Get Mystery Box with random crypto!

​​​​Mens sana in corpore sano (rim aforizmi). Sog' tanda sog'l | 𝐗𝐕𝐈𝐈𝐈 (𝐁𝐨𝐨𝐤𝐰𝐨𝐫𝐦𝐬' 𝐬𝐭𝐫𝐞𝐞𝐭)

​​​​Mens sana in corpore sano (rim aforizmi).
Sog' tanda sog'lom aql.

Hayot — sonlar bilan o'ynash kabidir: qancha ko'p tavakkal qilsang, shuncha ko'p ochkoga ega bo'lasan.

Hayotdagi eng jiddiy qiyinchiliklar – eng jiddiy darslardir.

Band bo'lishning o'zi yetarli emas, chumolilar ham band bo'ladi. Gap, sening nima bilan band ekanligingda!

O'lishni o'rganishing bilanoq qanday yashashni ham o'rganib olasan.

Insonlarning hamma muammolari ular o'z xonalarida yolg'iz qolishni istamasliklaridan kelib chiqadi.

Har bir o'tayotgan oningni, soatlaring va kunlaringni ma'noga to'ldir. Shunda butun dunyo seniki bo'ladi.

Tiriklikdagi xursandchiliklar qoldiradigan ajoyib xotiralar, biz sotib olish uchun qancha kuchimizni sarf qiladigan moddiy o'yinchoqlardan ko'ra sening hayotingni ko'proq boyitadi.

Biz dunyoni u qanday bo'lsa shu holda ko'rmaymiz, balki o'zimiz qanday bo'lsak, shu holda ko'ramiz.

O'lsang kim yig'laydi?
Robin Sharma

@Bookworm_St