Get Mystery Box with random crypto!

BOLAJONIM DILBANDIM

Telegram kanalining logotibi bolajonim_dilbandim — BOLAJONIM DILBANDIM B
Telegram kanalining logotibi bolajonim_dilbandim — BOLAJONIM DILBANDIM
Kanal manzili: @bolajonim_dilbandim
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 2.15K

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 5

2022-10-29 11:02:02 Savol-javob (bolalar uchun)

– Til nimaga berilgan
Qizlar bilan bolaga?
– Tongda salom aytgani
Ota bilan onaga.Xafa bo‘lib gohida
Qovog‘ini uyganda,
Shu payt shirin so‘z kerak,
Qalbiga nur quyganda.

– Qo‘l nimaga berilgan?
– Yerga don-dun sochgani.
Erta bahor kelganda,
Bog‘ jamolin ochgani.
Turli hunar o‘rganib,
Turfa kasbni bilishga.
Yiqilganni turg‘azib,
Savob ishlar qilishga.

– Quloq nega berilgan?
– Yaxshi gapni uqishga.
Ota bilan onaning
So‘zin yodda tutishga.
Donolar nasihatin
Ilib olsa qulog‘ing,
Ishing kelib o‘ngidan,
Chopqir bo‘lar oyog‘ing.

– Aql nega berilgan?
– Halol mehnat qilgani.
Nafsga qul bo‘lmasdan,
Poklikka intilgani.

Xolmurod Safarov
853 views08:02
Ochish/sharhlash
2022-10-29 11:01:47
687 views08:01
Ochish/sharhlash
2022-10-29 11:01:46
677 views08:01
Ochish/sharhlash
2022-10-12 23:04:40 Burch (bolalar uchun sheʼr)

Buvijonim uylari,
Suvogʼi sal koʼchgandi.
Sal-pal oqlanganlari,
Tamomila oʼchgandi.

Doʼstim bilan ikkimiz,
Uyni suvab, oqladik.
Аyniqsa, suvoqni biz,
Juda-juda bopladik.

Bizning bajargan ishdan,
Buvim xursand edilar.
Ikkimizga mexrdan,
«Baraka top» dedilar.

Buvimning maqtovidan,
Ikkimiz sal qizardik.
Farzand burchin yurakdan,
Qoyil qilib bajardik!…
309 views20:04
Ochish/sharhlash
2022-10-12 23:04:20
‍Сизларни мен яхши кўраман!

Эй, ҳиммати булоқ инсоним,
Тоғдек дўстим, гулдек жононим.
Қалб боғида бўлинг меҳмоним,
Сизларни мен яхши кўраман.

Умр акси - баҳор дўлида,
Сузар толеъ тақдир кўлида.
Қадрдоним, Аллоҳ йўлида
Сизларни мен яхши кўраман.

Бахт ирмоғи инар тилакдан,
Нажот боғи унар билакдан,
Эй, чин мўмин дўст, чин юракдан
Сизларни мен яхши кўраман.

Ўзимга не тутгайман наво,
Ҳоҳ боқий тож, ҳоҳ фоний ҳаво,
Қаддингизга кўргайман раво,
Сизларни мен яхши кўраман.

Эй, кўкси нур, қалби қуёшим,
Қадри само, меҳри талошим,
Бирингиз кўз, бирингиз қошим,
Сизларни мен яхши кўраман.

Мен маҳзун куз, мамнун баҳорман,
Шўх қизғалдоқ унган наҳорман,
Бахтингиздан чин бахтиёрман,
Сизларни мен яхши кўраман.

Дил қуши эл ишқида воиз
Дарди жўшиб, куйласа жоиз.
Сиз яхшисиз, балки шу боис,
Сизларни мен яхши кўраман.

Сиз дардимга табиб, мардонам
Саодатга ҳабиб, остонам,
Озорим ҳам бахт билган онам,
Сизларни мен яхши кўраман

314 views20:04
Ochish/sharhlash
2022-10-12 23:04:20 Toʼrtkoʼz (bolalar uchun sheʼr)

Mening toʼrtkoʼz itim bor,
Аqlli u juda xam.
Daydib yurmaydi bekor,
Bunday itlar kamdan-kam.

Uychasining yonida,
Doim sergak turadi.
Notanishni koʼrganda,
Signal berib xuradi.

«It yaqin doʼst odamga»,
Аslo buni unutmang.
Ozor berib ularga,
Dilozor yoʼlin tutmang!…
269 views20:04
Ochish/sharhlash
2022-10-12 18:09:20
ФАҚАТ ЭР ХОТИН КЎРСИН

1). Эр хотин ётоқхонада намоз ўқиса бўладими?

2). Қуръон китобни ётоқонага қуйса бўладими?

Жавоб:
511 views15:09
Ochish/sharhlash
2022-10-12 11:07:45 Chumchuq bolalari (bolalar uchun sheʼr)

Pechkaning karnayiga,
Chumchuq uya quribdi.
Moʼralasam ichiga,
Bolalari turibdi.

Yoqsak agar pechkani,
Ularning umri tugar.
Shunday qoldirmay buni,
Oʼylay boshladim tadbir.

Soʼng ularni avaylab,
Karnay ichidan oldim.
Xavfsizroq joyga qoʼyib,
Tagiga xashak soldim.

Ularga ovqat berib,
Qaray olaman oʼzim.
Birdan shularni oʼylab,
Yorishib ketdi yuzim!…
692 views08:07
Ochish/sharhlash
2022-10-12 11:07:45 Quyoncha (bolalar uchun sheʼr)

Jajjigina quyoncha,
Yugura olmas uncha.

Shunda xam u tirishib,
Yugurishga kirishib,

Dikir-dikir sakraydi,
Panjalari titraydi.

Xammadan oʼzmoq boʼlar,
Baribir ortda qolar.

Lekin qorni ochganda,
Tanda darmon qochganda,

Yeb olar sabzi, sholgʼom,
Mayli, boʼlsa xamki xom.

Kech kirgan paytda quyosh,
Togʼ ortiga qoʼyar bosh.

Shundan soʼng quyoncha xam,
Uyquni koʼrar «baxam»!…
637 views08:07
Ochish/sharhlash
2022-10-12 11:07:45 Toshbaqa (bolalar uchun sheʼr)

Meni toshbaqa derlar,
Baʼzilar tutib yerlar.

Yeyar ovqatim tekin,
Lekin yuraman sekin.

Doim ortda qolaman,
Chunki charchab tolaman.

Chidamliman sabrda,
Yashayman qir-adirda.

Kosam oʼxshaydi toshga,
(Masalni oling esga.

Nishin urolmay chayon,
Qolgani sizga ayon)

Shilliqqurtdan oʼzaman,
Suvda yaxshi suzaman.

Mendan oʼrnak olmanglar,
«Kulgi» boʼlib qolmanglar.

Uxlamayman baxor, yoz,
Bor xislatim shu xolos!…
521 views08:07
Ochish/sharhlash