Get Mystery Box with random crypto!

“Real Madrid” Mbappeni sotib olish fikridan voz kechmoqchi “R | 𝘽𝙀𝘿𝘼𝙍𝘼𝙆 𝙏𝙑

“Real Madrid” Mbappeni sotib olish fikridan voz kechmoqchi

“Real” rahbariyati PSJ hujumchisi Kilian Mbappening kelajagi borasidagi noaniqlikdan toʻygan, deb xabar beradi Marca.
Manbaga koʻra, madridliklar Mbappening ehtimoliy transferi bilan bogʻliq vaziyatdan allaqachon charchagan, klub endi Kilianning soʻzlariga ishonmaydi.
“Real Madrid” bu yozda fransiyalik futbolchi PSJni tark etishga qaror qilsa, unga daʼvogarlik qilishni rejalashtirmayapti.
Shu bilan birga, “Qirollik klubi” PSJ hech qachon Mbappega boʻlgan talablarini kamaytirmasligini tushunadi. Shu bois “qaymoqranglilar” yozda Parij klubi bilan futbolchi sotib olish borasida muzokara olib borishni istamayapti.
Maʼlumot oʻrnida, Mbappe Fransiya chempionatining joriy mavsumida 23 ta oʻyinda maydonga tushib, 19 ta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.


@BedarakTv - Энг тезкор янгиликлар ва қизиқарли видеолар каналига обуна бўлинг!