Get Mystery Box with random crypto!

Jijek menga doim falsafani sotib kun ko'radigan arzon elitistd | Bobil kutubxonasi

Jijek menga doim falsafani sotib kun ko'radigan arzon elitistdek ko'ringan. Biroq, marksizm va leninistik estetika orasidagi farqlarni ochib bergan nutqlari, kapitalizm falsafasiga doir tanqidiy chiqishlari sabab ichim isiy boshlagandi. Siyosiy to'g'richilik tanqididan keyin chinakamiga hurmatim oshdi.
Chindan, negrga negr deyolmasak, bir erkak o'zini ayol deb hisoblagani sabab uning bu harakati bizga aloqador bo'lmagani holda zamonaviy ko'rinish uchun unga honim deb murojaat qilishdek jirkanchlikka majburlansak, buning kommunistik zo'ravonlikdan nima farqi qoladi? Sovet paytida ham kommunist bo'lish cool edi? Men bir odamga uning o'ziga nisbatan emas, mening unga nisbatan shaxsiy fikr doiram bilan qarayman. Bir odamni erkak dedimmi, men uni erkak deb o'ylayman. Albatta, mening bu fikrim uni bezovta qilmasligi, fikr shaklidan tajovvuz shakliga o'tmasligi kerak. Lekin, uning fikri mening fikrimga majburiy ta'sir ko'rsatgani holda shaxsiy hududimni yorib kirayotgan bo'lsa, bu ochiqcha tajovvuz va totalitar qiynoqdir, deb bilaman.