BOBOMGA TABRIK Tabriklashga keldim men Bugun sizni bobojon. B | BOLALARGA SHE’RLAR

Picture 1 from bolalarga_sherlar at 2021_08_14
BOBOMGA TABRIK

Tabriklashga keldim men
Bugun sizni bobojon.
Baxtimizga doimo
Omon bo’ling har qachon.

Dunyodagi eng yaxshi
Qadrdonimsiz mening
Mehribonim, deydigan
Mehribonim siz mening.

Bobojonim, men sizni
Sog’inaman judayam.
Ko’rib kelaylik, desam
Olib kelmaydi ayam.

Tez-tez kelib turaman
Katta bo’lay men hali.
Hozircha siz o’zingiz
Borib turing ko’rgali.
BOLALARGA SHE’RLAR

BOLALARGA SHE’RLAR

@bolalarga_sherlar
3.56K Obunachilar
Bolalar parvarishi Toifa
Bolalar uchun eng sara she'rlar kanaliga hush kelibsiz!