Get Mystery Box with random crypto!

TIL DAYUSLIGI BIZ NIMAGA BUNAQAMIZ? O‘zbekchada 'YAXSHI BORIB | Behruz's blog

TIL DAYUSLIGI

BIZ NIMAGA BUNAQAMIZ?
O‘zbekchada "YAXSHI BORIB KELDINGIZMI?", "XUSH KELIBSIZ!" bo‘ladi, o‘zbeklarimiz "S PRIYEZDOM!" deyapti.
O‘zbekchada "BARAKALLA!", "YASHANG!", "QOYIL!", "OFARIN!"... bo‘ladi, o‘zbeklarimiz "MALADES!" deyapti.
O‘zbekchada "CHUQUR" bo‘ladi, o‘zbeklarimiz "YAMA" deyapti.
Yana davom ettiraveraymi?
Bunaqa misolni o‘nlab, yuzlab emas, balki o‘nminglab, hatto cheksiz sonda keltirsa bo‘ladi.
Nimaga?
Bu holga qanday tushdik?
Chunki, menimcha, birinchi galda uzoq yil qullikda yashaganimiz bois bizda milliy hamiyat yo‘qoldi. Qizg‘anish tuyg‘usi, or, nomus yo‘qoldi. Yo‘qotildi.
Onasini, opa-singlisini, xotinini, qizini qizg‘anmaslik, ularni har xil tahqirlardan saqlamaslik "dayuslik" deyiladi. Xuddi shuningdek, ey millatimning mard o‘g‘lonlari, tilini qizg‘anmaslik, so‘z boyligini, tozaligini, bokiraligini, go‘zalligini, mustaqilligini, mahramiyatini saqlashga intilmaslik, o‘z holiga tashlab qo‘yish, yot so‘zlar palapartish kirib kelaverishiga bemalol yo‘l qo‘yib berish ham dayuslikning bir turiga kiradi!
Ko‘z o‘ngimizda tilimiz zo‘rlanyapti! Biz esa tomosha qilib o‘tiribmiz!
Bu holimizni "TIL DAYUSLIGI" desa bo‘ladi.
Shu ketishda davom etsak, o‘zbek tili qo‘lma-qo‘l bo‘lib ketadi va juda qisqa zamonda o‘zligimizni yo‘qotishimiz mumkin.
Aziz yurtdoshlarim, do‘stlarim, ukalarim, BIR OZ HAMIYATLI BO‘LING! Gapirayotganingizda va yozayotganingizda ishlatayotgan so‘zlaringizga diqqat qiling! Tilingizni onangiz, opa-singlingiz, xotiningiz, qizingizni qizg‘angandek qizg‘aning! Til dayusi bo‘lib qolmang!
Iltimos...

- Nurulloh Muhammad Raufxon

https://t.me/Behruzsblog