Get Mystery Box with random crypto!

𝘽𝙀𝘿𝘼𝙍𝘼𝙆 𝙏𝙑

Telegram kanalining logotibi bedaraktv — 𝘽𝙀𝘿𝘼𝙍𝘼𝙆 𝙏𝙑 𝘽
Telegram kanalining logotibi bedaraktv — 𝘽𝙀𝘿𝘼𝙍𝘼𝙆 𝙏𝙑
Kanal manzili: @bedaraktv
Toifalar: Savdo
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 14.16K
Kanalning ta’rifi

🌐Ўзбекистон ва Жаҳондаги муҳим воқеалар, энг тезкор ва махфий хабарлар, қизиқарли видеолар каналига хуш келибсиз.
Админ : @SodiqDavron

Ratings & Reviews

4.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 5

2023-03-13 22:00:25
Samarqandda 48 yoshli ayolga o‘z ukasining jigari ko‘chirib o‘tkazildi

Sog‘liqni saqlash vazirligi xabariga ko‘ra operatsiya 8 soat davom etgan.

@BedarakTv - Энг тезкор янгиликлар ва қизиқарли видеолар каналига обуна бўлинг!
12 views19:00
Ochish/sharhlash
2023-03-13 16:40:19
Qo‘qonda jiyanlarini tilanchilik qilishga majburlagan ayolga nisbatan jinoiy ish ochildi

Joriy yilning 1-mart kuni IIOga kelib tushgan xabarga ko'ra, Qo'qon shahrida yashovchi 29 yoshli ayol 18-fevral kuni shaharning Amir Temur ko'chasida joylashgan tungi klub oldida voyaga yetmagan ikki nafar qarindoshlarini tilanchilik qilishga majbur qilgan.
Qayd etilishicha, aynan shu ayol avval ham xuddi shunday ishi tufayli ma'muriy javobgarlikka tortilib, jarima to'lagan.
“18-fevral kuni diskotekaga tilanchilik qilgani bordik. Biz buyoqda berkinib turdik, bolalar ishlab, sadaqa so'rab yurdi”, – deydi qarindoshlarini tilanchilikka majburlagan ayol.
Ushbu holat yuzasidan ayolga nisbatan Qo'qon shahar IIB Tergov bo'limi tomonidan Jinoyat kodeksining 127 prim 1-moddasi 2-qismi (Voyaga yetmagan shaxslarni tilanchilik qilishga jalb etish) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

@BedarakTv
21 views13:40
Ochish/sharhlash
2023-03-13 14:20:55 ДХХ: Тошкент, Жиззах ва Андижон вилоятларида ер сотиш билан боғлиқ ноқонуний ҳолатлар аниқланди

Тошкент вилоятининг Оҳангарон туманидаги чорвачиликка ихтисослашган МЧЖ раҳбари ҳамда унинг отаси, шунингдек, Қибрай туманидаги маҳаллалардан бирининг раиси ўзаро келишган ҳолда Оҳангарон туманида жойлашган мазкур МЧЖга тегишли 270 гектар ва унга туташ бўлган туман ҳокимлиги захирасидаги 150 гектар, жами 420 гектар ер майдонини юқори лавозимда ишловчи танишлари орқали харидор номига расмийлаштириб бериш эвазига 700 минг АҚШ доллари талаб қилади.

Давлат хавфсизлик хизматининг Тошкент шаҳар бўйича бошқармаси ходимлари томонидан Иқтисодий жиноятларга қарши курашиш Департаментининг Тошкент вилояти бошқармаси ходимлари билан ҳамкорликда ўтказилган тезкор тадбирда мазкур 3 нафар фуқаро сўралган пулдан 100 минг АҚШ долларини олдиндан олган вақтида ушланди.

Жиззах вилоятининг Фориш туманидаги қишлоқ хўжалиги маҳсулотлари етиштиришга ихтисослашган МЧЖ раҳбари мазкур туманда жойлашган бошқа 2 та МЧЖга қарашли 50 гектар ер майдонини гўёки ўзига тегишли эканлигини айтиб, харидорга 60 минг АҚШ долларига сотишни режалаштиради.

Шунингдек, ушбу 50 гектар ердан 30 сотихини вилоят қишлоқ хўжалиги бошқармаси мутахассиси ёрдамида нотурар жой сифатида расмийлаштириб бериш эвазига қўшимча 4 минг АҚШ доллари сўрайди.

ДХХ Жиззах вилояти бўйича бошқармаси ва Бош прокуратура ҳузуридаги Департаментнинг ҳудудий бошқармаси ходимлари томонидан ўтказилган тезкор тадбирда МЧЖ раҳбари ҳамда вилоят қишлоқ хўжалиги бошқармаси мутахассиси харидордан 64 минг АҚШ доллари олган вақтида ушланди.

Андижон вилоятида қайд этилган ҳолатда Олтинкўл туманида яшовчи 1991 йилда туғилган фуқаро туман ҳокимлиги захирасида бўлган 144 квадрат метр бўш ер майдонини алдов йўли билан гўёки ўзига тегишли эканлигини айтиб, кадастр тизимида ишловчи танишлари орқали харидор номига расмийлаштириб бериш эвазига 38 минг АҚШ доллари олган вақтида Давлат хавфсизлик хизмати ва Иқтисодий жиноятларга қарши курашиш департаменти ходимлари томонидан ушланди.

Ҳозирда мазкур шахсларга нисбатан Жиноят кодексининг тегишли моддалари билан жиноят ишлари қўзғатилиб, тергов ҳаракатлари олиб борилмоқда.

@BedarakTv
24 views11:20
Ochish/sharhlash
2023-03-13 14:17:45
ДХХ Тошкент, Жиззах ва Андижон вилоятларида ер майдонларини ноқонуний тарзда катта миқдордаги маблағга сотаётганларни қўлга олди

@BedarakTv - Энг тезкор янгиликлар ва қизиқарли видеолар каналига обуна бўлинг!
16 views11:17
Ochish/sharhlash
2023-03-13 14:15:03 Surxondaryoga oilaviy tadbirkorlik dasturlari uchun berilgan 1,1 trillion so‘mga qo‘shimcha 200 milliard so‘m ajratiladi.
Prezident viloyatda aholi bandligini ta’minlash va daromadini oshirish masalasiga to‘xtaldi. Davlat rahbari viloyatda 102 ming rasmiy ishsiz bor ekanligini aytdi.
“Ishsizlar Sariosiyo (8,2 ming nafar), Sho‘rchi (8 ming), Oltinsoy (7,2 ming) va Muzrabotda (5,3 ming) yuqori. Sariosiyoda 8 ta, Jarqo‘rg‘on va Qumqo‘rg‘onda 7 tadan, Denovda 6 ta, Oltinsoy va Sho‘rchida 4 tadan, jami 43 ta mahallada tadbirkorlik sust.
Shuningdek, Boysun, Muzrabot, Uzun, Sherobod va Sho‘rchi 4-toifaga, Bandixon, Qiziriq va Oltinsoy 5-toifaga kiradi. Bu tuman va mahallalarda bandlikni ta’minlash va aholi sharoitini yaxshilash bo‘yicha yetarli imkoniyat va imtiyozlarni qilib berdik”, – dedi Shavkat Mirziyoyev.
Prezident bu borada mutasaddilarga qator topshiriqlar berdi.
Viloyatda 1-iyulgacha oilaviy tadbirkorlik dasturlari uchun berilgan 1,1 trillion so‘mga qo‘shimcha 200 milliard so‘m ajratiladi. Jarqo‘rg‘ondagi Biznes va yengil sanoat hamda Uzundagi Qishloq xo‘jaligi texnikumlari bo‘sh binolarida 1 ming o‘quvchi o‘rniga ega monomarkazlar tashkil qilinadi.
Bir hafta muddatda tadbirkorlik sust 43 ta mahallada mikro-markazlar tashkil qilinib, u yerdagi loyihalarga yana 80 milliard so‘m imtiyozli kredit yo‘naltiriladi. 1 iyulga qadar 118 ta og‘ir mahallada kasanachilik loyihalari boshlanib, 10 ming aholi band qilinadi.
2023-yilda mehnat bozoriga kirib keladigan 50 ming surxondaryolik yoshlarning 14 ming nafariga 350 milliard so‘m kredit beriladi, 16 ming nafariga dehqonchilik uchun yer ajratiladi va 10 ming nafari bo‘sh ish o‘rinlariga joylashtiriladi.
Yordamga muhtoj 18 mingdan ziyod ayollar kasbga o‘qitilib, mehnat qurollari uchun 15 milliard so‘m, subsidiya ajratish orqali 3 ming nafar xotin-qizlar band qilinadi. Tadbirkor bo‘lish istagidagi 10 ming nafar ayollarga 200 milliard so‘m kredit ajratiladi, 5 ming nafari uy sharoitida kasanachilikka jalb qilinadi.
Shuningdek, 2023-yilda mahallalarga oilaviy tadbirkorlikni olib kirish orqali 31 ming aholi, kasanachilikda salohiyati bor 212 ta mahallada yangi tizim orqali mehnat qurollari va joy masalasini hal qilib, 31 ming aholi, yangi tadbirkorlik subyektlarini tashkil qilish orqali 4 ming aholi, 20 ming aholi esa, yangi kasblarga o‘qitib, o‘zini-o‘zi band qilish orqali bandligi ta’minlanadi.

@BedarakTv - Энг тезкор янгиликлар ва қизиқарли видеолар каналига обуна бўлинг!
17 views11:15
Ochish/sharhlash
2023-03-13 14:07:59
Prezident ayni vaqtda Surxondaryoda qancha rasmiy ishsiz borligini aytdi

Shavkat Mirziyoyev Surxondaryodagi sharoitni yaxshilash uchun mutasaddilarga qanday topshiriqlar berdi?

@BedarakTv - Энг тезкор янгиликлар ва қизиқарли видеолар каналига обуна бўлинг!
16 views11:07
Ochish/sharhlash
2023-03-13 13:20:05
O‘qituvchilar qachon 1000 dollar oylik oladi?

"Kelamiz shu kunlarga, lekin muallimlar ham o‘z ustida ko‘proq ishlashlari kerak", – deydi Shavkat Mirziyoyev.

@BedarakTv - Энг тезкор янгиликлар ва қизиқарли видеолар каналига обуна бўлинг!
18 views10:20
Ochish/sharhlash
2023-03-13 12:32:26
“Real Madrid” Mbappeni sotib olish fikridan voz kechmoqchi

“Real” rahbariyati PSJ hujumchisi Kilian Mbappening kelajagi borasidagi noaniqlikdan toʻygan, deb xabar beradi Marca.
Manbaga koʻra, madridliklar Mbappening ehtimoliy transferi bilan bogʻliq vaziyatdan allaqachon charchagan, klub endi Kilianning soʻzlariga ishonmaydi.
“Real Madrid” bu yozda fransiyalik futbolchi PSJni tark etishga qaror qilsa, unga daʼvogarlik qilishni rejalashtirmayapti.
Shu bilan birga, “Qirollik klubi” PSJ hech qachon Mbappega boʻlgan talablarini kamaytirmasligini tushunadi. Shu bois “qaymoqranglilar” yozda Parij klubi bilan futbolchi sotib olish borasida muzokara olib borishni istamayapti.
Maʼlumot oʻrnida, Mbappe Fransiya chempionatining joriy mavsumida 23 ta oʻyinda maydonga tushib, 19 ta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.


@BedarakTv - Энг тезкор янгиликлар ва қизиқарли видеолар каналига обуна бўлинг!
3 views09:32
Ochish/sharhlash
2023-03-13 11:56:34
Рўзага 9 кун қолди!
6 views08:56
Ochish/sharhlash
2023-03-13 11:13:26
Moskvada bir qizni ta’qib qilib, uni o‘ldirgan o‘zbekistonlikka hukm o‘qildi

Rossiya Federatsiyasida uchrashuvni rad etgan qizni o‘ldirgan migrant Moskvaning Zyuzinskiy sudi tomonidan 13 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
Qayd etilishicha, 2022-yilning 18-noyabr kuni ertalab Moskvadagi Sevastopolskiy prospektida ko‘kragida pichoq bilan jarohatlangan 29 yoshli qizning murdasi topilgan. Qotillikda gumon qilingan Shohruhbek Karimov Tambov viloyatida qo‘lga olingan.
Xabarlarga ko‘ra u jabrlanuvchini uchrashuvga taklif qilib, rad javobini olgan, ammo taklif rad etilgach, Karimov qizni yig‘ma pichoq bilan o‘ldirgan.
“Karimov 13 yilni qattiq rejimdagi koloniyada o‘tashga hukm qilindi”, – deyiladi xabarda.
“RIA Novosti”ga ko‘ra oziq-ovqat do‘konida ishlagan qiz qotillikdan avval politsiyaga o‘zbekistonlik migrant tomonidan ta’qibga uchragani haqida ham ma’lum qilgan.

@BedarakTv - Энг тезкор янгиликлар ва қизиқарли видеолар каналига обуна бўлинг!
9 views08:13
Ochish/sharhlash