Get Mystery Box with random crypto!

Qo‘qonda jiyanlarini tilanchilik qilishga majburlagan ayolga n | 𝘽𝙀𝘿𝘼𝙍𝘼𝙆 𝙏𝙑

Qo‘qonda jiyanlarini tilanchilik qilishga majburlagan ayolga nisbatan jinoiy ish ochildi

Joriy yilning 1-mart kuni IIOga kelib tushgan xabarga ko'ra, Qo'qon shahrida yashovchi 29 yoshli ayol 18-fevral kuni shaharning Amir Temur ko'chasida joylashgan tungi klub oldida voyaga yetmagan ikki nafar qarindoshlarini tilanchilik qilishga majbur qilgan.
Qayd etilishicha, aynan shu ayol avval ham xuddi shunday ishi tufayli ma'muriy javobgarlikka tortilib, jarima to'lagan.
“18-fevral kuni diskotekaga tilanchilik qilgani bordik. Biz buyoqda berkinib turdik, bolalar ishlab, sadaqa so'rab yurdi”, – deydi qarindoshlarini tilanchilikka majburlagan ayol.
Ushbu holat yuzasidan ayolga nisbatan Qo'qon shahar IIB Tergov bo'limi tomonidan Jinoyat kodeksining 127 prim 1-moddasi 2-qismi (Voyaga yetmagan shaxslarni tilanchilik qilishga jalb etish) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

@BedarakTv