Get Mystery Box with random crypto!

​#Taras_Bulba #Kitob_2 Nikolay Gogol tarixga qiziqqan yozuvch | Bookman

#Taras_Bulba
#Kitob_2

Nikolay Gogol tarixga qiziqqan yozuvchi edi, "Taras Bulba"ni shu qiziqishning natijasi oʻlaroq asar desa boʻladi. Kitob 3-qismdan tashkil topgan boʻlib, har biri turli xil mavzularga bagʻishlangan.

Birinchi qism, Tarixiy shaxs boʻlgan, Ikki farzandini vatan uchun, dini yoʻlida jang qilib mardonavor jon berishini orzu qilib tarbiyalagan ota, Taras Bulba haqida. Lekin, hayot reja asosida oʻtmaganligini sababli, baxtga qarshi Tarasning kenja oʻgʻli, gʻanim malikasini yaxshi koʻrib qoladi va uchrashuvdayoq otashin nutq soʻzlaydi "Malikam! Tilagingiz nima, hojatingiz nima, amr qiling! Olamda qanday mushkul ish bo‘lsa
buyuring, amringizga muntazirman! Odam bolasi qo‘lidan kelmagan yumushingiz bo‘lsa buyuring, jonimni fido qilay, amringizni bajaray. Fidoyingiz bo‘lay, sadag‘angiz bo‘lay. Dinim haqi qasamyod qilay, yo‘lingizda jon bermoqdan ortiq lazzat yo‘q... Afsus, bu tuyg‘ular ta’rifidan ojizman! Uch yerda chorbog‘im bor, otam yilqisining yarmisi meniki, onamning topgan-tutgani, otamdan yashirgani hammasi meniki! Menda bor qurol-aslaha yurtimizdagi kazaklarning hech qaysisida yo‘q. Qilichimning dastasi bir qancha yaxshi arg‘umoqlar, uch ming qo‘y bahosiga arziydi. Bularning barchasidan kechib, bir og‘iz so‘z desangiz yoki qora qalam qoshingiz bilan bir imo qilsangiz barchasini tashlay, o‘tga yoqay, suvga oqizay!"
. Oshiq insonning koʻziga sevgilisidan boshqa hech narsa koʻrinmaydi "Otam, birodarlarim, Vatanim menga kerakmas, Agar shu gap joiz bo‘lsa, aytay, bundan buyon mening hech kimim yo‘q! Ukraina mening Vatanim deb menga kim aytdi? Uni kim menga Vatan qilib berdi? Ko‘ngil qayerni istasa va nimani xush ko‘rsa, Vatan o‘sha. Mening Vatanim sizsiz! Bu Vatanni men jon ichida jo qilgum, umrim boricha uni jon ichida saqlayman. Qani, birorta kazak kelib, meni undan judo qilsin-chi, bir ko‘ray! Bu Vatanga bor-u yo‘g‘imni beraman, fido qilaman!". Visol onlari uzoqqa choʻzilmadi, oshiq yigit oʻz qavmiga qarshi, oʻz otasiga, qondosh akasiga qarshi jangda otasi tomonidan otib oʻldiriladi. Qissa esa Taras Bulbaning oʻlimiga qadar qizgʻin davom etadi.

Ikkinchi boʻlim umuman boshqa mavzuni yoritib beradi. Muallif xalq ogʻzidan eshitgan afsonani hech oʻzgartirishsiz qogʻozga tushirganini oʻz izohlarida aytib oʻtgan. Qissa oxirlab borar ekan, oʻquvchi beixtiyor Xans Kristian Andersenni eslab qolsa ajab emas!

Uchinchi qismda yozuvchining ajoyib hikoyadagi ayrim eslatmalarni payqashingiz mumkin. Ushbu oʻrinda asarda keltirilgan izohni berib oʻtaman "Qissadagi satiraning obyekti faqat jonajon ikki og‘aynining o‘zigina bo‘lib qolmay, balki Mirgorodning davlat maslahatchilari hamdir. Gogol ijodining ironik uslubi tufayli biz Mirgorod hayotining ko‘z ilg‘amas
tomonlari; mansabni, idorani suiiste’mol qilish, poraxo‘rlik, o‘g‘irlik, suddagi sansalorlik illatlarini ko‘ramiz. Bularning hammasi soddalik, muloyimlik, ba’zan, hatto qoyil qolish niqobi ostida bayon qilinadi"
.

Umuman har qaysi oʻzida bir nechta yoʻnalishni va qatlamlarni mujassam etgan kitobdagi asosiy muammo intrigani saqlab qolish, oʻquvchini chalgʻitib yubormaslik hisoblanadi deb oʻylayman. Bu borada Nikolay Gogol bemalol "oʻquv markazlarda dars berishga arzigulik mahorat egasi" hisoblanadi.

Bookman - Ilmsizlikka qarshi inson!