Get Mystery Box with random crypto!

YULDUZLAR Oftob o‘chib, ketdi kunduz. Ko‘kka ko‘chib, chiqdi | BOLALARGA SHE’RLAR ㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤ| стихи для детей | Modda fasonlar yosh onalar uchun bolalar kiyimlari ayollar uchun

YULDUZLAR

Oftob o‘chib, ketdi kunduz.
Ko‘kka ko‘chib, chiqdi yulduz.
Nurin tarab keng osmonga.
Yulduz qarab men tomonga

Qiqir-qiqir etib kular,
Men-la suhbat qurmoq bo‘lar.
- Kel, yulduzjon, gaplashamiz,
Bo‘lib shodon kuylashamiz:

- Osmon bo‘lsin to‘la yulduz,
Uni ko‘rib quvonsin ko‘z.
O‘xshaymiz, bil, biz o‘zimiz —
Ona-zamin yulduzimiz.

Onalar-chi bizni shundan,
Yulduzim, deb, sevar dildan.
Barcha yulduz bo‘lsin omon,
Kulsin zamin, kulsin osmon!

@bolalarga_sherlar – bolajonlar uchun barcha turdagi she’rlar kanaliga obuna boʻling!