Get Mystery Box with random crypto!

Rossiyadan O‘zbekistonga olib kelinayotgan 4 ta qoʻngʻir ayiq | BUGUNGI GAP | Расмий канал

Rossiyadan O‘zbekistonga olib kelinayotgan 4 ta qoʻngʻir ayiq bolasi toʻxtatib qolindi.

Rossiyaning Samara bojxona qoʻmitasi xodimlari tomonidan Oʻzbekiston fuqarosiga tegishli avtomobil salonida qafasga solingan 2 oylik Zita, Gita, Chuka va Gek laqabli qoʻngʻir ayiq bolalari aniqlangan. Hujjatlarga ko‘ra, ayiqchalarni rossiyalik tadbirkor O‘zbekiston fuqarosiga sovg‘a qilgan. Haydovchining so‘zlariga ko‘ra, u ayiqchalarni hayvonot bog‘idan o‘zbek sirkiga olib ketayotgan boʻlgan. Unga nisbatan maʼmuriy huquqbuzarlik ishi qoʻzgʻatilgan.

@BugungiGap