Get Mystery Box with random crypto!

​​Yozning so'ngi kuni. Òtgan 3oyni eslasam tayinli ish qilmaga | 𝐗𝐕𝐈𝐈𝐈 (𝐁𝐨𝐨𝐤𝐰𝐨𝐫𝐦𝐬' 𝐬𝐭𝐫𝐞𝐞𝐭)

​​Yozning so'ngi kuni. Òtgan 3oyni eslasam tayinli ish qilmagan ekanman ochig'i, juda ko'p rejalar tuzgan, planlar yozgan edim, orasidan 10% bajardimmi yòqmi bilmayman, lekin bundan hafa emasman. Yoz fasli oldingilaridan boshqacha o'tdi, umuman rejalashtirilmagan ishlar bo'ldi. Bu yozning boshqalaridan farqi bu yozda man nimadir òrganmadim, aniqrog'i òzimni majburan nimagadir òrgatmadim. Barcha yozlarimda repititrga borardim majburan, o'qishga kirish uchun, Alhamdulillah bu safar bunday bo'lmadi, lekin to'g'ri pravaga òqivoman
Juda ko'p kitoblarni o'qishni rejaga qo'shgan edim, eng qizig'i bironta kitobni o'qib tugatmadim , bu achinarli lekin bu uchun o'zimni koyishni xohlamayman, chunki o'qishni xohlagan kitoblarimni ko'pi man uchunmasakan, alabta ullarni dastlabki betlaeini o'qib bunday hulosaga kelganman.
Insonlarga yaqin bo'ldim, bu xato ish bo'ldi, to'g'risi ulgurmagan ishlarimga sababchi qilib shuni o'rtaga tshlayapman, bahonadir lekin haqiqat. Bir gap esimga tushdi "Boshingni kitobdan ko'tarma, dunyo yomon joy", ha, bu haqiqat.
Lekin bu yozda mazza qildimda , afsus endi o'qish boshlanyapti, kun tartibinni o'zgartirishin kerak
Har kuni ertalab soat 11da choy ichishlarim , yarim soat trenirofka, obetga yaqin uxlash, kech qurun bemalol yana uxlash , hammasi endi o'zgaradi. Hayotim o'zgaradi!
Bu yozda qolipdan chiqdim, qilmayman, bo'lmaydi degan ishlarim bòldi, qildim. Juda juda ko'p xato ishlarni qildim va bu sahifalarni yopdim, yoz bilan birga bu sahifalar ham yopildi, endi yangi hayot, yangi kun tartibi. Sal vahliroq choy ichaman, obetda uxlamayman , lekin hammasi zo'r bo'ladi, bunga ishonaman, oldingidek kitoblar òqishni, debatlar yuritishni, muzokaralarda aktiv bòlib, dunyo qarashimni oshiraman.
To'g'risi bu ishlarni qilishga òzimda ishonch kuchli, rejalar tuzishni yoqtirmayman, chunmi ko'pini qilmayman barbir, lekin hayolan nima qilishimni o'yladim, òz obrazimni har taraflama tanlab oldim, u kiyim kechakda tortib, soch turmagiyu, qaysi restaranda òtirishimgacha barchasini o'yladim va juda katta niyat qildim, adajonimlarga yanvar oyida mashina olib berish. Shuncha habarni o'qib chiqib, bu habarni o'qigandan keyin hayron qolgan bòlsangiz kerak , juda bekorchi qizakan deb o'ylagandirsiz ham.
Òtgan yoz òtdi, Alhamdulillah, endi qilinadigan ishlarda mahkam bo'lib, maqsadni aniq qo'yib olg'a intilish kerak. Yoz sahifasi òz yakuniga yetdi, safarimiz qaridi, ko'p tajriba bòldi, boshqa bu xatolarga qaytmasligimga ishonman...

#shunchakiyozgimkeldi
@Bookworm_St