Get Mystery Box with random crypto!

​​Mustaqillik yog’dusi O’zbekning or-nomusi, Azaliy er | Болажон шеърлари

​​Mustaqillik yog’dusi

O’zbekning or-nomusi,
Azaliy erk-orzusi,
Mustaqillik yog’dusi
O’zbekiston qomusi.

Ozod Vatan ziynati,
Elparvar yurt niyati,
Bashariy qadriyati
O’zbekiston qomusi.

Bugun tan oldi jahon,
BMT degan qo’rg’on,
Safarga chiqqan karvon
O’zbekiston qomusi.

Jannatdir dala-tuzi,
Chempion o’g’il-qizi,
Tarixda cho’ng ildizi
O’zbekiston qomusi.

Madhiyasi, bayrog’i,
Humosi koz’ qarog’i,
Har xonadon charog’i
O’zbekiston qomusi.

Himmati baland o’zing,
Baxti bahramand oz’ing,
Ahli arjumand o’zing
O’zbekiston qomusi.

Tomirimda rishtamsan,
Vatandek farishtamsan,
Olloh bergan ishqdansan
O’zbekiston qomusi.


https://t.me/Bolajonlarga_sherlar