Get Mystery Box with random crypto!

Shunday bir anketa bor kitoblar haqida. Javob berishingiz va i | Bobil kutubxonasi

Shunday bir anketa bor kitoblar haqida. Javob berishingiz va izohlar bo'limida o'zingizga o'xshash kishilar bilan bu borada suhbat yuritishingiz mumkin.

Savollar:

1. Sotib olgan oxirgi kitobingiz.
2. Qayta-qayta o'qigan kitobingiz.
3. Oxirigacha o'qimay tashlab qo'ygan kitobingiz. ( Oxiriga yetkazish niyatingiz bormi yo yo'q?)
4. Hech qachon o'qimayman, degan kitobingiz.
5. Muallifi yo tarjimoni tomonidan dastxat bilan qabul qilib olgan kitobingiz.
6. Yo'qotib qo'ygan yoki kimdir olib, qaytib bermagan so'ngi kitobingiz.
7. Qayta olgan yoki yangilagan kitobingiz.
8. Kimnidir o'qishga majbur qilgan oxirgi kitobingiz.

Men boshlay:

1. Per Petterson, " Ot o'g'irlagani ketyapmiz"
2. Xudoyberdi To'xtaboyev, " Sariq devning o'limi" (Dadamning sovg'asi )
3. Joys Kerol Outs, "Yurak kolleksioneri" (Tugatmayman, hafsalam pir bo'ldi. Outsdan katta narsa kutgandim.)
4. Jeyms Joys, "Finnegan Ma'rakasi"
5. "Alkimyogar" ni tarjimoni Aziz Said dastxat bilan sovg'a qilgandilar.
6. Mavsum Yenije, "Ismsiz Daryolar"
7. Homer, "Odissey".( Boshqa tarjimasini olgandim.)
8.Italo Kalvinoning "Ko'rinmas shaharlari" ni bir kursdoshimga o'qitdim vahshiylarcha psixologik bosimlar bilan.

Javoblarni kutaman.

@bobil_kutubxonasi