, Sutbuloq MFY hududi umumiy yer maydoni 704 gektar, 11916 m perimetrdan iborat;
38) Toshkent viloyati, Chinoz tumani, Sutchilar MFY hududi umumiy yer maydoni 1019 gektar, 20844 m perimetrdan iborat;
39) Toshkent viloyati, Chinoz tumani, Tillaobod MFY hududi umumiy yer maydoni 686 gektar, 15701 m perimetrdan iborat;
40) Toshkent viloyati, Chinoz tumani, Tillatopgan MFY hududi umumiy yer maydoni 1037 gektar, 18788 m perimetrdan iborat;
41) Toshkent viloyati, Chinoz tumani, Tinchlik MFY hududi umumiy yer maydoni 42 gektar, 3534 m perimetrdan iborat;
42) Toshkent viloyati, Chinoz tumani, Tong yulduzi MFY hududi umumiy yer maydoni 1882 gektar, 32808 m perimetrdan iborat;
43) Toshkent viloyati, Chinoz tumani, Ulug‘vor MFY hududi umumiy yer maydoni 749 gektar, 18777 m perimetrdan iborat;
44) Toshkent viloyati, Chinoz tumani, U.Nosir MFY hududi umumiy yer maydoni 1351 gektar, 20990 m perimetrdan iborat;
45) Toshkent viloyati, Chinoz tumani, Xamza MFY hududi umumiy yer maydoni 40 gektar, 3472 m perimetrdan iborat;
46) Toshkent viloyati, Chinoz tumani, Xo‘ja MFY hududi umumiy yer maydoni 116 gektar, 6764 m perimetrdan iborat;
47) Toshkent viloyati, Chinoz tumani, Humo MFY hududi umumiy yer maydoni 89 gektar, 6738 m perimetrdan iborat;
48) Toshkent viloyati, Chinoz tumani, Yangi mahalla MFY hududi umumiy yer maydoni 55 gektar, 4352 m perimetrdan iborat;
49) Toshkent viloyati, Chinoz tumani, Yangi hayot MFY hududi umumiy yer maydoni 480 gektar, 10034 m perimetrdan iborat;
50) Toshkent viloyati, Chinoz tumani, Yangiobod MFY hududi umumiy yer maydoni 61 gektar, 4066m perimetrdan iborat;
51) Toshkent viloyati,Chinoz tumani, Yaxshi Niyat MFY hududi umumiy yer maydoni 120 gektar, 15123 m perimetrdan iborat;
52) Toshkent viloyati, Chinoz tumani, Yollama MFY hududi umumiy yer maydoni 183 gektar, 9888 m perimetrdan iborat;
70 views06:12
Ochish/sharhlash
2023-04-03 09:12:29 Xalq deputatlari Chinoz tuman Kengashining
QARORI

2023 - yil 30 - mart VI-61-31-10-144-K/23 Chinoz tuman hokimligi

Chinoz tumani hududidagi ma’muriy-hududiy birliklarning chegaralarini belgilash to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 16-avgustdagi “Mahalla institutining jamiyat hayotidagi rolini mustahkamlash va moliyaviy imkoniyatini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-353-son qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida Chinoz tumani hududidagi ma’muriy-hududiy birliklarning chegaralarini belgilash to‘g‘risida Chinoz tumani hokimining 2023-yil 7-martdagi TK-16/01-sonli xatini inobatga olib, O‘zbekiston Respublikasinig “Mahaliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunining 6- va 24- moddalariga, hamda Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 4-martdagi “Shaharlar, posyolkalar, qishloqlar va ovullarning mahallalarini tuzish, birlashtirish, bo‘lish va tugatish, shuningdek ularning chegaralarini belgilash va o‘zgartirish, ularga nom berish va ularning nomini o‘zgartirish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi 48-son qaroriga asosan, xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi QAROR QILADI:

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 16-avgustdagi “Mahalla institutining jamiyat hayotidagi rolini mustahkamlash va moliyaviy imkoniyatini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-353-son qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida Chinoz tumani hududidagi ma’muriy-hududiy birliklarning chegaralarini belgilash to‘g‘risida Chinoz tumani hokimining 2023-yil 7-martdagi TK-16/01-sonli xati ma’lumot uchun qabul qilinsin.

2. Chinoz tumani hududidagi ma’muriy-hududiy birliklar chegaralarini belgilash ishlarining dastlabki natijalariga ko‘ra tuman hududining umumiy perimetri 720841 metrni, jami yer maydoni 33751 gektarni tashkil qilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin va tumandagi mahallalar hududlari chegaralari quyidagicha tasdiqlansin.
Jumladan:
1) Toshkent viloyati, Chinoz tumani, Avg‘on MFY hududi umumiy yer maydoni 180 gektar, 4015 m perimetrdan iborat;
2) Toshkent viloyati, Chinoz tumani, Alisher Navoiy MFY hududi umumiy yer maydoni 31 gektar, 3379 m perimetrdan iborat;
3) Toshkent viloyati, Chinoz tumani, Amir Temur MFY hududi umumiy yer maydoni 783 gektar , 18647 m perimetrdan iborat;
4) Toshkent viloyati, Chinoz tumani, Ahillik MFY hududi umumiy yer maydoni 783 gektar, 17475 m perimetrdan iborat;
5) Toshkent viloyati, Chinoz tumani, Besh Kapa MFY hududi umumiy yer maydoni 120 gektar , 6403 m perimetrdan iborat;
6) Toshkent viloyati, Chinoz tumani, Birlik MFY hududi umumiy yer maydoni 927 gektar , 13240 m perimetrdan iborat;
7) Toshkent viloyati, Chinoz tumani, Bog‘bon MFY hududi umumiy yer maydoni 501 gektar, 16509 m perimetrdan iborat;
8) Toshkent viloyati, Chinoz tumani, Bunyodkor MFY hududi umumiy yer maydoni 14 gektar, 3321 m perimetrdan iborat;
9) Toshkent viloyati, Chinoz tumani, Chinmaschit MFY hududi umumiy yer maydoni 1184 gektar, 19853 m perimetrdan iborat;
10) Toshkent viloyati, Chinoz tumani, Chorvador MFY hududi umumiy yer maydoni 1025 gektar, 23010 m perimetrdan iborat;
11) Toshkent viloyati, Chinoz tumani, Dexqonobod MFY hududi umumiy yer maydoni 928 gektar, 22260 m perimetrdan iborat;
12) Toshkent viloyati, Chinoz tumani, Do‘stlik MFY hududi umumiy yer maydoni 1013 gektar, 20073 m perimetrdan iborat;
13) Toshkent viloyati, Chinoz tumani, Eshonobod MFY hududi umumiy yer maydoni 2284 gektar, 25758 m perimetrdan iborat;
14) Toshkent viloyati, Chinoz tumani, Extirom MFY hududi umumiy yer maydoni 220 gektar, 9002 m perimetrdan iborat;
15) Toshkent viloyati, Chinoz tumani, G‘ayrat MFY hududi umumiy yer maydoni 1367 gektar, 31469 m perimetrdan iborat;
16) Toshkent viloyati, Chinoz tumani, Gulzorobod MFY hududi umumiy yer maydoni 477 gektar, 13636 m perimetrdan iborat;
17) Toshkent viloyati, Chinoz tumani, Islomobod MFY hududi umumiy yer maydoni 1131 gektar, 20786 m perimetrdan iborat;
18) Toshkent viloyati, Chinoz tumani, Istiqlol MFY hududi umumiy yer maydoni 1267 gektar, 22687 m perimetrdan iborat;
74 views06:12
Ochish/sharhlash
2023-04-01 12:28:04
2-сектор

"Инсонларнинг дарду ташвишларини ўйлаб яшаш – одамийликнинг энг олий мезонидир"

Тошкент вилояти прокурори ўринбосари Ф.Ю.Бабарахимов, туман прокурори Г.М.Абдусаламов ҳамда корхона-ташкилот масъуллари иштирокида Чиноз тумани 2-сектор ҳудудида аҳоли билан "Сайёр қабул" ўтказилди.

"Сайёр қабул"дан асосий мақсад аҳоли муаммолари ҳамда ижтимоий-иқтисодий масалаларини ўрганиб, уларни тезкор ва самарали ҳал қилиш, инсонларни қийнаётган масалалар, муаммолар хусусида жойида муҳокама ўтказилиб, тегишли ечим топишдир.

Қабул жараёнида фуқаролар ўзларини қийнаб келаётган муаммолари тўғрисида бевосита мурожаат этишди.

Қабул якунида келиб тушган мурожаатларни ижобий ҳал қилиш юзасидан мутасадди ташкилотларга тегишли кўрсатма ва топшириқлар берилди.

Каналимизга аъзо бўлишни унутманг:
https://t.me/chinoz_hayoti_gazetasi
343 views09:28
Ochish/sharhlash