Get Mystery Box with random crypto!

BOLALARGA SHE’RLAR ㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤ| стихи для детей | Modda fasonlar yosh onalar uchun bolalar kiyimlari ayollar uchun

Telegram kanalining logotibi bolalarga_sherlar — BOLALARGA SHE’RLAR ㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤ| стихи для детей | Modda fasonlar yosh onalar uchun bolalar kiyimlari ayollar uchun B
Telegram kanalining logotibi bolalarga_sherlar — BOLALARGA SHE’RLAR ㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤ| стихи для детей | Modda fasonlar yosh onalar uchun bolalar kiyimlari ayollar uchun
Kanal manzili: @bolalarga_sherlar
Toifalar: Bolalar parvarishi
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 3.82K
Kanalning ta’rifi

Bolalar uchun eng sara she'rlar kanaliga hush kelibsiz!
◼️ Sizga qanday she’r kerak bizga yozing
@gate_pro

Ratings & Reviews

3.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

2

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2021-08-15 06:40:08
ADXAMNING IKKISI

Maktabdan kelar Аdxam,
Yerga egib boshini.
Ranjib, boshin qilib xam,
Chimirgandi qoshini.

Sababi bugun darsdan,
«Ikki» baxo olgandi.
Sinfdoshlar ichida,
Xijolatda qolgandi.

Maqsad boʼlsa «Besh» baxo,
Berilmasin oʼyinga.
Bugungi ishni aslo,
Qoʼymasin xech keyinga.

Shunday qilsa albatta,
«Besh» baxoga erishar.
Аks xolda koʼp marta,
Xijolatdan «kerishar»!
25.9K views03:40
Ochish/sharhlash
2021-08-14 08:29:01
O'ZBEKISTON BAYROG'I

Havorang, oq va yashil,
Bordir qizil belbog'i.
Shuning uchun chiroyli
O'zbekiston bayrog'i.

O'n ikki baxt yulduzi
O'ziga xo'p yarashar.
Unga dunyo xalqlari
Havas bilan qarashar.

Mustaqil yurt, deb atar
Yer yuzining har yog'i.
Bizga juda mo'tabar
O'zbekiston bayrog'i.
95.6K views05:29
Ochish/sharhlash
2021-08-14 08:23:01
Siz yodimizdasiz, siz yuraklarda,
Siz yoddan chiqmaysiz, abadiy dilda,
Har bir yosh qarining qalbi to’rida,
Qahramonlik ko’rsatgan Islom bobom,
Boshimiz poyingizga egik bobom!
27.8K views05:23
Ochish/sharhlash
2021-08-14 08:15:08
Диққат азизлар сиз кутган махсулотингиз келди

GREEN MASK


Юзингиздаги доғлар ва бошқа теридаги нотекисликларни тозаловчи доривор крем келди
Юздаги угрилани тез фурсат ичида йўқотади
Юздаги ажинларни, доғларни йўқотади
Пешонади чизикларни, хуснбузарларни йўқотишга ёрдам беради.


Нархи: 149 000 сўм

Ўзбекистон бўйлаб етказиб бериш мутлақо бепул

Мухими тўловни махсулотни қўлингизга олгандан сўнг қиласиз

Буюртма бериш учун:
https://bit.ly/3k3ol8E
https://bit.ly/3k3ol8E
https://bit.ly/3k3ol8E

Батафсил маълумот:
https://bit.ly/3k3ol8E
22.9K views05:15
Ochish/sharhlash
2021-08-14 07:20:05
Kamolotga yo’l ochdingiz, bizlar o’qidik,
Yetuk, olim ,farzand bo’lib yetishdik,
Urush-janjal bilmay hur yurtda o’sdik,
Tinchlik farishtasi Islom bobom,
Boshimiz poyingizga egik bobom!
Har fanda-jabhada sizdek topilmas,
O’zbek deb yurak yoqqan, odam topilmas
Topilsa topilar, sizdek bo’lolmas,
Kimligini ko’rsatgan Islom bobom,
Boshimiz poyingizga egik bobom!
23.5K views04:20
Ochish/sharhlash
2021-08-14 06:40:01
BOBOMGA TABRIK

Tabriklashga keldim men
Bugun sizni bobojon.
Baxtimizga doimo
Omon bo’ling har qachon.

Dunyodagi eng yaxshi
Qadrdonimsiz mening
Mehribonim, deydigan
Mehribonim siz mening.

Bobojonim, men sizni
Sog’inaman judayam.
Ko’rib kelaylik, desam
Olib kelmaydi ayam.

Tez-tez kelib turaman
Katta bo’lay men hali.
Hozircha siz o’zingiz
Borib turing ko’rgali.
73.6K views03:40
Ochish/sharhlash
2021-07-02 06:00:03
YULDUZLAR

Oftob o‘chib, ketdi kunduz.
Ko‘kka ko‘chib, chiqdi yulduz.
Nurin tarab keng osmonga.
Yulduz qarab men tomonga

Qiqir-qiqir etib kular,
Men-la suhbat qurmoq bo‘lar.
- Kel, yulduzjon, gaplashamiz,
Bo‘lib shodon kuylashamiz:

- Osmon bo‘lsin to‘la yulduz,
Uni ko‘rib quvonsin ko‘z.
O‘xshaymiz, bil, biz o‘zimiz —
Ona-zamin yulduzimiz.

Onalar-chi bizni shundan,
Yulduzim, deb, sevar dildan.
Barcha yulduz bo‘lsin omon,
Kulsin zamin, kulsin osmon!

@bolalarga_sherlar – bolajonlar uchun barcha turdagi she’rlar kanaliga obuna boʻling!
66.4K views03:00
Ochish/sharhlash
2021-07-02 06:00:02
QOVUN YEDIK

Men va To‘lan
Kuni bilan
Uyda yedik,
Qovun yedik.

Tilib-tilib,
Maza qilib,
Dadam yedi
Kosa qilib…

@bolalarga_sherlar – bolajonlar uchun barcha turdagi she’rlar kanaliga obuna boʻling!
65.2K views03:00
Ochish/sharhlash
2021-07-01 06:00:06
PIYOZ

Yerga chuqur botsam men,
Berkinvolib yotsam men.
Izlab topdi oshpazlar,
Meni chopdi oshpazlar.

Yig‘lamadim — polvonma
Lekin juda hayronman:
Oshpazlarning o‘zlari
Nega yoshlar ko‘zlarin?

@bolalarga_sherlar – bolajonlar uchun barcha turdagi she’rlar kanaliga obuna boʻling!
64.9K views03:00
Ochish/sharhlash
2021-07-01 06:00:06
PIYOLANING HAZIL

Choynak do‘stim, ne uchun
Burning doim osmonda?
Haa, bilaman, og‘zingga
Quyib turar qumg‘onlar.

Lekin menga kerilma
Jilmasdan shu o‘rnimdan,
Ichganingni barini
Tortvolaman burningdan.

@bolalarga_sherlar – bolajonlar uchun barcha turdagi she’rlar kanaliga obuna boʻling!
60.9K views03:00
Ochish/sharhlash