Get Mystery Box with random crypto!

BOLAJONIM DILBANDIM

Telegram kanalining logotibi bolajonim_dilbandim — BOLAJONIM DILBANDIM B
Telegram kanalining logotibi bolajonim_dilbandim — BOLAJONIM DILBANDIM
Kanal manzili: @bolajonim_dilbandim
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 2.15K

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 6

2022-10-12 11:07:45 Qizil Shapkacha

Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, bir qishloqda jajjigina bir qizcha bor ekan: u dunyoda tengi yo‘q, juda yoqimtoy qiz ekan. Oyisi uni jonidan ham yaxshi ko’rar ekan, buvisi bo’lsa undan ham yaxshi ko’rar ekan. Buvisi nevarasining tug‘ilgan kuni munosabati bilan qizchaga bitta qizil shapkacha sovg’a qilibdi. O‘shandan beri qizcha qayoqqa borsa, shu chiroyli, yangi qizil shapkachasini kiyib borar ekan. Shuning uchun qo’ni qo‘shnilar uni ko’rganda:— Ana, Qizil Shapkacha kelyapti! — der ekanlar. Bir kuni oyisi somsa pishirib, qizchaga aytibdi:— Qizil Shapkacha, mana bu somsa bilan kuvachadagi yog‘ni buvingga oborib bergin, eson-omonligini bilib kelgin. Qizil Shapkacha kiyinib, buvisini ko’rgani narigi qishloqqa ketibdi. U o’rmondan o’tayotsa, oldidan bir Bo’ri chiqib qolibdi. Bo’ri Qizil Shapkachani yamlab yuborgisi kelibdi-yu. lekin botinolmabdi, chunki shu yaqin orada o’tinchilar daraxt kesib yurar, boltalarining taraq-turuq ovozi eshitilib turar ekan. Bo’ri qizdan: —Qizil Shapkacha, qayoqqa ketyapsan? — deb so’rabdi. Qizil Shapkacha bo’lsa, o’rmonda to’xtab, Bo’ri bilan gaplashishning qanday qo’rqinchli ekanini bilmas ekan. Shuning uchun ham u Bo’ri bilan salomlashibdi-da, keyin:— Buvimni ko’rgani ketyapman, buvimga mana bu somsalar bilan kuvachada yog’ olib boryapman, — debdi.— Buvingning uyi uzoqdami? — deb so‘rabdi Bo’ri. —Ha, ancha uzoqda, — deb javob beribdi Qizil Shapkacha,— Tegirmon orqasidagi qishloq bor-u, hov ana, eng chekkadagi uyni ko’ryapsanmi — o‘sha.— Yaxshi, — debdi Bo’ri, — men ham buvingni ko‘rib kelaman. Manavi yo’ldan boraman, sen bo’lsang anavi yo’ldan bor. Ko’ramiz, kim oldin borarkan. Bo’ri eng yaqin yo’ldan g’izillab chopib ketibdi. Qizil Shapkacha bo’lsa, eng uzoq yo’ldan ketibdi. Qizcha yo’lma-yo’l to’xtab, gullar teribdi, guldasta yasabdi. Qizil Shapkacha hali tegirmon yo’liga yetmagan ekan, Bo’ri kampirning uyiga yetib kelib, eshikni taqillatibdi.— Kim? — deb so’rabdi kampir.— Men nevarangiz Qizil Shapkachaman, — deb javob beribdi. Bo’ri, ovozini ingichka qilib. — Siznikiga mehmon bo’lib keldim, somsa bilan kuvachada yog’ olib keldim. Kampir bu vaqt to’shakda kasal bo’lib yotgan ekan. U chindan ham Qizil Shapkacha kelgandir deb o’ylab, shunday debdi:—Jonginam, ipni tort, eshik ochiladi! Bo’ri ipni tortibdi — eshik ochilibdi. Bo’ri chopib borib, kampirni bir yamlab yutib yuboribdi. Bo’ri judayam och ekan, negaki u uch kundan beri ovqat yemagan ekan-da. Keyin Bo’ri eshikni yopib, kampirning to’shagiga kirib yotibdi-da, Qizil Shapkachani kuta boshlabdi. Tezda Qizil Shapkacha kelib, eshikni taqillatibdi.— Kim? — deb so’rabdi Bo’ri. Qizil Shapkacha Bo’rining xunuk ovozini eshitib, avval qo’rqibdi, keyin: buvim tumov-pumov bo’lgandir, — deb o’ylab, javob beribdi:— Men nevarangiz Qizil Shapkachaman. Sizga somsa bilan kuvachada yog’ olib keldim. Bo’ri yo’talib olib, ingichka ovoz bilan:— Ipni tort, jonginam, eshik ochiladi, —debdi. Qizil Shapkacha ipni tortgan ekan eshik ochilibdi. Qizcha uyga kiribdi. Bo’ri bo’lsa ko’rpaga burkanib olib debdi:—Somsani stolga, kuvachani tokchaga qo’y, o‘zing yonimga kelib yot! Juda charchagandirsan? Qizil Shapkacha bo’ri bilan yonma-yonyotib, undan so’rabdi:— Voy, buvijon, qo’llaringiz buncha uzun?— Seni mahkamroq quchoqlash uchun, jonginam!— Buvijon, oyoqlaringiz buncha katta?— Tezroq chopish uchun, jonginam!— Buvijon, quloqlaringiz buncha katta?— Yaxshiroq eshitish uchun, jonginam!— Buvijon, ko’zlaringiz buncha katta?— Seni yaxshiroq ko’rish uchun jonginam!— Buvijon, tishlaringiz buncha katta?— Seni tezroq yeb qo’yish uchun jonginam! Qizil Shapkachaning dod-voylashiga qaramay, ochko’z Bo’ri uni shippagi va qizil shapkasi bilan qo‘shib yutib yuboribdi. Baxtni qarangki, shu vaqt uy yonidan o’tinchilar o‘tib qolishibdi. Ular shovqin-suronni eshitib, uyga bostirib kiribdilar va bo’rini o‘ldiribdilar. Keyin uning qornini yorsalar, ichidan Qizil Shapkacha bilan buvisi eson-omon chiqishibdi.
519 viewsedited  08:07
Ochish/sharhlash
2022-10-11 19:25:30 Chumchuqcha va Rahimjon

Bor ekan-u, yo’q ekan, bir uyning tomida chumchuq oilasi yashar ekan. Polaponlar do’ppiga o’xshagan inda ota-onalarini poylab yotisharkan. Ota-ona chumchuqlar galma-gal ovqat tashishar, bolalari esa inlaridan bosh chiqarishar va tumshuqlarini ilojiboricha katta ochib, “mеnga-chiy, mеnga-chiy” dеb, chug‘urlasharkan. Ota chumchuq ham, ona chumchuq ham ovqat tushib kеtishidan qo’rqib, og’iz ochisholmas, kеltirgan narsasini bolasi yutib bo’lgach: “Chirq, chirq, chirq!” dеb yana uchib kеtarkan. Birinchi “chirq” dеgani – “do’mboqlarim”, ikkinchi “chirq” – “o’zim o’rgilay”, uchinchi “chirq” – “tashlamanglar”, – dеgani va eng oxirgi “chirq” – “yana kеltiraman” – dеgani ekan. Ular zum o’tmay ovqat kеltirishavеrarkan. Tunda inlariga kirib, bolalarini bag‘riga olar, erkalar ekanlar. Odamlardan qarg‘ish eshitsa ham, ular ekkan sada rayhonlardan uzib kеlib, iniga qo’yar, shu bilan bolalarini chumoli va boshqa hashoratlar talashidan saqlar ekan. Qushchalar sеkin-asta mayin pat chiqarishibdi. Kеyin patlar qalinlasha boshlabdi. Bir kuni eng katta chumchuq bola tavakkal qilib, inidan sakrab tushib, o’z holicha ovqat yеya boshlabdi, buni ko’rgan ota-onasi xursand bo’libdi. Bundan kuch olgan boshqa chumchuq bolalar ham inidan tushib kеlishibdi. Ota-onasi ular oldida“chirq, chirq, chirq” dеb parvona bo’libdi. Endi bu “chirq, chirq” dеgani yashanglar, bolalarim”, -dеgani ekan. Shu tarzda oradan bir nеcha kunlar o’tibdi. Kunlardan bir kun Ahmad ismli bola qo’liga rogatka bilan kеlib qolibdi. U tеkkanga –tеgar, tеgmaganga tosh otar ekan. Ahmad to’polonchi bo’lgani uchun, daraxtda shoxdan–shoxga qo’nib, qurt-qumursqa tеrib yeb, yayrab-o’ynab yurgan chumchuqlarni ko’rib, g‘ashi kеlibdi. Cho’ntagidan rogatkasini olibdida, ona chumchuqni mo‘ljallab tosh uchiribdi. Buni sеzib qolgan eng katta chumchuq bola onasini to’sib, ko’ksini qalqon qilibdi. U tosh zarbidan shu zahoti pitirlab yiqilibdi. Ahmad qilgan ishidan sеvinib: “Tеgdi, tеgdi”, – dеb qichqiribdi-yu, o’zi tomonga irillab kеlayotgan itni ko’rib, qochib qolibdi. Ona chumchuq “chirq, chirq, chirq” dеb bolasi atrofida gir-gir aylanibdi. Bolasining bir oyoqi singan ekan. Chumchuqcha ham bir nеcha bor “chirq, chirq” dеbdi. Bu: “Onajon, siz mеni dunyoga kеltirdingiz, boqdingiz, o’stirdingiz. Siz uchun jonimni bеrishga tayyorman!”, dеgani ekan. Shu payt it chumchuqchani astalabiga qistiribdi-da, Rahimjon ismli egasining oldiga olib boribdi. Rahimjon darrov chumchuqchaning oyog‘ini bog‘labdi. Qutichaga solib parvarishlab boqibdi. Ona chumchuq ham ovqat kеltirib turibdi. Oradan kunlar o’tib chumchuqcha tuzalib uchib kеtibdi. Qushcha Rahimjonga minnatdorchilik bildirish uchun har kuni tongda uning dеrazasi yoniga kеladigan bo’libdi.
799 viewsedited  16:25
Ochish/sharhlash
2022-10-11 19:25:30 Tulkining jazosi

Kunlarning birida bir gala tovuq tulkining ustidan ayiqqa arz qilib boribdi.
– Taqsir, tulkining dastidan kun ko‘rolmayapmiz. U hech kimdan tap tormaydi. Hatto sizning ham yuz xotiringizni qilib, bir og‘iz so‘ramay, tovuqlarni qirgani-qirgan.– Voy, yaramas-ey, – debdi ayiq g‘azablanib. – Men u muttahamning ta‘zirini beraman. U darrov tulkini chaqirtirib kelibdi. –Men sizning biqiningiz yerga botmasin deb paryostiq qilish tashvishi bilan yurgan edim, – debdi tulki va qo‘ltig‘idagi yostiqni darrov ayiqning yonboshiga qo‘yibdi. – Bu miyasi yo‘q tovuqlar sizning g‘amingizda yurganimni bilmay, ustimdan arz qilishibdi. Ayiq yostiqqa suyanib, tovuqlarga o‘shqiribdi.
-Qani, ko‘zimdan yo‘qolinglar. Ikkinchi bunaqa bema’ni gap bilan miyamni qotirmanglar. Shu kuni kechasi yana ikki tovuqning sho‘ri quribdi. Tovuqlar endi bo‘rining oldiga arzga borishibdi.– Tulkining dastidan aziyat chekayapmiz. Yordam bering, – deyishibdi ular. Bo‘ri shu zahoti tulkini topdirib kelibdi.– Bo‘ri janoblari, men tuni bilan mijja qoqmay sizga paryostiq tayyorladim, – tulki bo‘rining yonboshiga yostiq qo‘yibdi. – Bu nodonlar sizning g‘amingizda yurganimni bilmay, ustimdan arz qilishibdi. Bo‘ri tovuqlarni tiriqtirib quvibdi. «Tulki o‘z ishini bilib qiladi», deb urishibdi. Shu kuni kechasi uch tovuqning sho‘ri quribdi. Ertasiga tovuqlar tozi itga arzga borishibdi. Tulki unga ham paryostiq olib boribdi. Biroq tozi it yostiqqa qarab ham qo‘ymabdi.– Bu shum tulkining sho‘rini quritinglar, – degan ekan, itlar tulkini rosa talashibdi. – Uni cho‘lga quvinglar. Bo‘lmasa u tovuqlarni qiyratib, patidan paryostiq tayyorlab, ishini bitirib yuraveradi. Shu-shu tulki cho‘lga badarg‘a qilinibdi. Adolatli tozi itdan qo`rqib haligacha u bor joyga yaqin yo‘lamas ekan.
611 viewsedited  16:25
Ochish/sharhlash
2022-10-11 19:25:30 n, qanday botinding,
Kim qo’yibdi senga so’z aytmoq.
Menga — menday begoyimga-ya?
Yaxshilikcha jo’nab qol, deyman,
Jo’natgayman bog’lab, bormasang“ .
Chol dengizga qarab yo’l soldi.
(Zangor dengiz qora rang oldi.)
Chaqirdi u baliqni suvdan,
Baliq chiqib so’radi undan:
„Nima kerak senga, chol bobo?»
Ta’zim qilib, so‘z aytdi chol:„Podsho baliq, holimga achin,
Kampir tagin boshladi g‘avg‘o
Bo’lmas emish ortiq begoyim,
Bolar emish erkin malika!
“Oltin baliq beradi javob:
„Qayg’urmagil, tangri yor bo‘lsin,
Mayli, kampir bolar malika“ .
Chol qaytdi tez kampir yoniga,
Qarasaki, shohona qasr.
Qasr to’rida ko’rinar kampir —O‘tirardi malika bo‘lib,
Xizmatida beklar, amirlar,
Asl sharob quyib bermoqda
Ham malika quymoq yemoqda.
Atrofida talay yasovul,
Yelkalarda oyboltalari,
O‘rab turar juda bahaybat.
Buni ko‘rib qo’rqib ketdi chol
Va so‘z aytar yetti bukilib:„Savlatli malika, salomalaykum!
Shoyad endi tolgandir ko’ngling?
“Qayrilib ham boqmadi kampir.
Tez haydang deb buyurdi, xolos.
Sakrab turdi beklar, amirlar,
Cholni sudrab, haydab soldilar.
Yasovullar eshik yonida
Sal bo’lmasa chopa yozdilar.
Mazax qilib qoldi olomon:
„Qilig’ingdan topding, nodon chol!
Bundan keyin bo’lg’usi saboq:
O’z ko’rpangga qarab choz oyoq!
“O’tdi hafta ketidan hafta,
Kampir battar mindi qahriga.
Erin izlar, chopar yuborib,
Cholni topib keldilar axir.
Kampir shunday dedi choliga:
„Jo’na tag’in baliq yoniga,
Ta’zim qilib, o’tingil darrov.
Bo’lmagayman ortiq malika
Dengiz shohi bo’lish istayman.
Dengiz-okeanda yashayman,
Xizmatimda tursin baliq ham,
Baliq bo’lsin menga xizmatkor».
Botinolmas so‘z aytishga chol,
Bola olmas kampir so’zini.
Tag’in bordi zangor dengizga,
Qora quyun ko’rar dengizda.
Tolqinlar o‘shqirar g’azabkor.
Ham to’lg'anar, ham uvlar tinmay.
Chaqirdi u baliqni suvdan,
Baliq chiqib so’radi undan:
„Nima kerak senga, chol bobo?
“Ta’zim qilib, shunday dedi chol:
„Podsho baliq, holimga achin,
Jonga tegdi la’nati kampir,
Ortiq bo’lmas emish malika,
Dengiz shohi bo’lish istarmish
Va dengizda yashash istarmish.
Sen ham borarmishsan xizmatga,
Bo’larmishsan unga xizmatkor“ .
Bitta so‘z ham demadi baliq,
Suvga urib dumini faqat
G’oyib boldi dengiz tagiga.
Javob kutib turdi sho’rlik chol,
Uzoq qolib dengiz bo’yida…Qaytdi kampir yoniga axir,
Ko’rsa, tag’in o’sha yerto’la.
Bo’sag’ada o’tirar kampir,
Qarshisida teshik tog’ora.
560 viewsedited  16:25
Ochish/sharhlash
2022-10-11 19:25:30 Oltin baliq yohud baliq ham baliqchi haqida ertak

O’tgan chog’da dengiz bo’yida
Chol va kampir umr surgandi.
Yerto’lada — eski uyida O’ttiz uch yil birga turgandi.
Chol to‘r solib ovlarkan baliq,
Kampir esa yigirar urchuq.
Chol dengizga to‘r soldi bir gal,
Baqa yaproq ilindi yolg‘iz.
To’r solganda chol ikkinchi gal,
Ilindi-ku dengiz o’lani.
To’r solganda chol uchinchi gal,
Chiqib keldi bir chavoq baliq,
Jo’n baliqmas, naq oltin baliq.
Oltin baliq xuddi odamday,
Tilga kirib, yolvorib qoldi:„Qo’yib yubor dengizga, bobo,
Katta to’lov to’layman senga.
Ko’ngling ne tilasa, bergayman“ .
Hayron bo’ldi chol, qo’rqib ketdi,
Rosa o’ttiz uch yil ovladi baliq.
Ammo baliq so’zlaganin u
Eshitmagan edi umrida.
Chol baliqni qo’yib yubordi,
Shunday dedi unga mehribon:
„Oltin baliq, tangri yor bo’lsin,
Kerak emas menga to’loving,
Mayli tushgil zangor dengizga,
Erkin-erkin o’ynab yuraver!
“Chol qaytdi-da kampir yoniga,
Aytdi shundoq qiziq mo’jiza:
„Tutib oldim bugun bir baliq,
Jo’n baliqmas, naq oltin baliq.
Baliq tilga kirib so’zladi,
Ko’p yalindi qo’yib yubor, deb.
O’z uyiga — yashil dengizga.
Katta to’lov to’layin, dedi.
Ne istasang berayin, dedi.
Men olgani botinolmadim,
Qo’yvordim zangor dengizga».
Cholni qarg’ay boshladi kampir:
,,Ey tentak chol, go’l, devona chol!
Ololmabsan baliqdan to’lov!
Hech bo’lmasa bitta tog‘ora
—So‘rab olmaysanmi undan sen,
Tog’oramiz teshik-ku axir!
“Chol jo’nadi zangor dengizga.
Mavj urmoqda dengiz qarasa,
Ham chaqirdi baliqni suvdan.
Baliq chiqib so‘radi undan:„Nima kerak senga. chol bobo?
“Ta’zim bilan javob berdi chol:
„Podsho baliq. holimga achin,
Xo’p urishdi kampirim meni.
Tinchlik bermas, qariding demas,
Kerak emish yangi tog’ora.
Tog’oramiz teshilgan, axir».
Oltin baliq aytadi javob:„Qayg’urmagil. tangri yor bo’lsin,
Borgil, yangi tog’orang bo’lur!»
Chol qaytsaki kampir yoniga.
Tog’oralik bo’libdi kampir.
Lekin urishdi kampir battarroq:
,,Ey tentak chol. go‘l, devona chol!
Kir tog’ora so’rab oldingmi?
Kir tog’ora mol bo’larmidi?
Jo’na, tentak, baliqqa borgin.
Ta’zim qil-u uy so’rab olgin».
Chol jo’nadi zangor dengizga,
(Zangor dengiz loyqalangandi.)
Chaqirdi u baliqni suvdan,
Baliq chiqib so’radi undan:„Nima kerak senga, chol bobo?
“Ta’zim qilib, shunday dedi chol:
„Podsho baliq, holimga achin,
Meni kampir qarg’adi battar,
Tinchlik bermas, qariding demas.
Jag’i tinmas, uy so’rar nuqul“ .
Oltin baliq aytadi javob:
„Qayg’urmagil, tangri yor bo’lsin».
Borgil, uy ham bo‘ladi nasib!
“Yerto’lasi tomon qaytsa chol:
Yerto’ladan iz ham qolmabdi.
Mo’rilari g’ishtdan, oqlangan,
Eman yog’ochidan yasalgan
—Darvozali bir uy turibdi,
Uy yonida mehmonxona bor.
Derazaning yonida esa,
O’tiribdi kampir taltayib.
Qarg’amoqda cholni battarroq:
,,Ey tentak chol, go‘l, devona chol!
Kelib-kelib uy so‘rabsan-da!Jo’na darrov baliq yoniga,
Ta’zim qilgil unga sen tag’in,
Qora dehqon bo’lmayman ortiq.
Men begoyim bolish istayman!»
Chol jo’nadi zangor dengizga,
(Dengiz notinch, to’lqin urmoqda.)
Chaqirdi u baliqni suvdan.
Baliq chiqib so’radi undan:
„Nima kerak senga, chol bobo?»
Ta’zim qilib. chol shunday dedi:
„Podsho baliq, holimga achin,
Kampirni jin urdi battarroq.
Tinchlik bermas, qariding demas,
Qora dehqon bo’lmasmish ortiq,
U begoyim bo’lish istarmish!
“Oltin baliq aytadi javob:
,,Qayg‘urmagil, tangri yor bo’lsin».
Chol qaytdi-ku kampir yoniga,
Nima ko’rar? Baland bir saroy,
Peshayvonda turar kampiri.
Suvsar po’stin uning egnida,
Boshida ham alvon dakana.
Qator-qator inju bo’ynida,
Qo’llarida oltin uzuklar,
Oyog’ida qirmizi etik.
Atrofida oqsoch xotinlar,
Qoq o’rtada kampir turardi,
Sochlaridan sudrab urardi.
Kampiriga so‘z qotdi chol:„Salom, aslzoda begoyim,
Ko‘ngling endi to‘ldi, shekilli?..
“Kampir unga o ‘shqirdi battar,
Otxonada ishlashga soldi.
O’tdi hafta ketidan hafta,
Kampir tag‘in mindi qahriga,
Baliq tomon yo’lladi cholni:
„Tez bor, ta’zim qilgil baliqqa!
Ortiq men begoyim bolmayman,
Podsho xotin bolish xohlayman“ .
Qo’rqib ketdi chol, shunday dedi:
„Eshakmiya yedingmi, kampir?
Yurish-turish nima, bilmaysan.
Podsholik masxara boldimi?
Kampir battar mindi qahriga,
Chol yuziga tarsaki urdi:
„Qora dehqo
634 views16:25
Ochish/sharhlash
2022-10-10 19:53:50 Тест жавоби:
1."Рахбар".
Рахбарлик ва ташкилий ишларни койиллатади, нутки яхши ривожланган ва кучли нотик.
Социал мухитга осон мослашади.Аммо бу сифатлар унинг психологик ривожланишига боглик, яъни кандай мухитда тарбия олганига боглик.
2."Маъсулиятли ходим"
"Рахбар" типининг хамма сифатлари бунда бор.У‌з ишига маъсулият билан ёндошади, у‌зига ва бошкаларга у‌та талабчан. Адолатсизликка чидаб тура олмайди.Ку‌п асабийлашгани учун касал бу‌лаверади.
3.Хавотири ва шубхаси кучли инсон.Хар хил сохаларда, нозик ку‌л мехнати, адабиёт сохасида у‌та кобилиятли.Улар биргина касб билан каноатланиб колмайди, у‌з хоббисига эга.Тартибсизликдан жахли чикади ва ку‌пинча атрофдагилар билан шунинг учун келишмай колади.Жуда ку‌нгилчан, хафа бу‌лувчи инсон.Буларга яхши гапириб ку‌ллаб - кувватлаб турсангиз, олам гулистон.
4."Олим".
Хаётда хамма нарсадан у‌зига хулоса килиб, у‌з назариясига эга бу‌ладиган инсонлар.Хотиржам ва у‌йлаб иш ку‌радиган инсонлар .
5.Интуитив инсонлар.
Асаб системаси сезгирлиги кучли бу‌лгани учун, асаби тез толикади.Ку‌л мехнатида жуда кобилиятли ва жуда тасаввури кучли инсонлар. У‌зини бошкара олади, аммо бировнинг уни бошкаришига йул ку‌ймайди.
6.Ихтирочи, конструктор, рассом.
Техникага кизикади, яратишга мойил инсонлар.У‌зининг шахсий принципларига эга, ташкаридан таъсирни тан олмайди.Эмоционал, шахсий оригинал гояларга бой.
7.Эмотив инсонлар.
Атрофдагиларга хамдардлиги у‌та кучли, рахмдиллиги ва кайгуриши билан у‌з энергиясини сарфлайди.Жуда таъсирчан инсонлар.
8.Дийдаси каттик инсонлар.
Бошкалар учун хеч хам хавотирланмайди.Булар яхши мутахассис, бошкалардан хам талаб килади.Баъзан ку‌поллиги учун у‌зига муаммо орттириб юради.
508 viewsedited  16:53
Ochish/sharhlash
2022-10-10 19:53:50
Сизнинг ва фарзандларингизнинг характерингизни кучли томонларини аникловчи тест.Сизга энг ёккан расмни танланг.

Жавоби бироздан сунг каналда
385 viewsedited  16:53
Ochish/sharhlash
2022-10-10 19:53:49 #JAVOBLAR

A.

A variantini tanlagan bo’lsangiz, siz haqiqiy ratsionalizatorsiz. Siz har doim hayotingizdagi har qanday vaziyatni tushunishga juda ehtiyot bo’lishingiz kerak. Siz barcha ortiqcha kamchiliklarni o‘zingizga tortasiz va faqatgina shunga qarab qaror qabul qilasiz. Siz qoidalarga ergashishni yoqtiradigan juda prinsipial odamsiz. Atrofingizdagi odamlar sizni qonunni buzolmaydigan namunali fuqaro deb hisoblaydi!

B.

B variantini tanlagan bo’lsangiz, unda siz san’atkor bo’lish uchun tug’ilgansiz! Sizning boshingiz doimo ijodkorlik ,qiziqarli va ijodiy g’oyalar bilan to’la. Agar siz chizish ko’nikmalaringizni rivojlantirsangiz, bu sohada muvaffaqiyat qozonishingiz mumkin. Sizni o’rab turgan hamma narsadan ilhom olishni bilishingiz kerak. Odamlar sizni yaxshi ko’radilar va siz ularni tez jalb qilasiz.

C.

C variantini tanlagan bo’lsangiz, siz biron-bir muammoni hal qila olasiz. Sizga to’siqlar tahdid sololmaydi. Siz har doim bu vaziyatda qanday harakat qilishni bilasiz va har qanday vaziyatga moslashishda juda yaxshi yo’l tutasiz. Atrofdagi odamlarni diqqat bilan kuzatasiz, shuning uchun ularning haqiqiy sabablarini osongina aniqlashingiz mumkin. Bu juda foydali mahorat!

D.

D variantini tanlagan bo’lsangiz, unda siz faqat eng yaxshi odamni ko’rishga harakat qiladigan juda mehribon insonsiz. Siz qanday qilib kechirish kerakligini bilasiz, chunki har bir kishi xato qilishga haqli. Siz boshqalarga yordam berishdan mamnundirsiz, shuning uchun ko’pincha siz sadaqa qilasiz. Siz uchun asosiy narsa – va’dalaringizni bajarishdir.
390 viewsedited  16:53
Ochish/sharhlash
2022-10-10 19:53:49
#PSIXOLOGIK_TEST

Rasmdagi kichkintoylardan qaysi birini qiz bola deb o’ylaysiz?

ushbu testdagi tanlovingiz sizning shaxsiyatingiz haqidagi muhim ma’lumotlarni aytib berishi mumkin. Sizning kuchli tomonlaringizni chinakamiga qadrlash uchun o‘zingizdagi kuchlaringizni rivojlantirishga harakat qiling!

Javobi birozdan sòng kanalda
353 viewsedited  16:53
Ochish/sharhlash
2022-10-10 19:53:49 ОДАМЛАР МЕН ҲАҚИМДА НИМА ДЕБ ЎЙЛАЙДИ

Келинг, умумийдан шахсийга ўтамиз. Исталган вазиятда одамлар сиз ҳақингизда ўйлайди, ва ҳар ким ўзининг шахсий тажрибасидан ва ўзининг қаричидан келиб чиқиб фикрлайди.

Ўзини нуқтаи назарига ёпишиб олиш, ҳеч биримиз қочиб қутулолмайдиган ҳолатдир.

Сизни мақтайдими ёки ёмонлайдими - ҳар бир одам аслида ўзи ҳақида гапираётган бўлади.
Бу биринчиси

Иккинчиси, парадоксал вазият: одамлар сиз ҳақингизда умуман ўйламайди.
Одамлар ўзларининг эҳтиёжлари билан банд, улар масалаларини ҳал қилиш билан машғул, ва кўп вақт ўз муаммолари ҳақида ўйлайдилар, ҳаттоки уларни унутиб, телевизор томоша қилганда, ижтимоий тармоқда бўлганда ёки учинчи шахслар ҳақида суҳбатга ўтганда ҳам - бу ўз реаллигидан чалғишнинг бир усули, холос.

Учинчиси, проектив вазият.
Биз ўзимизда яширин шаклда мавжуд бўлган нарсаларни бошқаларда кўрамиз.

Агар сизни одамлар ёмон деб ўйлаётганлиги, сизни безовта қилса, ўзингизни кузатинг, одамлар ҳақида сиз ўзингиз қанчалик тез-тез ёмон фикрда экансиз.

Ва агар бу тез-тез кузатилса, бу сизнинг ички нуқтаи назарингиз: мен одамлар ҳақида ёмон ўйламайман, одамлар мен ҳақимда ёмон фикрда - ва ичкаридан буни аниқлаш қўрқинчли.

Чунки у ерда жуда кўп агрессия ва ҳис-туйғуларни тақиқлаш бор.

Яхши қизлар ғазабланмайди, ёмон гапирмайди ва ёмон ўйламайди, тўғрими?

"Мен ўзимдан шубҳаланаман" - бу ўзимни билмайман - мен кимман, мен қанақаман, дейишингизда ва бу қачонки ҳали ҳам сиз ҳақингиздаги нарсаларни бошқалар белгилаганда намоён бўлади.

Бу дунёга ўзини кўрсатиш, улғайишдан, масъулиятни ўз зиммасига олиш ва ўз ҳаётини яшашдан қўрқишни англатади.

Улғайиш: "мен кимман?" деган саволга жавоб беришдан, ички қадр-қимматни англаш, қарор қабул қилиш ва ўз ҳаёти учун масъулиятни зиммасига олиш билан бошланади.
326 viewsedited  16:53
Ochish/sharhlash