Get Mystery Box with random crypto!

BUGUNGI GAP | Расмий канал

Telegram kanalining logotibi bugungigap — BUGUNGI GAP | Расмий канал
Kanaldagi mavzular:
Diqqat
Бужудамуҳим
Ого
آنا
Хайрли
Даҳшат
Долзарб
Фойдали
All tags
Kanal manzili: @bugungigap
Toifalar: Yangiliklar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 1.68M
Kanalning ta’rifi

⚡️Bugungi Gap - кун давомидаги энг долзарб, тезкор хабарлар.
📹Видео юборинг, янгилик бўлса каналда чиқарилади: @BugungiGapBot
📈Реклама: @Nurov_N1

Ratings & Reviews

3.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 526

2022-04-27 19:14:01
Sankt-Peterburgda qor yogʻmoqda.

Bahorning ikkinchi oyi yakuniga yetib borayotganiga qaramasdan Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida qor yogʻmoqda.

@BugungiGap
10.3K views16:14
Ochish/sharhlash
2022-04-27 18:43:52
O‘zbekiston Rossiyaga qogʻoz uchun oqartiruvchi vosita yetkazib beradi.

Rossiya O'zbekistondan ofis qog'ozi uchun maxsus oqartiruvchi vosita sotib oladi. Bu haqda Rossiya sanoat va savdo vazirligi rahbari Denis Manturov ma’lum qildi.

@BugungiGap
11.2K views15:43
Ochish/sharhlash
2022-04-27 18:41:13
Xitoyda 4 yoshli bolada H3N8 parranda grippi aniqlandi.

Mutaxassislar fikricha, H3N8 virusi parrandalardan kelib chiqqan bo‘lib, avvallari odamlarga yuqmagan. Virusning bu turi butun dunyo bo‘ylab otlar, itlar, qushlarda aniqlangan, biroq odamlarning H3N8’ga chalinish holati kuzatilmagan.

@BugungiGap
10.9K views15:41
Ochish/sharhlash
2022-04-27 17:54:14
Andijonda “Labo” va “Spark” ishtirokida YTH sodir boʻldi.

Andijon viloyatining Shahrixon tumanida “Labo” va “Spark” rusumli avtomobillar ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘lgan, oqibatda “Labo” avtomobili ag‘darilib ketgan. Ayni paytda “Labo” avtomobili haydovchisi tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.

@BugungiGap
11.6K views14:54
Ochish/sharhlash
2022-04-27 17:33:42
Yevropa Rossiyadan gaz sotib olishni oshiradi.

Yevropa Ittifoqi vaqtincha Polsha va Bolgariyaga gaz yetkazib berish to‘xtatilganini qoplash uchun rublda to‘lashga tayyor davlatlar orqali Rossiya gazini xarid qilishni sezilarli darajada oshiradi.

@BugungiGap
11.8K views14:33
Ochish/sharhlash
2022-04-27 17:02:51
O‘zbekistonda o‘rtacha oylik maosh hisoblab chiqildi.

Yanvar-mart oylarida O‘zbekistonda o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi 3,42 million so‘mni tashkil etdi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 19,1 foizga ko‘pdir. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar bermoqda. Hududlar kesimida ish haqining eng yuqori darajasi Toshkent (5,21 million so‘m) va Navoiy viloyatida (4,73 million so‘m) qayd etildi. Eng past ko‘rsatkich Surxondaryo (2,61 million so‘m) va Farg‘ona (2,59 million so‘m) viloyatlarida qayd etilgan.

@BugungiGap
13.2K views14:02
Ochish/sharhlash
2022-04-27 17:02:12
Dunyo oltin bozorlarida Oʻzbekiston Rossiya bilan raqobat qilmaydi.

Bu haqda investitsiyalar va savdo vaziri o‘rinbosari Shuhrat Vafoyev maʼlum qilgan. 2021-yilda O‘zbekiston va Rossiya oltin eksport qilish boʻyicha jahonda yetakchilardan biri bo‘lishgan. Sanksiyalar tufayli Rossiyaning oltin ishlab chiqaruvchi kompaniyalari o‘z mahsulotini sotishda qiyinchiliklarga duch kela boshlagan.

@BugungiGap
11.7K viewsedited  14:02
Ochish/sharhlash
2022-04-27 17:01:15
BO'G'IMLARDAGI OG'RIQDAN 3 KUNDA BUTUNLAY HALOS BO'LISH

Uy sharoitida bo'g'imlardagi og'riqni 100% davolash

BATAFSIL: https://maxpro.uz/sustav/index-5.html

(Batafsil ko'rish uchun yuqoridagi havolani bosing)
11.5K viewsedited  14:01
Ochish/sharhlash
2022-04-27 16:20:40
Putinning qaroriga koʻra, Bolgariya va Polshaga gaz yetkazib berish toʻxtatildi.

Rossiyaning “Gazprom” energetika transmilliy kompaniyasi “Bulgargaz” (Bolgariya) va PGNIG (Polsha) kompaniyalariga gaz yetkazib berishni to‘xtatdi. Bunga ushbu kompaniyalar rus gazi uchun to‘lovni rublda amalga oshirmagani sabab bo‘ldi, deb xabar berdi “Interfaks”.

@BugungiGap
12.2K viewsedited  13:20
Ochish/sharhlash
2022-04-27 15:04:58
Parijda Makronga pomidor uloqtirishdi.

Ikkinchi muddatga qayta saylangan Fransiya Prezidenti Emmanuel Makronga Parij shahrida noma'lum shaxs pomidor uloqtirdi.

@BugungiGap
13.2K views12:04
Ochish/sharhlash