Get Mystery Box with random crypto!

#Bir_kitob_tarixi INSONPARASTLIQ 'Vatanim meni suymas ekan, m | Behruz's blog

#Bir_kitob_tarixi
INSONPARASTLIQ

"Vatanim meni suymas ekan, men uni sevganligimdan, ulusim meni tanimas ekan, men uni taniganligimdan, Vatan ustida bo‘layotgan tarixiy o‘zgarishlarni va ham buning kelajakdagi yaxshi-yomon natijalarini ko‘rsatib, Vatan bolalariga ulgu (namuna) bo‘lg‘udek, boshqalar undan ibrat olg‘udek tarixiy bir asar yozishga kirishdim. Biroq, men yolg‘izgina islomparast emas edim, balki yaralishimdayoq insonparast edim. Xalqqa qaysi yo‘lliq yaxshilik qila olg‘ayman deb, yoshlik-yigitlik davrlarimni g‘am-g‘ussa kunlari bilan o‘tkazdim. Endi soch-soqolim oqarib, qariligim yetdi. Yoshim saksonga erishib, ichki-tashqi kuchlarim orqaga chekindi, qarilik yuki ostida bukula turib, oldimizda ko‘rina boshlagan halokat chuquri yaqinlashyotganiga chidayolmay, kelajak bo‘g‘in nasllarimiz g‘amxo‘rligi uchun, har yoqlama qiyinchiliklar bo‘lsa ham, shu tarixni yozishga boshladim. Qalamim tilidan dardlik so‘zlarim qonlik ko‘z yoshima qo‘shilib, bu kitob varaqlari yuziga to‘kilmish edi. Shuning uchun buning otini «Turkiston qayg‘usi» qo‘ydim..."

Alixonto‘ra Sog‘uniy
https://t.me/Behruzsblog