Get Mystery Box with random crypto!

Bobil kutubxonasi

Telegram kanalining logotibi bobil_kutubxonasi — Bobil kutubxonasi B
Telegram kanalining logotibi bobil_kutubxonasi — Bobil kutubxonasi
Kanal manzili: @bobil_kutubxonasi
Toifalar: Adabiyot
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 2.79K
Kanalning ta’rifi

Reading Because Murder Is Wrong!
— saralangan kitoblar
— saralangan filmlar
— saralanmagan g'oyalar
— boshqa-boshqalar
(foydali tillarda)
Aytgancha,
Readers are Leaders!
Instagram: https://www.instagram.com/muzaffarmirzohid/

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 3

2022-08-23 20:07:31
Hozir o'qiyotgan romanimning bosh qahramoni hisoblanadi bu rasmdagi ayol. Kim deb o'ylaysizlar?
999 views17:07
Ochish/sharhlash
2022-08-23 17:20:36 Odamlar din bo'lsaydi, men ateist bo'lardim degan ekan bir introvert.
969 views14:20
Ochish/sharhlash
2022-08-22 17:32:01 Jijek menga doim falsafani sotib kun ko'radigan arzon elitistdek ko'ringan. Biroq, marksizm va leninistik estetika orasidagi farqlarni ochib bergan nutqlari, kapitalizm falsafasiga doir tanqidiy chiqishlari sabab ichim isiy boshlagandi. Siyosiy to'g'richilik tanqididan keyin chinakamiga hurmatim oshdi.
Chindan, negrga negr deyolmasak, bir erkak o'zini ayol deb hisoblagani sabab uning bu harakati bizga aloqador bo'lmagani holda zamonaviy ko'rinish uchun unga honim deb murojaat qilishdek jirkanchlikka majburlansak, buning kommunistik zo'ravonlikdan nima farqi qoladi? Sovet paytida ham kommunist bo'lish cool edi? Men bir odamga uning o'ziga nisbatan emas, mening unga nisbatan shaxsiy fikr doiram bilan qarayman. Bir odamni erkak dedimmi, men uni erkak deb o'ylayman. Albatta, mening bu fikrim uni bezovta qilmasligi, fikr shaklidan tajovvuz shakliga o'tmasligi kerak. Lekin, uning fikri mening fikrimga majburiy ta'sir ko'rsatgani holda shaxsiy hududimni yorib kirayotgan bo'lsa, bu ochiqcha tajovvuz va totalitar qiynoqdir, deb bilaman.




1.0K views14:32
Ochish/sharhlash
2022-08-22 14:39:04 Uch oylik Professional Online Turkcha Darslari boshlanadi.

Mazkur darslar turkchani biroz bo'lsada biladigan, turkchada ilmiy -adabiy mavzularda mutolaa-suhbat qilishni istagan kishilarga mo'ljallangan. Shu sabab, kursga kirishni istovchilar Turkchani ozroq bo'lsa ham bilishlari kerak.
Bu Tömer kursi emas!

Kursda siz:
- Turk adabiyotidan tarjima qilish uslublarini;
- Turkchadagi ilmiy-akademik matnlarni o'qib tushunishni;
- İlmiy, adabiy rasmiy va kundalik turkcha suhbatlar orasidagi farqni;
- Filologik mutolaa ko'nikmalarini;
- Turli xil adabiy maktablarga oid badiiy asarlarni o'qib, professional darajada tahlil qila olish qobiliyatini;
- Turkchada turli uslublarda erkin matn yozish, tinglash va gaplashish ta'limini qo'lga kiritasiz.

Kursda turli ilmiy-akademik, badiiy kitoblar, maxsus tanlangan filmlar, leksiyalar va boshqa nodir manbalar orqali yaratilgan intensiv filologik ta'lim metodikasidan foydalaniladi.

Darslar haftada uch kun, Telegramdagi Ovozli Chatda bo'lib o'tadi.

Kurs muddati: 3 oy
Kurs narxi: 250000 so'm
Kursga qo'shilish uchun so'ngi muhlat: 1-sentyabr.

Odatiy mashq kitoblari va grammatika darslaridan zerikkan bo'lsangiz yo Turkchaning butun imkoniyatlaridan to'liq foydalanishni istasangiz, murojaat qilishingiz mumkin.

Murojaat uchun: @dionisiad
933 views11:39
Ochish/sharhlash
2022-08-22 06:14:11 Ta'limda hilma-xillik nega kerak?
Men dastlab İstanbul universitetida o'qiy boshladim, keyin esa Anqaraga o'tdim.
İstanbulda Amerikan adabiyotidagi ilk asar sifatida Xristofor Kolumbning Sayohatnomasini, Amerikaga ilk qadam bosgan ingliz sayohatchi puritanlariga oid kundaliklarni o'qigandik. Ya'ni, Amerikan adabiyoti bevosita uni kashf qilganlar tomonidan yaratilgandek edi. Bu odamda xuddi Amerika Kolumb unga kelmagunga qadar mavjud emasdi, degandek bo'ladi.

Anqaraga keldim. İkkinchi kurs bo'lishimga qaramay, bizda programma boshqacha, birinchi kurs kitoblarini ham o'qib, videodarslarinu tinglab, imtihon topshirasiz, deyishdi.
Anqarada Amerikan adabiyoti Hindu xalq miflaridan boshlanadi, deyishgandi. Delavar, Chubakka va boshqa qiziltanli xalqlar ertaklari, maqol va rivoyatlarini o'rgandim. Ha, Amerika va uning adabiyoti Kolumbdan avval ham bor, tirik edi.
Bu bilan Istanbulni yomonlamoqchi emasman, lekin baribir menga aytilgan gap to'g'ri edi. Gap shundaki, Turkiyada ikkita katta filologiya dargohi bor. İstanbul universiteti Adabiyot fakulteti va Anqara universiteti Til-Tarix. İstanbul ko'proq turkologiya, arab, fors kabi Sharq tillarida lider. Til-Tarix fakulteti esa ingliz-amerikan, nemis, Fransuz, rus kabi g'arb adabiyotlari uchun mukammal joy.
Xulosa o'laroq, O'zbekistondagi bitta programmaga bo'ysunadigan universitetlar talabaning fikrlash tarzini bo'g'ib tashlaydi. Buxoroda beriladigan ta'lim Sirdaryodagidan farq qilmaydi. Farq bo'lmaganidan keyin fikriy turfa xillik qayerdan bo'lsin?
O'zimiznikilarni yaxshi ko'raman, kamsitgim kelmaydi. O'zbekistonning har bir universitetida fidoiy domlalar borligini ham bilaman. Biroq, bu ularning qo'lida emas. Bir tarafdan hujjatboz vazirlik, boshqa tarafdan johilu bedavo ba'zi talabalar, o'zbek akademiyasidagi mog'or bosgan husumat havosi...
Osonmas, lekin yanayam farq yaratish lozim.
Suhrob Sipehriy aytganidek,
Ko'zlarni yuvmoq kerak,
Boshqacha ko'rmoq kerak...

@bobil_kutubxonasi
906 views03:14
Ochish/sharhlash