O'ZBEKISTON BAYROG'I Havorang, oq va yashil, Bordir qizil bel | BOLALARGA SHE’RLAR

Picture 1 from bolalarga_sherlar at 2021_08_14
O'ZBEKISTON BAYROG'I

Havorang, oq va yashil,
Bordir qizil belbog'i.
Shuning uchun chiroyli
O'zbekiston bayrog'i.

O'n ikki baxt yulduzi
O'ziga xo'p yarashar.
Unga dunyo xalqlari
Havas bilan qarashar.

Mustaqil yurt, deb atar
Yer yuzining har yog'i.
Bizga juda mo'tabar
O'zbekiston bayrog'i.
BOLALARGA SHE’RLAR

BOLALARGA SHE’RLAR

@bolalarga_sherlar
3.56K Obunachilar
Bolalar parvarishi Toifa
Bolalar uchun eng sara she'rlar kanaliga hush kelibsiz!