Get Mystery Box with random crypto!

#befarqemasman «Men tadbirkorman. Yoshligimdan tadbirkorlik | Boyovut Live 🔴 Расмий Канал

#befarqemasman

«Men tadbirkorman. Yoshligimdan tadbirkorlik qilaman. Tadbirkor odam o‘z vaqtini, kuch-g‘ayratini, mol-mulkini tikib, rivojlanishga harakat qiladi. Ular har kuni tahlikali bo‘lsa-da qarorlar qabul qiladi va kelajakka ishonadi.

Shunday davrlar bo‘ldi, tahlikalar haddan tashqari ko‘p bo‘ldi. Tadbirkorlar har kuni qo‘rqib ishladi. Bu na mamlakat iqtisodiyoti, na xalq uchun manfaatli bo‘ldi.

Eslayman, ertalab «bismilloh» deb uydan chiqayotganda, ishqilib, tinchlik bo‘lsin, uxlayotgan bolalarimizga qarab, biror narsa bo‘lsa, bular nima bo‘ladi, kechqurun eson-omon uyga qaytay, degan qo‘rquvda yashadik.

Islohotlar boshlanganda, ularning muhokamalarida qatnashdik, mavjud muammolarni tanqid qildik. O‘shanda ba’zi tanishlarimiz orasida «qo‘rqmaysanmi, orqaga qaytib qolsa, nima bo‘ladi», deganlar bo‘ldi. Ammo bu islohotlar davom etishini, imkoniyatlar, haq-huquqlarni kafolatlash davri keldi. Men befarq emasman. Siz ham befarq bo‘lmang»
Boyovutliklar qoʻshiling va tezroq ulashing.
@Boyovut_live