Get Mystery Box with random crypto!

Bobil kutubxonasi

Telegram kanalining logotibi bobil_kutubxonasi — Bobil kutubxonasi B
Telegram kanalining logotibi bobil_kutubxonasi — Bobil kutubxonasi
Kanal manzili: @bobil_kutubxonasi
Toifalar: Adabiyot
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 2.79K
Kanalning ta’rifi

Reading Because Murder Is Wrong!
— saralangan kitoblar
— saralangan filmlar
— saralanmagan g'oyalar
— boshqa-boshqalar
(foydali tillarda)
Aytgancha,
Readers are Leaders!
Instagram: https://www.instagram.com/muzaffarmirzohid/

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2022-08-27 18:06:43 @bobil_kutubxonasi
959 viewsedited  15:06
Ochish/sharhlash
2022-08-27 18:05:49 Dark Archives
943 views15:05
Ochish/sharhlash
2022-08-26 18:55:33 Jinsiyat tadqiqotlarida turli metodlar bor. Bu fan Amerikadan chiqqani uchun asosan amerikan jamiyati kontekstida tahlil qilinadi.
Quyidagi matnda siz osiyolik erkak xarakterining qanday qilib bizga "nozikoyim" tarzida singdirilganining tarixini o'qishingiz mumkin.
Umuman, bir jinsiy stereotip qanday yaratiladi? Amerikada chiqqan dastlabki osiyoliklar ayolsifat bo'ladi, degan tushuncha qanday qilib yuz yil o'tgach, Toshkent skverdagi anime va k-pop muhlislarining do'pposlanishiga sabab bo'ldi? BTS eshitish nega bizda to'g'ri qabul qilinmaydi? Bu mutaassib qarashlar tarixi maqolada berib o'tilgan.

https://unwinnable.com/2018/11/19/the-unstable-sexuality-of-joji/
1.0K views15:55
Ochish/sharhlash
2022-08-26 12:23:01 Oxirgi kunlarda turkcha ko'nglimni aynita boshladi. Iloji boricha kamgap bo'lishga intilyapman. 14-sentyabrdagi inglizcha imtihonim sabab bu tilga qattiq tayyorlanyapman, lekin u ham siyqalashgandek. Avvalgidek o'ziga tortmayapti.
O'zbekchada hech narsani o'ylamay, tarjima qilmay gapirishni sog'indim. Shu bois kecha Chip va Deyl, Quvnoq do'mboqchalar va Skruk Makdak multfilmlarini qayta ko'rib chiqdim. Uy tozalayotganimda ham Sevginator filmi ochiq turdi. O'zbekchani eshitib jonim kirdi.
Umuman, til sog'inchi boshqacha. Ko'pchilik o'zbeklar Turkiyaga kelgach, turkchani suv qilib ichib yuborishadi, ular uchun turkcha cho't bo'lmay qoladi. Lekin, men muntazam ravishda o'zbekchaga tarjima qilganim va unda nimalardir yozganim sabab o'zbekchaning ruhidan uzil- kesil chiqib ketolmadim. Ruhim ikki til orasida qoldi va ba'zan bu arosat falajlikka aylanadi. Qaysi tilda gapirayotganimni tushunmay qolaman ba'zan. Turkcha? Inglizcha? Ba'zan umuman o'zbekcha gapirmagan, yozmagan, o'qimagan kunlarim bo'ladi va tun tushgach, ichimda og'zimga qadar oqib kelayotgan yolg'izlikning qorong'u suvlarini his qilaman. U suvlarning hidini taniyman, u suvlarning qorong'u oqimlari ichida ko'p adashdim, ko'p cho'kdim. Hali yana ichida ismimni unutmasam bo'lgani.

Mirzohid

@bobil_kutubxonasi
1.1K views09:23
Ochish/sharhlash
2022-08-25 23:34:52 Shunday bir anketa bor kitoblar haqida. Javob berishingiz va izohlar bo'limida o'zingizga o'xshash kishilar bilan bu borada suhbat yuritishingiz mumkin.

Savollar:

1. Sotib olgan oxirgi kitobingiz.
2. Qayta-qayta o'qigan kitobingiz.
3. Oxirigacha o'qimay tashlab qo'ygan kitobingiz. ( Oxiriga yetkazish niyatingiz bormi yo yo'q?)
4. Hech qachon o'qimayman, degan kitobingiz.
5. Muallifi yo tarjimoni tomonidan dastxat bilan qabul qilib olgan kitobingiz.
6. Yo'qotib qo'ygan yoki kimdir olib, qaytib bermagan so'ngi kitobingiz.
7. Qayta olgan yoki yangilagan kitobingiz.
8. Kimnidir o'qishga majbur qilgan oxirgi kitobingiz.

Men boshlay:

1. Per Petterson, " Ot o'g'irlagani ketyapmiz"
2. Xudoyberdi To'xtaboyev, " Sariq devning o'limi" (Dadamning sovg'asi )
3. Joys Kerol Outs, "Yurak kolleksioneri" (Tugatmayman, hafsalam pir bo'ldi. Outsdan katta narsa kutgandim.)
4. Jeyms Joys, "Finnegan Ma'rakasi"
5. "Alkimyogar" ni tarjimoni Aziz Said dastxat bilan sovg'a qilgandilar.
6. Mavsum Yenije, "Ismsiz Daryolar"
7. Homer, "Odissey".( Boshqa tarjimasini olgandim.)
8.Italo Kalvinoning "Ko'rinmas shaharlari" ni bir kursdoshimga o'qitdim vahshiylarcha psixologik bosimlar bilan.

Javoblarni kutaman.

@bobil_kutubxonasi
1.1K views20:34
Ochish/sharhlash
2022-08-24 21:10:49 Marginalizatsiya haqida

Amerikan mediasida shunday bir bema'nilik bor. Bir qora tanli yoki noodatiy jinsiyatga ega odam qandaydir muvafaqqiyatga erishsa, u qilgan ish qolib, jinsiyati va irqiga urg'u beriladi.
Masalan, Michael Reeves, a gay man invaded new model of Tesla.
Bu mazkur kishilarni jamiyatga qabul qildirish uchun qilinayotgani aniq. Mayli u odam g'alatiroqdir, lekin nega aynan sen uni tabiiy qabul qildirmoqchi bo'lgan holingda yana marginal, ya'ni boshqacha qilib ko'rsatyapsan? O'ta beo'xshov holat.
Endi o'zimizga kelsak. IELTS dan baland ball olgan yo biznesda yutuqlarga erishgan ayol-qizlar oxirgi paytlarda doim hijobli qilib tasvirlanyapti. Hijob bilan hech kimning hech qanday muammosi yo'q, lekin buni marginal qilib ko'rsatishayotganidan xabarlari bormi? Ya'ni ularning hijobiga emas, qilgan ishlariga urg'u berilishi kerak.
Masalan, bir yangilik saytidagi postni psixoanaliz qiladigan bo'lsak, shunday xulosa kelib chiqadi:
"Qaranglar, Mahpiratxon hijobli, lekin baribir aqlli. "
Bu shu qadar ensa qotiruvchi holatki. Kimdir chiqib men ham mallasochman, lekin Yevropadamas, qishlog'imda sigir sog'yapman, deyishi kerak menimcha.)

Hijobli opa-singillarni propaganda quroliga aylantirmaslik kerak. Ularning hamma kabi aqlli ekanliklari, harakatlari hammaniki kabi potensialga egaligini aksioma ya'ni isbot talab qilmas haqiqat ekanligini qabul qilishimiz kerak. Medianing o'zicha hijob marginalizatsiyasi esa bunga to'sqinlik qilyapti.

@bobil_kutubxonasi
1.2K views18:10
Ochish/sharhlash
2022-08-24 16:39:07 Sizningcha saylovlarda bir professor bergan ovoz bilan traktorchi bergan ovozning teng huquqli bo'lishi qanchalik to'g'ri? O'qimagan bir dehqon shaharda o'qib, ishlayotgan ziyolilarning kelajagini hal qiluvchi omillardan biri bo'lmish saylovda qatnashishi qanchalik adolatli?

Shu o'rinda hukumatning o'zgarishi qishloqlardan ko'ra shahardagi ziyoli qatlamni ko'proq larzaga keltirishini unutmang.
1.1K views13:39
Ochish/sharhlash
2022-08-24 13:18:20 Oskar Uayldning aytishicha, Deyarli hamma odamlar bu boshqa odamlardir. Ularning shaxsiy fikrim, deb iddao qilgan qarashlari aslida boshqasiga tegishli bo'ladi, hayotlari taqliddan iborat, maqsad va umidlari ham boshqa bir kishining butun boshli maslagidan shunchaki iqtibos, xolos. Bunga javoban Xorhe Luis Borxes deydiki, Aslida men o'zimning mavjud ekanligimga unchalik ishonmayman. Men bugunga qadar o'qigan yozuvchilarim, tanishgan, suhbatlashgan, sevgan va nafratlangan insonlarim, borganu borishni orzu qilgan shaharlarim yig'indisiman. Va, Sartr bu suhbatga navbatdagi gapi bilan nuqta qo'yadi: Boshqalar Jahannamdir!

@bobil_kutubxonasi
1.2K views10:18
Ochish/sharhlash
2022-08-24 01:21:49 Sizning bu shijoatingiz va maqsadlaringizni bu tuproqlar ko'tarolmaydi. Bunga tayyor emas... Balzakning qahramoni Rostinyak ortida qonli fransuz inqilobi bor edi. Bu yerdachi? Eng katta xo'jayin hamon Karim Noji bey... Bu yerdagi butun boshli temiryo'l inshootining rahbari bir zamindor, qishloq raisi... Ham rais, ham temiryo'l rahbari, ham deputat... Sizga bu yerlarda non qolmagan, do'stim...

O'rhon Pamuq, "Javdat Bey va O'g'illari"

@bobil_kutubxonasi
998 views22:21
Ochish/sharhlash