Get Mystery Box with random crypto!

AQShning Ukraina uchun 775 million dollarlik navbatdagi yordam | Vashington kundaligi

AQShning Ukraina uchun 775 million dollarlik navbatdagi yordam paketi, jumladan, “Scan Eagle” rusumidagi razvedkachi dronlar, minaga chidamli “MaxxPro” zirxli mashinalari, 16 ta gaubitsa va ular uchun 36 ming dona o’q-dori, 1000 ta tankka qarshi “Javelin” va TOW raketalari, minadan tozalovchi vositalar hamda HIMARS raketa sistemalari uchun o’q-dorini o’z ichiga oladi.

Bu bilan yil boshidan beri AQSh Ukrainaga yetkazib bergan harbiy yordam qiymati 10,6 milliard dollarga yetadi.

Kiyev G’arb davlatlaridan 300 kilometr masofadagi mo’ljalni ura oladigan ATACMS raketa tizimlari, tank va qiruvchi samolyotlar berilishini ham so’ramoqda.

Manba: Amerika ovozi

@bmamadiev