Get Mystery Box with random crypto!

Blog | Shoxida Bektemirova

Telegram kanalining logotibi blog_shoxida — Blog | Shoxida Bektemirova B
Telegram kanalining logotibi blog_shoxida — Blog | Shoxida Bektemirova
Kanal manzili: @blog_shoxida
Toifalar: Psixologiya
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 84
Kanalning ta’rifi

▪️Shaxsiy rivojlanish bo’yicha mentor
▪️Instagram profil: https://instagram.com/shoxida_bektemirova?igshid=YmMyMTA2M2Y=

Ratings & Reviews

2.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2022-04-11 08:04:42
Аёлларнинг кучига ишонмаган кишининг, онасиз ўтадиган болаликка қайтиб қолишини жуда-жуда хоҳлардим.

Нажиб Маҳфуз

#MubashshirAhmad
116 views05:04
Ochish/sharhlash
2022-04-02 15:01:32
Ramazonda nafaqat ovqatga, balki gunohlarga bo’lgan nafsimiz bizga mag’lub bo’lsin!

Amin
116 viewsedited  12:01
Ochish/sharhlash
2022-03-19 10:00:52 ​​ Kasb hobbymi yoxud noto’g’ri tanlangan yo’nalish

Kuzatishlarim va tadqiqotlar natijasida shu narsa ma’lum bo’ldiki, 39,3% odamlar o’zini mutaxassisligi bo’yicha ishlamas ekan. Bundan kelib chiqadiki, deyarli yar sharmini yarim aholisi kasb tanlashda noto’g’ri yo’nalish tanlaydi.

Xo’sh, to’g’ri kasb qanday tanlanadi desangiz, o’zingizga savol bering! Qaysi kasbda 24 soat ham bepul ishlay olasiz? Qaysi kasb aslida bir vaqtlar sizni hobbyingiz bo’lgan?

Sizlarga bir sirni aytaymi? Siz o’zingizga kasb qidirmang, kasb tanlamang. Siz hobbyingizni aniqlang, hobbyingiz sizga eng katta daromad keltiradigan kasbga aylanadi. Ishonmaysizmi? Bir marta sinab ko’ring, sevimli mashg’ulotingiz bilan shug’ullaning. Siz buni pul uchun qilmaysiz, chin ko’nglingizdan bajarasiz. Qarabsizki, sevimli mashg’ulotingiz sizga daromad keltiradi.

Eng qaymoq joyidan aytaman, qiziqmasangiz ham katta daromad keltiradigan yo’nalish tanlasangiz u yerdan foyda olishingiz amrimahol. Ammo kam daromad keltirsa ham qiziqqan sohangizni tanlasangiz mana shu soha sizni boy qiladi!
125 views07:00
Ochish/sharhlash
2022-03-16 18:00:02 ​​ Motivatsiya qayerda?

Hozirda juda ko’p insonlarni aldaydigan termin: motivatsiya. Nafaqat aldaydi, balki u bo’lmasa xuddi hech narsaga erishishni iloji yo’q degan farazda yashashga undaydi. Ha, bunga qo’shilaman, motivatsiya bu - hafsala degani. Hafsalangiz bo’lmasa qilgan ishingiz xuddi chang bosgan javonga kitoblarni chiroyli qilib taxlab qo’yganga o’xshaydi.

Ammo, biz motivatsiyani noto’g’ri tushunamiz va noto’g’ri qo’llaymiz. Motivatsiyani tashqaridan qidiramiz, insonlardan, voqea-hodisalardan olishga harakat qilamiz. Xo’sh, unda to’g’ri motivatsiya qanday bo’ladi desangiz, haqiqiy motivatsiya bu Sizni ichingizda. Ichingizda bir vaqtlar so’nib qolgan olov. Qachonlardir Siz bajarishni istagan, ammo atrofdagilar fikri bilan oxiriga yetkazmay tashlab qo’ygan vazifangiz.

Savol! Uni qanday anglash mumkin, qanday u olovni qayta alanga oldirish mumkin? Buni anglash uchun, qalbingizga tushing, so’rang nima Sizga og’riq beradi, nimani chin dilingizdan istaysiz. Agar savolga javob topgan bo’lsangiz o’sha ish bilan mashg’ul bo’ling, albatta, Sizga ham, atrofdagilarga ham foydali ish bo’lsa.

Qachonki inson biror ishni kuchli xohish bilan bajarsa, uni hech kim hech narsa to’xtatib qololmaydi. Agar motivatsiyangiz ichingizdan porlab tursa, Sizni atrof-muhit orqali keladigan motivatsiya aslo qiziqtirmaydi. Sizni harakatga undab, yondirib turadigan mashg’ulot, kasb bilan shug’ullaning. Shunda motivatsiya degan termin Sizga begona bo’lib qoladi.

Agar yondirib turadigan kasbni qanday bilsam bo’ladi degan savol bo’lsa, keyingi postlarda bu haqida, albatta, ma’lumot beraman.
101 views15:00
Ochish/sharhlash
2022-03-13 15:31:10 ​​ Kitob vitaminmi?

Bir narsani qayta-qayta anglab yetdim. Inson yashashi uchun suv va havo qanchalik zarur bo’lsa, ilm ham xuddi shunday zarur va muhim ekan.

Nega endi ilmsiz shuncha inson yashab yuribdi-ku degan e’tiroz paydo bo’lishi mumkin Sizda. Bir kitobda o’qigan edim: “75 yil bir xil yashab buni umr demagin” deyilgan edi. Hatto Payg’ambarimiz alayhissalom ham “Mo’minning buguni kechagidan farq qilishi kerak” deganlar.

Ha, biz ilmsiz yashab yuraveramiz, ammo suvsiz inson organizmi qanchalik quruqlashib, qarib ketsa, ilmsiz inson onggi xuddi shu ahvolga tushadi. Onggimiz tobora kichrayib, yosh bolani aqli yetgan narsani anglamay qolamiz.

O’zimdan bir misol keltirsam, har kuni kitob o’qib, o’z ustimda ishlab, ilm olib, ammo 2-3 kun orada uzilish bo’lib qolsa xuddi vujudimga eng kerakli vitamin yetishmayatgandek his qilaman o’zimni. O’sha vitaminni qabul qilmagunimcha o’zimni 1 yil kitob o’qimagan insondek his qilaman. Ha bu vitaminning nomi: KITOB azizlar.

Agar ishonmasangiz sinab ko’ring, har kuni hech bo’lmasa 1 betdan kitob o’qing. 1 oydan so’ng o’zingizdagi o’zgarishni ko’rib qoyil qolasiz. Agar o’zgarish bo’lmasa, marhamat, murojaat qoldiring, Sizga alohida tavsiyalar beraman. Agar qaysi kitobni o’qishni bilmasangiz “Atom odatlar” kitobidan boshlang. Hayotingizni eng yaxshi tomonga o’zgartirib yuborishiga kafolat beraman!
104 views12:31
Ochish/sharhlash
2022-02-25 16:17:43 Uchuvchining parvozi

Negadir hozir yozmoqchi bo’lgan postimga shunday sarlavha bergim keldi, aslida uchuvchi bo’lmasam ham)

Bu kanalni 2019-yil 6-noyabr kuni ochgan ekanman. Ohirgi postimni esa 2020-yil 9-iyun sanasida qo’ygan ekanman. Oradan 2 yil vaqt o’tibdi. To’g’ri hammaga ham qiziq emas, 2 yil ichida nimalar bilan mashg’ul bo’lganim. Ammo shunda ham aytib o’taman)

Sababi qachondir qayta o’qiganimda 2 yillik tanaffus negaligini unitib qo’ymasligim uchun)

Aslida aytarlik hech narsa yo’q, biroz o’z ustimda ishladim. Polsha universiteti talabasi bo’ldim, Shvetsiya va Polsha davlatlarida bir muddat yashab keldim. Qo’shimcha o’quv kurslarida ta’lim oldim, hozir ham davom etmoqda. Blog yuritishim uchun menda motivatsiyami yoki bilimmi yetishmadi o’sha vaqtlarda. Endi uchuvchi qaytdi desam ham bo’ladi) Buyog’iga birgamiz InshaAlloh, olgan va olayotgan bilimlarni bo’lishib boraman.
111 views13:17
Ochish/sharhlash
2022-02-24 15:08:34 Channel name was changed to «Vibes | Shokhida»
12:08
Ochish/sharhlash
2022-02-24 15:08:01 Channel photo updated
12:08
Ochish/sharhlash
2020-06-09 15:03:45 ​​ 9-iyun - Xalqaro Do‘stlik kuni

Do‘stlik va sadoqat tushunchalari bir-biriga ma'nodosh va bir-biriga chambarchas bog‘liq bo‘lgan so‘zlardir. To‘g‘rirog‘i, sadoqat bu – do‘stlik degani, do‘stlik esa sadoqat demakdir. Bu ne'matni faqat haqiqiy do‘sti bor odamgina to‘laqonli his qila oladi.

Do‘stlik tushunchasining mazmun mohiyati haqida donishmand kishilar, olimu fozillar tomonidan ko‘plab so‘zlar aytilgan bo‘lib, ularning ba'zilarini siz azizlar bilan baham ko‘ramiz. 

- Do‘stlik shunday bir daraxtdirki, urug‘i vafo, shohlari umid, yaproqlari saodatdir. 

- Do‘stlik bir shahardirki, kaliti vafo, aholisi esa vafodorlardir. 

- Do‘stlik usiz inson yashay olmaydigan kuch-quvvat manbaidir. 

- Do‘stlik ikki shaxsning go‘yoki bir shaxs sifatida birlashib ketishi va yagona fikrni o‘zida tashimog‘idir. 

- Do‘stlik u orqali kishi o‘z dardini chiqarib yuborib, yengil nafas oladigan bir tuynukdir. 

- Do‘stlik o‘zga uchun o‘z manfaatlarini qurbon qilish, fidokor bo‘lish hamda xudbinlik illatidan ozod bo‘lishdir.

- Do‘st bilan obod uying gar bo‘lsa u vayrona ham, do‘st qadam qo‘ymas ersa vayronadur koshona ham.

- "Yomg‘ir”dan soyabon bo‘lmagan do‘st do‘st emas


Donishmandlardan biri aytadi: "mening ko‘zlarim uchun do‘stlarim manzarasidan-da mahbubroq narsa yo‘q. Quloqlarim uchun do‘stlarim safardan qaytgani haqidagi xushxabardan - da yaxshiroq rohat beradigan musiqa yo‘q". 

P.S: Do‘stlarsiz uylar huvillab qoladi, ha xuddi mening uyimdek(( . Ammo qalblar hali ham butun do‘stlar muhabbati ila

Shu fursatdan foydalanib do‘stlarimni bugungi kunimiz bilan tabriklamoqchiman, Sizlarni menga bergan Allohga hamd-u sanolar bo‘lsin (CREW, Dilyora)
Tushungan tushundi)
Qolganini uyda davom ettiramiz)

Aytgancha, Sizlar ham do‘stlaringizni tabriklash yodingizdan chiqmasin
1.8K viewsedited  12:03
Ochish/sharhlash
2020-06-02 17:00:59 Omadli bo‘lib tug‘ilmaydilar, balki omadga erishadilar!

Siz “omadsiz insonman”, deb ko‘p qayg‘urasizmi? Siz uchun yaxshi yangilik: omadli bo‘lib tug‘ilmaydilar, balki omadga erishadilar! O‘sha omadni qanday qilib topish va boylikka rag‘batlantirish mumkin? Ehtimol, kelishini sabr bilan kutgan ma’quldir... Yaxshiyamki, har kimning o‘z uslubi bor. Bugun sizlar bilan omadga erishganlarning 12 ta fazilati va ustunligini ko‘rib chiqamiz.

1. Omadlilar ichlaridagi “olov”ni yoqa olishadi.

Agar ko‘zlaringiz chaqnamay qo‘ygan bo‘lsa, unda siz baxtli bo‘lolmaysiz. O‘zingizni shu dunyoda toping. Qalbingizning hafsalasi nega pir bo‘lganini. Silkitish yordamida o‘zingizni “komadan chiqaring”, hayotga qayting. Ichingizda butunlay boshqacha odamni chiqaring. Xuddi reklamada aytilganidek, “Yaraqlash vaqti keldi!”.

2. Omadlilar barcha holatda o‘z imkoniyatlarini ko‘rishadi.

Siz avtobusni kutib, bekatda o‘tirgancha vaqtingizni xafa bo‘lishga sarflashingiz mumkin. Yoki kitob o‘qib, chet tilini o‘rganishingiz, musiqa tinglashingiz yoki qiziqarli suhbatdosh topishingiz mumkin. Vaziyatdan samarali foydalanish juda muhim.

3. Omadlilar ko‘proq jilmayuvchi, do‘stona, xush-xandon va ochiq fe’lli bo‘lishadi.

Ularning odamlarga qo‘shilishi oson va bu ularga ko‘p imkoniyat beradi.

4. Omadli odamlar kutishmaydi

Balki o‘z baxtlarini topadilar, ularga loyiq bo‘lib, erishadilar.Ular hatto qayg‘udan ham baxtiyor bo‘la olishadi. Kimdir sizni xursand qilishini kutmang, buni faqat o‘zingiz qila olasiz.

5. Omadlilar muqarrar bo‘ron va ob-havoga qarshi turmaydilar.

Ular qiyin damlarni kamtarlik bilan kutib olishadi va o‘zlariga bog‘liq bo‘lmagan ishlarga energiya sarflamaydilar. Ammo bo‘rondan keyin har doim quyosh paydo bo‘lib, ko‘plab imkoniyatlarni tuhfa etadi.

6. Omadli kishilarning haqiqiy maqsad va orzulari bor.

Ular hatto amalga oshirib bo‘lmaydigan bo‘lishi ham mumkin. Ammo bu ularni cho‘chitmaydi. Orzuning o‘zi ularni xursand qiladi. Maqsadlaringiz uchun kurashing va olg‘a yuring.

7. Omadli odamlar shikoyat qilib, nega hayotda buncha ko‘p qiyinchiliklar borligini so‘rashga vaqt sarflamaydilar.

Ular sinovlardan o‘tib, oldinga yurishadi. Qiyinchiliklar ularni kuchliroq, uddaburon va moslashuvchan qiladi.

8. Omadli odamlar o‘tmishdagi muvaffaqiyatsizliklarga, hasadgo‘y odamlarni qoralash va g‘iybatga e’tibor berishmaydi.

Ular o‘zlarini-o‘zlari ta’minlaydi va hech qachon kimdir oldida o‘zlarini oqlamaydi.

9. Omadlilar tavakkal qilishadi va kerakli paytda imkoniyatdan foydalanishadi.

Siz ham vaziyat va imkoniyatlardan foydalaning. Imkoniyatdan foydalanish kerak bo‘lgan paytni his eting.

10. Omadlilar o‘zlarining baxt donalarini misqollab yig‘adilar.

Ular shoshilmaydilar va yuraklari har bir kichik narsa uchun hayotga minnatdorlik bildirishga tayyor: “Rahmat, rahmat, rahmat”.

11. Omadli odamlar o‘z yaqinlarini yaxshi ko‘rishadi va ularga g‘amxo‘rlik ko‘rsatishdan qo‘rqmaydi.

Yaqinlaringiz bilan muloqot qiling, yangi odamlar bilan tanishing, sizga yoqadigan qizga yuzlanib, sevgingizni tan oling, do‘st va hamfikrlarni qidiring.

12. Omadlilar tabiatda faol bo‘lishadi.

Hech narsa qilmasdan biror narsaga erishib bo‘lmaydi. Baxtga faqat osmondan moʻjiza kutmaydigan faol odamlar erishadi. Baxt va omad insonning shaxsiy xizmatidir. Siz omadga erishish uchun nima qildingiz?

xabardor.uz
1.5K views14:00
Ochish/sharhlash