Get Mystery Box with random crypto!

'CNN' telekanali sharhlovchisi Farid Zakariya 'GPS' dasturinin | Vashington kundaligi

"CNN" telekanali sharhlovchisi Farid Zakariya "GPS" dasturining maxsus sonida Afg'oniston sobiq prezidenti Ashraf G'ani bilan suhbat o'tkazdi. Ashraf G'ani bir yil avvalgi voqealar, Afg'onistonni qanday tark etgani haqida gapirib berdi.

Uning aytishicha, qayerga ketayotganini vertolyotga chiqqungacha bilmagan. Aeroportga ketyapmiz, deb o'ylagan edim, lekin u yer xavfli bo'lgani uchun O'zbekistonga uchdik, deydi u.

U o'zi bilan millionlab dollar pul olib chiqib ketgani haqidagi mish-mishlarga ham izoh berdi. Ustimdagi bitta kiyim bilan ketdim, hatto pasportimni olishga ulgurmadim, deydi u.

Ashraf G'ani va oilasini olib ketayotgan vertolyot ruxsatsiz O'zbekiston hududiga qo'nadi. O'zbekiston ulardan mamlakatni tark etishni talab qiladi. Ertasiga ular charter samolyot orqali Birlashgan Arab Amirliklariga uchib ketadi.

@bmamadiev