Get Mystery Box with random crypto!

Xalq deputatlari Chinoz tuman Kengashining QARORI 2023 - yil | "CHINOZ HAYOTI" / rasmiy kanali

Xalq deputatlari Chinoz tuman Kengashining
QARORI

2023 - yil 30 - mart VI-61-31-10-144-K/23 Chinoz tuman hokimligi

Chinoz tumani hududidagi ma’muriy-hududiy birliklarning chegaralarini belgilash to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 16-avgustdagi “Mahalla institutining jamiyat hayotidagi rolini mustahkamlash va moliyaviy imkoniyatini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-353-son qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida Chinoz tumani hududidagi ma’muriy-hududiy birliklarning chegaralarini belgilash to‘g‘risida Chinoz tumani hokimining 2023-yil 7-martdagi TK-16/01-sonli xatini inobatga olib, O‘zbekiston Respublikasinig “Mahaliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunining 6- va 24- moddalariga, hamda Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 4-martdagi “Shaharlar, posyolkalar, qishloqlar va ovullarning mahallalarini tuzish, birlashtirish, bo‘lish va tugatish, shuningdek ularning chegaralarini belgilash va o‘zgartirish, ularga nom berish va ularning nomini o‘zgartirish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi 48-son qaroriga asosan, xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi QAROR QILADI:

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 16-avgustdagi “Mahalla institutining jamiyat hayotidagi rolini mustahkamlash va moliyaviy imkoniyatini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-353-son qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida Chinoz tumani hududidagi ma’muriy-hududiy birliklarning chegaralarini belgilash to‘g‘risida Chinoz tumani hokimining 2023-yil 7-martdagi TK-16/01-sonli xati ma’lumot uchun qabul qilinsin.

2. Chinoz tumani hududidagi ma’muriy-hududiy birliklar chegaralarini belgilash ishlarining dastlabki natijalariga ko‘ra tuman hududining umumiy perimetri 720841 metrni, jami yer maydoni 33751 gektarni tashkil qilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin va tumandagi mahallalar hududlari chegaralari quyidagicha tasdiqlansin.
Jumladan:
1) Toshkent viloyati, Chinoz tumani, Avg‘on MFY hududi umumiy yer maydoni 180 gektar, 4015 m perimetrdan iborat;
2) Toshkent viloyati, Chinoz tumani, Alisher Navoiy MFY hududi umumiy yer maydoni 31 gektar, 3379 m perimetrdan iborat;
3) Toshkent viloyati, Chinoz tumani, Amir Temur MFY hududi umumiy yer maydoni 783 gektar , 18647 m perimetrdan iborat;
4) Toshkent viloyati, Chinoz tumani, Ahillik MFY hududi umumiy yer maydoni 783 gektar, 17475 m perimetrdan iborat;
5) Toshkent viloyati, Chinoz tumani, Besh Kapa MFY hududi umumiy yer maydoni 120 gektar , 6403 m perimetrdan iborat;
6) Toshkent viloyati, Chinoz tumani, Birlik MFY hududi umumiy yer maydoni 927 gektar , 13240 m perimetrdan iborat;
7) Toshkent viloyati, Chinoz tumani, Bog‘bon MFY hududi umumiy yer maydoni 501 gektar, 16509 m perimetrdan iborat;
8) Toshkent viloyati, Chinoz tumani, Bunyodkor MFY hududi umumiy yer maydoni 14 gektar, 3321 m perimetrdan iborat;
9) Toshkent viloyati, Chinoz tumani, Chinmaschit MFY hududi umumiy yer maydoni 1184 gektar, 19853 m perimetrdan iborat;
10) Toshkent viloyati, Chinoz tumani, Chorvador MFY hududi umumiy yer maydoni 1025 gektar, 23010 m perimetrdan iborat;
11) Toshkent viloyati, Chinoz tumani, Dexqonobod MFY hududi umumiy yer maydoni 928 gektar, 22260 m perimetrdan iborat;
12) Toshkent viloyati, Chinoz tumani, Do‘stlik MFY hududi umumiy yer maydoni 1013 gektar, 20073 m perimetrdan iborat;
13) Toshkent viloyati, Chinoz tumani, Eshonobod MFY hududi umumiy yer maydoni 2284 gektar, 25758 m perimetrdan iborat;
14) Toshkent viloyati, Chinoz tumani, Extirom MFY hududi umumiy yer maydoni 220 gektar, 9002 m perimetrdan iborat;
15) Toshkent viloyati, Chinoz tumani, G‘ayrat MFY hududi umumiy yer maydoni 1367 gektar, 31469 m perimetrdan iborat;
16) Toshkent viloyati, Chinoz tumani, Gulzorobod MFY hududi umumiy yer maydoni 477 gektar, 13636 m perimetrdan iborat;
17) Toshkent viloyati, Chinoz tumani, Islomobod MFY hududi umumiy yer maydoni 1131 gektar, 20786 m perimetrdan iborat;
18) Toshkent viloyati, Chinoz tumani, Istiqlol MFY hududi umumiy yer maydoni 1267 gektar, 22687 m perimetrdan iborat;