Get Mystery Box with random crypto!

BOLAJONIM DILBANDIM

Telegram kanalining logotibi bolajonim_dilbandim — BOLAJONIM DILBANDIM B
Telegram kanalining logotibi bolajonim_dilbandim — BOLAJONIM DILBANDIM
Kanal manzili: @bolajonim_dilbandim
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 2.15K

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 4

2022-11-01 19:56:52 RAHMAT SENGA, CHAQALOQ!
Judayam soz bo‘ldi-da,
Tug'ilganing, singiljon.
Yig'lasang ham saharlar,
Ranjimayman hech qachon.
Sog‘ boTsang bas, yig'ingning
Zarari yo‘q menga hech —
Sen tufayli maktabdan
Axir qolmayapman kech...


DAKKI
Boshqa bola boTganda
Sening o'mingda shu kez,
Faqat o‘zin o‘ylamay
Ko‘nglimni olardi tez.
Ol, deb manzirat qilish —
Qayoqda, e, jimsan, jim.
Bilmabman-a shunchalar
Ekaning kaltafahm.
Gap shu, bundan keyin ham
BoTaman desang o'rtoq,
Gapni chuvalatmasdan
Pistadan cho‘z, qurumsoq!

EHTIYOTKOR TOSHBAQA
Moshga meni yalqov deb
Rosa yomonlabdi g‘oz.
Odatini bilsam ham
Ranjidim undan biroz.
Asiida ehtiyot shart,
Tashlayman shoshmay qadam —
Sozlab berar axir kim
Sinib qolsa toshkosam?
449 views16:56
Ochish/sharhlash
2022-11-01 19:56:52 Savol-javob (bolalar uchun)

– Til nimaga berilgan
Qizlar bilan bolaga?
– Tongda salom aytgani
Ota bilan onaga.Xafa bo‘lib gohida
Qovog‘ini uyganda,
Shu payt shirin so‘z kerak,
Qalbiga nur quyganda.

– Qo‘l nimaga berilgan?
– Yerga don-dun sochgani.
Erta bahor kelganda,
Bog‘ jamolin ochgani.
Turli hunar o‘rganib,
Turfa kasbni bilishga.
Yiqilganni turg‘azib,
Savob ishlar qilishga.

– Quloq nega berilgan?
– Yaxshi gapni uqishga.
Ota bilan onaning
So‘zin yodda tutishga.
Donolar nasihatin
Ilib olsa qulog‘ing,
Ishing kelib o‘ngidan,
Chopqir bo‘lar oyog‘ing.

– Aql nega berilgan?
– Halol mehnat qilgani.
Nafsga qul bo‘lmasdan,
Poklikka intilgani.

Xolmurod Safarov
362 views16:56
Ochish/sharhlash
2022-11-01 19:56:52 QANCHA PUL?
Xarid qildim do'kondan
O'nta sanchqi, besh qoshiq.
Sanchqi bir yarim mingdan,
Ikki mingdandir qoshiq.
Keltirgandim uyimga
Qizim quvondi butkul.
Qani hisoblab ko'ring,
To'laganman qancha pul?


KULRANG QUYONLAR NECHTA?
Quyonlar bor to'qqizta,
Oq, qora, hamda kulrang.
Oq uchtadir, bir qora,
Qolgani kulrang qarang.
Eshitding-a, jumboqni
Javob bergin-chi, Asror.
Quyonlarning ichida
Kulranglisi nechta bor?


QANCHA JAMI ?
Uch tuyaning bo'talog'i
Bordir uchta.
Bir tovuqning jo'jalari
Bordir beshta.
Omon, hayvon, parrandalar
Jami nechta?

RO'ZIMUROD BOLQIYEV
334 views16:56
Ochish/sharhlash
2022-11-01 19:56:36
320 views16:56
Ochish/sharhlash
2022-11-01 19:12:11
Xitoylik Erkak o'zining Go'zal Xotinini hunuk bolalar Tuqqani uchun Xiyonatkorlikda aybladi

O'zi chiroyli bo'lsa xotini chiroyli bo'lsa bolalari hunuk bo'lishi mumkin emas deb DNK tekshiruvidan o'tishdi ammo barchasi o'rinsiz bo'lib chiqdi. Oradan 7 daqiqa o'tgach erkakni darhol hibsga olishdi va butun umr ozodlikdan mahrum qilishdi. Sababi u erkak....
ДАВОМИ...
453 views16:12
Ochish/sharhlash
2022-10-29 19:46:29
Хайрли тун!
ХАЙРЛИ ТУ


Қалбдан жой олиш ҳам ризқдек гап.
Менинг қалбимга ризқингиз қўшилган бўлса сиз жой оласиз, аксинча бўлса мен.

Қалбингиздан ҳамиша қалбингизга яқинлар, юрагингизга мадор бўладиганлар жой олсин..

Аллоҳ барчамизни тинчлик офиятда ёруғ тонгга етказсин.

ХАЙРЛИ ТУН АЗИЗЛАР.
1.3K viewsedited  16:46
Ochish/sharhlash
2022-10-29 19:46:29
Avgust

G'arq pishkan meva ,
Yemayman dema .
Qovun sayliga ,
Kelmayman dema .
Tarvuz yeng tilib ,
Yo kosa qilib .
648 viewsedited  16:46
Ochish/sharhlash
2022-10-29 19:46:29
O'ZBEKISTON

Mening yurtim O’zbekiston
O’lkalar ichra doston
Har yeri bog’-u bo’ston
Men tug’ilgan guliston
Sendir mening vatanim
O’zbekiston gulshanim
Senda barcha tinch-omon
Yaqin yo’lolmas yomon
Sensan millat oshyoni
Kezib topmadim dunyoni
Seningdek go’zal bo’ston
Men tug’ilgan guliston
Chor taraf chaman bog’lar
O’ragan azim tog’lar
Go’zallikda yagona
Har kuni shodiyona
Buyuk yurt O’zbekiston
Men yaralgan guliston.
657 viewsedited  16:46
Ochish/sharhlash
2022-10-29 19:46:29
O'ZBEKISTON BAYROG'I

Qalbimiz to‘la surur,
To‘tiyo yurt tuprog‘i,
Hilpirab turar mag‘rur,
O‘zbekiston bayrog‘i.

Rangi hayot misoli,
Yulduzlari hiloli,
Mustaqillik timsoli,
O‘zbekiston bayrog‘i.

Naqorat:
Iftixor dilimizda,
U yo‘ldosh yo‘limizda,
Yuksalar qo‘limizda,
O‘zbekiston bayrog‘i.

Gumbazlarda, yuksakda,
Peshtoqlarda, falakda,
Ko‘ngillarda, yurakda,
O‘zbekiston bayrog‘i.

Rangi hayot misoli,
Yulduzlari hiloli,
Mustaqillik timsoli,
O‘zbekiston bayrog‘i.
673 viewsedited  16:46
Ochish/sharhlash
2022-10-29 11:02:02 Jo'ja jo'ja jo'jalarimning
Patlari sariq
Sariq ko'zlari
Misoli tariq

Jo'ja jo'ja jo'jalarimning
Patlari sariq
Sariq ko'zlari
Misoli tariq

Har kun ularga
Don dun beraman
Yo'qolmasin deb
Sanab qoyaman

Har kun ularga
Don dun beraman
Yo'qolmasin deb
Sanab qoyaman

Jo'ja jo'ja jo'jalarimning
Patlari sariq
Sariq kozlari
Misoli tariq
876 views08:02
Ochish/sharhlash