Get Mystery Box with random crypto!

Afg'onistonda Tolibon hukmronligi qayta o'rnatilganiga bugun b | Vashington kundaligi

Afg'onistonda Tolibon hukmronligi qayta o'rnatilganiga bugun bir yil to'ldi. Bir necha hafta ichida butun mamlakatni qo'lga kiritib dunyoni hayratga solgan guruh 2021-yil 15-avgust kuni poytaxt Kobulni ham o'z nazoratiga olgan edi. Bu orada hali mamlakatni to'la tark etib ulgurmagan AQSh kuchlari tartibsiz ravishda 31-avgustgacha evakuatsiya ishlarini olib bordi.

Aeroportdagi ur-sur, to'polonlar, samolyot g'ildiraklariga osilib uchib ketishga uringan... va halok bo'lgan afg'onlar voqeasi butun dunyoni larzaga soldi...

AQSh 2001-yil Afg'onistonga aynan Tolibonni hokimiyatdan ag'darish uchun kirgan edi. Oradan 20 yil o'tib, hokimiyatni yana shu guruh qo'liga topshirdi va mamlakatni tark etdi.

20 yillik Afg'oniston urushi AQShga 2 trillion dollarga tushdi. Olti mingdan ortiq amerikalik askar va xizmatchilar halok bo'ldi. Afg'onistonliklar orasida esa 180 mingga yaqin harbiylar va tinch aholi vakillari qurbon berildi.

Ekspertlar fikricha, AQSh chiqib ketishi ortidan 85 milliard dollarlik zamonaviy qurol-aslaha va harbiy texnika Tolibon qo'liga o'tgan.

O'tgan bir yil ichida hali hech bir mamlakat Tolibon hukumatini rasman tan olgani yo'q.

@bmamadiev