Get Mystery Box with random crypto!

​​Vafo umid qilma oʻtgan zamondan, Fasllar - vafosiz, yillar - | 𝐗𝐕𝐈𝐈𝐈 (𝐁𝐨𝐨𝐤𝐰𝐨𝐫𝐦𝐬' 𝐬𝐭𝐫𝐞𝐞𝐭)

​​Vafo umid qilma oʻtgan zamondan,
Fasllar - vafosiz, yillar - vafosiz.
Bir umid kutmagin, sevgidan, ishqdan,
“Sevaman” degan bu tillar - vafosiz.

Kun kelar, koʻngilda soʻlar chechaklar,
Yolgʻonga qorishar bor haqiqatlar.
Sevganlar ketganni bekorga kutar,
Yoʻlovchi - vafosiz, yoʻllar - vafosiz.

Bir dunyo xayol et - vafodan yiroq,
Umringni berganing - doʻstlar vafosiz.
Bir dunyo xayol et, sevgidan yiroq,
Joninggi berganing jonlar - vafosiz...
Kimdir

@Bookworm_St