Get Mystery Box with random crypto!

Ta'limda hilma-xillik nega kerak? Men dastlab İstanbul univer | Bobil kutubxonasi

Ta'limda hilma-xillik nega kerak?
Men dastlab İstanbul universitetida o'qiy boshladim, keyin esa Anqaraga o'tdim.
İstanbulda Amerikan adabiyotidagi ilk asar sifatida Xristofor Kolumbning Sayohatnomasini, Amerikaga ilk qadam bosgan ingliz sayohatchi puritanlariga oid kundaliklarni o'qigandik. Ya'ni, Amerikan adabiyoti bevosita uni kashf qilganlar tomonidan yaratilgandek edi. Bu odamda xuddi Amerika Kolumb unga kelmagunga qadar mavjud emasdi, degandek bo'ladi.

Anqaraga keldim. İkkinchi kurs bo'lishimga qaramay, bizda programma boshqacha, birinchi kurs kitoblarini ham o'qib, videodarslarinu tinglab, imtihon topshirasiz, deyishdi.
Anqarada Amerikan adabiyoti Hindu xalq miflaridan boshlanadi, deyishgandi. Delavar, Chubakka va boshqa qiziltanli xalqlar ertaklari, maqol va rivoyatlarini o'rgandim. Ha, Amerika va uning adabiyoti Kolumbdan avval ham bor, tirik edi.
Bu bilan Istanbulni yomonlamoqchi emasman, lekin baribir menga aytilgan gap to'g'ri edi. Gap shundaki, Turkiyada ikkita katta filologiya dargohi bor. İstanbul universiteti Adabiyot fakulteti va Anqara universiteti Til-Tarix. İstanbul ko'proq turkologiya, arab, fors kabi Sharq tillarida lider. Til-Tarix fakulteti esa ingliz-amerikan, nemis, Fransuz, rus kabi g'arb adabiyotlari uchun mukammal joy.
Xulosa o'laroq, O'zbekistondagi bitta programmaga bo'ysunadigan universitetlar talabaning fikrlash tarzini bo'g'ib tashlaydi. Buxoroda beriladigan ta'lim Sirdaryodagidan farq qilmaydi. Farq bo'lmaganidan keyin fikriy turfa xillik qayerdan bo'lsin?
O'zimiznikilarni yaxshi ko'raman, kamsitgim kelmaydi. O'zbekistonning har bir universitetida fidoiy domlalar borligini ham bilaman. Biroq, bu ularning qo'lida emas. Bir tarafdan hujjatboz vazirlik, boshqa tarafdan johilu bedavo ba'zi talabalar, o'zbek akademiyasidagi mog'or bosgan husumat havosi...
Osonmas, lekin yanayam farq yaratish lozim.
Suhrob Sipehriy aytganidek,
Ko'zlarni yuvmoq kerak,
Boshqacha ko'rmoq kerak...

@bobil_kutubxonasi