Get Mystery Box with random crypto!

“Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kirit | BIZNES NARVON 📊

“Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolarga subsidiyalar.

Tadbirkorlik va o‘zini o‘zi band qilish faoliyatini boshlamoqchi bo‘lgan ishsiz, shu jumladan, “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolarga faoliyatini boshlash uchun kerak bo‘lgan asbob-uskuna, mehnat qurollarini xarid qilish uchun — 7 million so‘mgacha, xotin-qizlarga 10 million so‘mgacha;

Tadbirkorlik faoliyatini boshlayotgan ishsiz fuqarolarga tadbirkorlik subyekti sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tgandan so‘ng dastlabki uch oy mobaynida olingan bino va inshootning ijara to‘lovini to‘lash uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravarigacha (bunda uch oy davomida to‘lab beriladigan subsidiya uch oyga teng taqsimlangan holda har bir oy uchun to‘lab beriladi) Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan subsidiyalar ajratiladi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori

Kanalga ulaning: @biznesrejavateo