Get Mystery Box with random crypto!

𝘽𝙀𝘿𝘼𝙍𝘼𝙆 𝙏𝙑

Telegram kanalining logotibi bedaraktv — 𝘽𝙀𝘿𝘼𝙍𝘼𝙆 𝙏𝙑 𝘽
Telegram kanalining logotibi bedaraktv — 𝘽𝙀𝘿𝘼𝙍𝘼𝙆 𝙏𝙑
Kanal manzili: @bedaraktv
Toifalar: Savdo
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 14.16K
Kanalning ta’rifi

🌐Ўзбекистон ва Жаҳондаги муҳим воқеалар, энг тезкор ва махфий хабарлар, қизиқарли видеолар каналига хуш келибсиз.
Админ : @SodiqDavron

Ratings & Reviews

4.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 3

2023-03-14 22:11:55
O‘zbekiston mashhur ansambli Dubayda chiqish qiladi

Ushbu ansambl Mukarrama Turg‘unboyeva tomonidan 1957-yilda tashkil etilgan.

@BedarakTv - Энг тезкор янгиликлар ва қизиқарли видеолар каналига обуна бўлинг!
9 views19:11
Ochish/sharhlash
2023-03-14 21:03:19 “Mittivine” taxallusi bilan faoliyat yuritgan bloger Farhod Mannopovning o‘limidan oldin operatsiya qilgan “Star Med Center” bugun, 14-martdan e’tiboran faoliyatini 10 kunga to‘xtatdi. Mazkur tibbiyot muassasasida bir qator litsenziya talab va shartlariga nomuvofiqliklar aniqlangan. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.
"Sog‘liqni saqlash vazirligi vakolatli organ sifatida tibbiy faoliyat uchun litsenziya berish jarayonini tashkil etishda “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 4-moddasida belgilangan prinsiplarga, xususan, fuqarolar hayoti va sog‘lig‘ini saqlashning, jamoat xavfsizligi va atrof-muhitni muhofaza qilishning ustuvorligiga amal qilgan holda litsenziatlar tomonidan litsenziya talablariga to‘liq muvofiqlik ta’minlanishini nazorat qiladi.
Shundan kelib chiqqan holda ayni paytda vazirlik tegishli organlar bilan birgalikda fuqaro Farhod Mannopov vafoti yuzasidan poytaxtimizdagi “Star Med Center” klinikasida o‘rganish ishlarini olib bormoqda. Dastlabki tekshiruv ma’lumotlariga ko‘ra, mazkur tibbiyot muassasasida bir qator litsenziya talab va shartlariga nomuvofiqliklar aniqlangan.
Shu bois Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-son qarori bilan tasdiqlangan “Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi to‘g‘risida yagona nizom”ning 40-bandiga asoslanib, vazirlikning joriy yil 11-martdagi 33-06795-sonli qarori bilan “OMAD PLYUS” MCHJga 2021-yil 16-fevralda tibbiy faoliyat uchun berilgan 27390032-sonli litsenziya talablari va shartlari buzilganligi hamda kelgusida salbiy oqibatlar kelib chiqishining oldini olish maqsadida vaqtincha to‘xtatilgan.
Bu haqdagi ma’lumot esa vazirlikning 33-06793-sonli xati bilan shu yil 11-mart kuni mazkur klinikaning elektron shaxsiy kabineti va telefon raqamiga SMS orqali yuborilgan. Qolaversa, 13-mart kuni tegishli hujjatlar qog‘oz shaklida takroran klinikaning pochta va faoliyat manziliga jo‘natilgan”, deyiladi SSV xabarida.
Qayd etilishicha, Adliya vazirligining mazkur reyestrida ham ushbu tashkilotning litsenziyasi to‘xtatilganligini ko‘rish mumkin.
Sog‘liqni saqlash vazirligining tegishli qarori bilan “OMAD PLYUS” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga tegishli ushbu xususiy tibbiyot muassasasi bugun, 14-mart kunidan boshlab, 10 kun muddatga o‘z faoliyatini to‘xtatganini vazirlikka ma’lum qilgan.
12 viewsedited  18:03
Ochish/sharhlash
2023-03-14 21:03:09
SSV Farhod Mannopovning o‘ligi chiqqan “Star Med Center” faoliyatini 10 kunga to‘xtatdi

Mazkur tibbiyot muassasasida bir qator litsenziya talab va shartlariga nomuvofiqliklar aniqlangan.

@BedarakTv - Энг тезкор янгиликлар ва қизиқарли видеолар каналига обуна бўлинг!
11 views18:03
Ochish/sharhlash
2023-03-14 20:35:03
2005 йилда туғилган вояга етмаган шахс бир нечта ўғирлик жиноятлари содир этгани аниқланди .

@BedarakTv - Энг тезкор янгиликлар ва қизиқарли видеолар каналига обуна бўлинг!
13 views17:35
Ochish/sharhlash
2023-03-14 16:43:17
“Choʻntagini oʻylaydigan “ota-onalar” juda koʻp...” – Mehribonlik uyi tarbiyachisi bilan suhbat

Bizning bugungi suhbatdoshimiz Xursanoy Xolova Toshkent shahridagi 22-sonli mehribonlik uyida 20 yildan beri faoliyat yuritib keladi. Ular bu yerda hayot kechirayotgan bolalarning ruhiyati, orzu-umidlari haqida yaxshi biladilar...

@BedarakTv - Энг тезкор янгиликлар ва қизиқарли видеолар каналига обуна бўлинг!
17 views13:43
Ochish/sharhlash
2023-03-14 12:48:56
Prezident Surxon yoʻllarida avtomobil haydadi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Boysun-Denov yoʻnalishidagi yoʻllar sifatini tekshirish maqsadida shu yoʻlda avtomobil haydab koʻrishga qaror qildi.

Davlat rahbari “Malibu” rusumidagi avtomobilni haydashdan avval xavfsizlik kamarini taqishni unutmadi va uning boshqaruvidagi mashina yoʻlda keta turib chuqurga ham tushdi.

@BedarakTv - Энг тезкор янгиликлар ва қизиқарли видеолар каналига обуна бўлинг!
16 views09:48
Ochish/sharhlash
2023-03-14 09:44:11
Smart kids study tab bolalar plansheti

• 7 dyumli displey
• 2000 mA/soatli batareya
• 1 GB tezkor xotira
• 8 GB doimiy xotira,  va 4 yadroli protsessorga ega bo'lgan ushbu maxsulotimiz endi qulay va arzon bo'lgan narxlarda.
Smart kids study tab planshetlari ajoyib qurilma bo'lib, planshet yorqin va rang barang piktogrammali menyuga ega  va qurilma bolalar etiborini yuqori darajada jalb qila oladi. Shu jumladan maxsulotda bolalar uchun oson va qulay boshqarish tizimini mavjud

Ushbu bolalar planshetini wi fi qurilmasiga ulash imkoniyati mavjud bo'lib internet orqali farzandizgiz uchun kerakli qiziqarli va aqliy faoliyatini yaxshi rivojlantirish uchun kerak bo'ladigan dasturlarni o'rnatib berishingiz mumkun.

Narxi : 577.000 sum

O'zbekiston bo‘ylab yetkazib  berish xizmati bepul
19 viewsedited  06:44
Ochish/sharhlash
2023-03-14 09:36:49 AQShning Nyu-York shahrida 2017-yil 31-oktyabr kuni terakt amalga oshirib, 8 nafar kishini oʻldirgan oʻzbekistonlik Sayfullo Soipov 13-mart kuni AQSh federal sudi tomonidan umrbod ozodlikdan mahrum qilindi. Bu haqda AQSh Adliya departamenti ma’lum qildi.
Soipov Sayfulla Xabibulayevich Toshkent moliya institutini tamomlab Toshkentdagi mehmonxonalardan birida hisobchi lavozimida ishlagan.
AQShga ketguniga qadar jinoiy javobgarlikka tortilmagan va huquqni muhofaza qilish organlari eʼtiboriga tushmagan.
2010-yilda Soipov grin-karta lotoreyasini yutib oladi va shu yilning oʻzida AQShga ketadi. Soʻnggi bir necha yil davomida u oʻsha yerda vaqtincha yashab kelayotgan Oʻzbekiston fuqarosi boʻlgan ayol bilan sharʼiy nikohda boʻlgan.
Oʻtgan vaqt ichida Soipov biror marta Oʻzbekistonga kelmagan va Toshkentda yashayotgan ota-onasi bilan uchrashmagan.
“Sayfullo Soyipov sakkiz odamning qotili va yana koʻplab oilalarni cheksiz uqubatda qoldirgan shaxs. Bu dahshatli terror hujumi.
U ISHIDga sodiq ekani va aynan mana shu terrorchilik guruhiga kirish uchun bu ishlarni amalga oshirganini hujum paytida ham va butun sud davomida aytib turdi”, — dedi Federal prokuror Demiyen Uilyams.
Soyipov hujumni ijaraga olingan yuk mashinasida qilgan. U Nyu-York markazidagi koʻchada yoppasiga 20 kishini bosib ketgan. Jarohatlanganlar orasida tana aʼzolaridan ayrilgan, ruhan va jismonan nogiron boʻlib qolganlar, xususan, 14 yoshli oʻsmir ham boʻlgan.

@BedarakTv - Энг тезкор янгиликлар ва қизиқарли видеолар каналига обуна бўлинг!
18 views06:36
Ochish/sharhlash
2023-03-14 09:36:07
AQShda terakt amalga oshirgan oʻzbekistonlik erkak umrbodga qamaldi

U Nyu-York markazidagi koʻchada yoppasiga 20 kishini bosib ketgan.

@BedarakTv - Энг тезкор янгиликлар ва қизиқарли видеолар каналига обуна бўлинг!
18 views06:36
Ochish/sharhlash
2023-03-14 09:28:38
“Oʻzbekneftgaz” “zapravka”larida AI-92 benzini narxi tushdi

AJ Navroʻz bayrami munosabati bilan bahorgi chegirma eʼlon qilgan.

@BedarakTv - Энг тезкор янгиликлар ва қизиқарли видеолар каналига обуна бўлинг!
18 views06:28
Ochish/sharhlash