2022-11-05 19:56:37
Tarixga nigoh-oilada farzand tarbiyasiXalqning madaniy qadriyatlari, ma’naviy merosi ming yillar mobaynida sharq xalqlari uchun qudratli ma’naviyat manbai bo’lib xizmat qilgan. Uzoq davom etgan qattiq mafkuraviy taziqqa qaramay O’zbekiston xalqi avloddan – avlodga o’tib kelayotgan o’z tarixiy va madaniy qadriyatlarini hamda o’ziga xos an’analarini saqlab qolishga muvaffaq bo’ladi.Tarbiya shaxsning rivojlanishini ta’minlash uchun boladagi rivojlanishning mohiyatini tushunish, bilish, faoliyatining o’zgarish sabablarini aniqlash zarur.
Asrlar osha omon qolib, bizga yetib kelgan milliy qadriyatlarimiz, ma’naviy va ma’ifiy madaniyatimiz, ilm – ma’rifat mustaqillik sharofati bilan yangidan rivoj topa boshladi.
Markaziy Osiyo xududida qadim – qadimdan turli dinlar, diniy aqidalar paydo bo’ldi. Ularda aholining ijtimoiy madaniyat xayoti turmush tarzi va an’analari ma’lum o’lchovi solindi va bel, zardo’shtlik ta’limotidir. Zardo’sht adolat, ma’rifat g’oyalarini yoyishda ajdodlar ana’nasidan moxirlik bilan foydalanadi.
«Avesto» – da shahar, qishloqlarni obod qilish, bog’u – rog’lar, yaylovlarni ko’paytirish, kishilarning madaniy turmushini rivojlantirishga undash, oila mustahkamligi, farzand tarbiyasi xususida ham diqqatga molik fikrlar ijodlangan.
«Avesto» – da Xuroson va Movoraunnaxr xalqlarining axloq va odob ta’lim – tarbiya, kasb o’rganish mehnatsevarlik, mehnat va mehmondo’stlikka doir fikr muloxazalari ham bayon qilinadi. Bola asosan oila muxitida tarbiyalanib, inson sifatida shakllanadi. Tarbiya esa xayotning eng muxim tayanchi xisoblanadi. Har bir yoshni shunday tarbiyalash zarurki, u avvalo yaxshi o’qishi va so’ngra yozishni o’rganish bilan eng yuksak pog’onaga ko’tarilsin.
«Avesto»dagi bunday fikrlar xalq milliy an’analarida ham o’z aksini topgan. O’zbek xalqining yosh avlodni xayotga tayyorlashda ko’p asrlar davomida qo’llanilgan usul va vositalari, tadbir shakllari o’ziga xos urf – odati va an’analari, tarbiya sohasidagi hayotiy tajribalari avloddan – avlodga o’tib kelmoqda. O’tmishda tarbiyada axloq tarbiyasi aloxida o’rinda turdi. Har bir qabila, elat o’ziga xos axloq qonun – qoidalarni yaratdi, insoniylik ideal axloq qonuniyatining asosi hisoblanadi. Ota – bobolar axloqiy tarbiyada Shiroq, To’maris, Alpomish, Murodxon, Ravshan kabi afsonaviy qaxramonlar tasvirlangan dostonlardan foydalanadilar, ular asosida yoshlarni eng yaxshi an’analar ruxida tarbiyaladilar.
1.0K views16:56