Get Mystery Box with random crypto!

Uchuvchining parvozi Negadir hozir yozmoqchi bo’lgan postimga | Blog | Shoxida Bektemirova

Uchuvchining parvozi

Negadir hozir yozmoqchi bo’lgan postimga shunday sarlavha bergim keldi, aslida uchuvchi bo’lmasam ham)

Bu kanalni 2019-yil 6-noyabr kuni ochgan ekanman. Ohirgi postimni esa 2020-yil 9-iyun sanasida qo’ygan ekanman. Oradan 2 yil vaqt o’tibdi. To’g’ri hammaga ham qiziq emas, 2 yil ichida nimalar bilan mashg’ul bo’lganim. Ammo shunda ham aytib o’taman)

Sababi qachondir qayta o’qiganimda 2 yillik tanaffus negaligini unitib qo’ymasligim uchun)

Aslida aytarlik hech narsa yo’q, biroz o’z ustimda ishladim. Polsha universiteti talabasi bo’ldim, Shvetsiya va Polsha davlatlarida bir muddat yashab keldim. Qo’shimcha o’quv kurslarida ta’lim oldim, hozir ham davom etmoqda. Blog yuritishim uchun menda motivatsiyami yoki bilimmi yetishmadi o’sha vaqtlarda. Endi uchuvchi qaytdi desam ham bo’ladi) Buyog’iga birgamiz InshaAlloh, olgan va olayotgan bilimlarni bo’lishib boraman.