Get Mystery Box with random crypto!

#Kitob_1 #Zamonamiz_qahramoni Hozirgi jamiyatda qahramon boʻl | Bookman

#Kitob_1
#Zamonamiz_qahramoni

Hozirgi jamiyatda qahramon boʻlish uchun jang maydoniga borish shart emas, oʻz hissiyotlarini jilovlay olishning oʻzi kifoya. Bunga yaqqol misol Grigoriy Aleksandrovich Pechorindir.

Yangi yilni yangi kitob bilan kutib olishni niyat qilib, tuni bilan oʻqib tugatish uchun hajmi kichikroq asar sifatida Mixail Lermontov tomonidan 1840-yilda yozilgan qism avtobiografik "Zamonamiz qahramoni"ni tanlab olgan edim. Toshkent vaqti bilan oltiyu o'ttizda kitobni yopdim.

“Zamonamiz qahramoni” romani hajman kichik bo’lsa-da, "Iqrornoma", "Kichkina shahzoda" asarlari kabi insoniyatga xos bo’lgan qusurlarni yaqqol ko’rsatib beradigan asar hisoblanadi. Romanning bosh qahramini Gregoriy Aleksandrovich Pechorin ismli yosh ofitser bo’lib, boshqalarni oʻziga bogʻlab olishni yaxshi koʻradigan va bundan zavqlanadigan, doim qalbiga emas aqliga quloq solib ish koʻrishga odatlangan, hudbin, ayyor, takabbur, dimogʻdor, vaqti kelsa olijanob, maqtanchoq lekin doim rost gapirishga odatlangan shaxs sifatida gavdalanadi. Hozirdan sizda savol tugʻilgan boʻlishi mumkin, “Qanday qilib shuncha salbiy illatlarga ega boʻlgan Pechorin kabi inson zamonamiz qahramoni bo’lishi mumkin?” Bu savolga muallifning o’zi javob beradi: ”Zamonamiz qahramoni haqiqatan ham portret, biroq bir kishining portreti emas: bu butun avlodimizning gunohlarga to’la ravishta korsatilgan qusurlaridan yasalgan bir portretdir. Siz bundan axloq foyda ko’rmaydi deb aytarsiz? Afv etasiz. Odamlarni shuncha totli narsalar bilan boqib kelganimiz ham yetar, bundan ularning me’dalari buzildi: ularga endi achchiq dori, o’tkir haqiqatlar kerak.” Fikrimni koʻzim tushgan jumlalar bilan davom ettirishni lozim topdim. "Lermontov ushbu asari va undagi Pechorin obrazi orqali o‘sha zamondagi yoshlarni, ularning naqadar beqaror ekanliklarini, bir xil hayotdan zerikib, doimo sarguzasht izlab yurishlarini ko‘rsatib bergan. Pechorin va uning qilgan xatolari, bir inson muhabbatiga erishib, so‘ngra uni bundan judo etishi, oqibatda o‘sha qizlarning qalbida paydo bo‘luvchi nafratga duchor bo‘lishi, yosh bir ofitser Grushnitskiyni oddiy uydirma gaplari va o‘zlari uyishtirgan fitna ortida o‘lib ketishlari naqadar aqlga sig‘maydigan holatlar ekanligini ko‘rsatib bergan."

Pechorin shunday insonki u har kim boʻlishi mumkin. Har kuni qanchadan-qancha pechorinlar bilan uchrashishimiz, bakli oʻzimiz ham oʻsha pechorin boʻlishimiz mumkin.

Bookman - Ilmsizlikka qarshi inson!