Get Mystery Box with random crypto!

𝐗𝐕𝐈𝐈𝐈 (𝐁𝐨𝐨𝐤𝐰𝐨𝐫𝐦𝐬' 𝐬𝐭𝐫𝐞𝐞𝐭)

Telegram kanalining logotibi bookworm_st — 𝐗𝐕𝐈𝐈𝐈 (𝐁𝐨𝐨𝐤𝐰𝐨𝐫𝐦𝐬' 𝐬𝐭𝐫𝐞𝐞𝐭) 𝐗
Telegram kanalining logotibi bookworm_st — 𝐗𝐕𝐈𝐈𝐈 (𝐁𝐨𝐨𝐤𝐰𝐨𝐫𝐦𝐬' 𝐬𝐭𝐫𝐞𝐞𝐭)
Kanal manzili: @bookworm_st
Toifalar: Adabiyot
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 705
Kanalning ta’rifi

𝐂𝐡𝐨𝐜𝐨𝐥𝐚𝐭𝐞𝐬
𝐁𝐨𝐨𝐤𝐬
𝐂𝐨𝐟𝐟𝐞𝐞

Ratings & Reviews

3.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

2

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar

2022-09-01 08:30:51 Hapa qivosila hurmatli obunachila, nega reaksiyala kam, nega postlani ulashmayapsila bu ketishdan hapa bòp, bekinvolaman
159 views05:30
Ochish/sharhlash
2022-09-01 06:40:16 ​​To'g'ri, bu azob Ishonch bogʻlab, ko'ngil qo'ygan insonlaringiz sizni yolgʻiz tashlab ketishidan gʻazablanmang. Ulardan nafratlanmang. Balki ularga rahmat ayting. Sizni ulg'ayishingizda va o'sishingizda, o'zingiz uchun,
munosibini tanlashingizda va bundan keyin yana ham ehtiyotkor boʻlishingiz uchun yordam berishgani va beparvo insonlarning toʻdasiga oʻylamay kirishning
oqibati qanday bo'lishini oʻrgatganlari uchun, hatto ulardan qarzdorlik hissini tuying.


Toʻsiqlarga qaramay sevdik

@Bookworm_St
325 viewsedited  03:40
Ochish/sharhlash
2022-08-31 17:41:01 Келинг 1 Соат Иймонлашамиз
Абдуллох Домла

@Bookworm_St
700 views14:41
Ochish/sharhlash
2022-08-31 15:39:48 ​​Vafo umid qilma oʻtgan zamondan,
Fasllar - vafosiz, yillar - vafosiz.
Bir umid kutmagin, sevgidan, ishqdan,
“Sevaman” degan bu tillar - vafosiz.

Kun kelar, koʻngilda soʻlar chechaklar,
Yolgʻonga qorishar bor haqiqatlar.
Sevganlar ketganni bekorga kutar,
Yoʻlovchi - vafosiz, yoʻllar - vafosiz.

Bir dunyo xayol et - vafodan yiroq,
Umringni berganing - doʻstlar vafosiz.
Bir dunyo xayol et, sevgidan yiroq,
Joninggi berganing jonlar - vafosiz...
Kimdir

@Bookworm_St
761 views12:39
Ochish/sharhlash
2022-08-31 09:04:56 ​​Yozning so'ngi kuni. Òtgan 3oyni eslasam tayinli ish qilmagan ekanman ochig'i, juda ko'p rejalar tuzgan, planlar yozgan edim, orasidan 10% bajardimmi yòqmi bilmayman, lekin bundan hafa emasman. Yoz fasli oldingilaridan boshqacha o'tdi, umuman rejalashtirilmagan ishlar bo'ldi. Bu yozning boshqalaridan farqi bu yozda man nimadir òrganmadim, aniqrog'i òzimni majburan nimagadir òrgatmadim. Barcha yozlarimda repititrga borardim majburan, o'qishga kirish uchun, Alhamdulillah bu safar bunday bo'lmadi, lekin to'g'ri pravaga òqivoman
Juda ko'p kitoblarni o'qishni rejaga qo'shgan edim, eng qizig'i bironta kitobni o'qib tugatmadim , bu achinarli lekin bu uchun o'zimni koyishni xohlamayman, chunki o'qishni xohlagan kitoblarimni ko'pi man uchunmasakan, alabta ullarni dastlabki betlaeini o'qib bunday hulosaga kelganman.
Insonlarga yaqin bo'ldim, bu xato ish bo'ldi, to'g'risi ulgurmagan ishlarimga sababchi qilib shuni o'rtaga tshlayapman, bahonadir lekin haqiqat. Bir gap esimga tushdi "Boshingni kitobdan ko'tarma, dunyo yomon joy", ha, bu haqiqat.
Lekin bu yozda mazza qildimda , afsus endi o'qish boshlanyapti, kun tartibinni o'zgartirishin kerak
Har kuni ertalab soat 11da choy ichishlarim , yarim soat trenirofka, obetga yaqin uxlash, kech qurun bemalol yana uxlash , hammasi endi o'zgaradi. Hayotim o'zgaradi!
Bu yozda qolipdan chiqdim, qilmayman, bo'lmaydi degan ishlarim bòldi, qildim. Juda juda ko'p xato ishlarni qildim va bu sahifalarni yopdim, yoz bilan birga bu sahifalar ham yopildi, endi yangi hayot, yangi kun tartibi. Sal vahliroq choy ichaman, obetda uxlamayman , lekin hammasi zo'r bo'ladi, bunga ishonaman, oldingidek kitoblar òqishni, debatlar yuritishni, muzokaralarda aktiv bòlib, dunyo qarashimni oshiraman.
To'g'risi bu ishlarni qilishga òzimda ishonch kuchli, rejalar tuzishni yoqtirmayman, chunmi ko'pini qilmayman barbir, lekin hayolan nima qilishimni o'yladim, òz obrazimni har taraflama tanlab oldim, u kiyim kechakda tortib, soch turmagiyu, qaysi restaranda òtirishimgacha barchasini o'yladim va juda katta niyat qildim, adajonimlarga yanvar oyida mashina olib berish. Shuncha habarni o'qib chiqib, bu habarni o'qigandan keyin hayron qolgan bòlsangiz kerak , juda bekorchi qizakan deb o'ylagandirsiz ham.
Òtgan yoz òtdi, Alhamdulillah, endi qilinadigan ishlarda mahkam bo'lib, maqsadni aniq qo'yib olg'a intilish kerak. Yoz sahifasi òz yakuniga yetdi, safarimiz qaridi, ko'p tajriba bòldi, boshqa bu xatolarga qaytmasligimga ishonman...

#shunchakiyozgimkeldi
@Bookworm_St
356 viewsedited  06:04
Ochish/sharhlash
2022-08-31 06:44:25 ​​​​Mens sana in corpore sano (rim aforizmi).
Sog' tanda sog'lom aql.

Hayot — sonlar bilan o'ynash kabidir: qancha ko'p tavakkal qilsang, shuncha ko'p ochkoga ega bo'lasan.

Hayotdagi eng jiddiy qiyinchiliklar – eng jiddiy darslardir.

Band bo'lishning o'zi yetarli emas, chumolilar ham band bo'ladi. Gap, sening nima bilan band ekanligingda!

O'lishni o'rganishing bilanoq qanday yashashni ham o'rganib olasan.

Insonlarning hamma muammolari ular o'z xonalarida yolg'iz qolishni istamasliklaridan kelib chiqadi.

Har bir o'tayotgan oningni, soatlaring va kunlaringni ma'noga to'ldir. Shunda butun dunyo seniki bo'ladi.

Tiriklikdagi xursandchiliklar qoldiradigan ajoyib xotiralar, biz sotib olish uchun qancha kuchimizni sarf qiladigan moddiy o'yinchoqlardan ko'ra sening hayotingni ko'proq boyitadi.

Biz dunyoni u qanday bo'lsa shu holda ko'rmaymiz, balki o'zimiz qanday bo'lsak, shu holda ko'ramiz.

O'lsang kim yig'laydi?
Robin Sharma

@Bookworm_St
468 viewsedited  03:44
Ochish/sharhlash
2022-08-30 19:32:47 Doktor Abdurahmon Ra’fat al-Boshoning "SODIQ SAHOBALAR QISSASI" kitobi

Rabbim, men Rasuling Muhammad sollallohu alayhi vasallamning sahobalarini chin va chuqur muhabbat bilan sevdim. Qiyomat kuni meni ularning birontasi bilan hamroh et. Chunki, O’zingga ayon, men ularga faqat sen tufayli muhabbat qo’ydim.

Doktor ABDURAHMON RA’FAT al-BOSHO


Payg’ambarimiz Muhammad sollalohu alayhi vasallamning iltifotlariga sazovor bo’lgan sodiq sahobalarning hayot va faoliyatlari, ularning islomni yoyishdagi barakali sa’y-harakatlari, fidoyiliklari butun musulmon olamida mashhur-u dostondir. Ular haqidagi rivoyatlarni o’qish bizga ham nasib etgani uchun Alloh taologa beadad shukrlar bo’lsin.

@Bookworm_St
763 views16:32
Ochish/sharhlash
2022-08-30 16:18:01
Men kitob o'qiganimda...

@Bookworm_St
835 views13:18
Ochish/sharhlash
2022-08-30 13:15:22 ​​Ilmning afzalligi

Ilm amaldan besh jihatdan afzaldir.
1. Ilm amalsiz ham bo‘lishi mumkin. Amal esa, ilmsiz bo‘lmaydi.

2. Ilm amalsiz ham foyda berishi mumkin. Lekin amal ilmsiz foyda bermaydi.

3. Amal lozim narsa, ilm esa, chiroqday nurli narsa.

4. Ilm payg‘ambarlarning maqomidir.
Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam) bu haqda bunday deganlar: "Ummatimning olimlari Bani Isroil payg‘ambarlari kabidirlar".

5. Ilm Allohning sifati, amal esa, bandalarning. Allohning sifati, albatta, bandalarning sifatidan ustundir ("Tafsirut taysir").

Durratun nosihiyn (Nasihatgo‘ylar duri)

@Bookworm_St
881 views10:15
Ochish/sharhlash
2022-08-30 06:59:28 ​​Har bir kishining jahli chiqishi mumkin - bu juda oson. Lekin aynan aybdordan, lozim bo'lgan darajada, aniq sabablarga ko'ra achchiqlanish hammaning ham qo'lidan kelavermaydi

Arastu
@Bookworm_St
893 viewsedited  03:59
Ochish/sharhlash