Get Mystery Box with random crypto!

Oshqozon va Miya Har kuni kitob oʻqishga odatlanish oson emas | Bookman

Oshqozon va Miya

Har kuni kitob oʻqishga odatlanish oson emas, buni siz shunchaki asaxiydan buyurtma berib oʻzlashtira olmaysiz! Buni har kunlik tamal ehtiyojlar qatoriga qoʻshish lozim, nonushta, tushlik yoki kechki ovqat oshqozon uchun qanchalik muhim boʻlsa har kunlik kitob mutolaasi ham inson miyasi uchun juda muhim.

Ozuqasiz qolgan miyani kerakli foydali taomlar bilan toʻldirmasangiz, bu ishni oʻrningizga boshqalar amalga oshiradi. Bu esa yomon. Ehtiyot boʻling! Achigan, aynigan va yaroqsiz ovqatni isteʼmol qilsangiz oshqozon qusib, chiqarib tashlaydi. Miyada esa bunday xususiyat mavjud emas, doim saqlab qolish uning vazifasi.

Siz aynan manashu saqlab qolish funksiyasidan unumli foydalanib qolishga harakat qiling! Vazifaning qiyinligi natija muhimligini anglatadi. Ushbu missiyada omad tilayman. Zero, Impossible is nothing!

Bookman - Ilmsizlikka qarshi inson!