Get Mystery Box with random crypto!

Sardor Bazarbaev

Telegram kanalining logotibi bazarbaevs — Sardor Bazarbaev S
Telegram kanalining logotibi bazarbaevs — Sardor Bazarbaev
Kanal manzili: @bazarbaevs
Toifalar: Taʼlim , Faktlar
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 9.33K
Kanalning ta’rifi

Hamkorlik masalalari uchun: uzedu.bazarbaev@gmail.com
Prezidentning fan olimpiadalarini rivojlantirish bo‘yicha vakili: 👉 t.me/bazarbaevs/4451

Ratings & Reviews

3.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

2

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 3

2021-02-01 07:34:49
Oʻzbekiston 24 telekanalining Tahlilnoma koʻrsatuvida yoshlar masalalari boʻyicha video-selektorda Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan “Oʻzbekiston uchun 100 gʻoya” va bu boʻyicha oʻz jamoamizning yangi gʻoyasi haqida gapirib oʻtdim.
3.0K viewsedited  04:34
Ochish/sharhlash
2021-01-31 20:28:22
Xush habar! Olimpiadalar bo'yicha juda tajribali matematik, professor Nosir Nabiyevich G'aniho'jaev uzoq yillar Malaysiyada ishlab, O'zbekistonga qaytib keldilar va 2021 yil uchun terma jamoa rahbari bo'lishga rozi bo'ldilar. Ular O'zbekistonni Xalqaro Matematika Olimpiadasida ishtirokini boshlab berganlar va "Shaharlar Turniri" ("Турнир городов") olimpiadasini Toshkent shahrida o'tkazardilar. Men 8 sinfdaligimda shu olimpiadada ularni birinchi marta uchratganimni eslayman. Afsuski shu kishi chet elga ketganlaridan keyin, fikrimcha matematik olimpiadalar ancha vaqt salbiy tomonga o'zgardi va "Турнир городов" O'zbekistonda o'tkazilishi to'xtatildi. Nasib bo'lsa endi Xalqaro Olimpiadada ularning tajribasidan foydalanib, termamizdan va olimpiadalarni sifatidan yahshilanishni kutamiz.
3.1K views17:28
Ochish/sharhlash
2021-01-31 19:25:40 #quronningmatematikmojizalari

Quronda Nuh (AS) va 43&28 soni

Ma'lumki muqaddas kitobimiz Quronda Nuh surasi 71- sura hisoblanadi. Bu surada 28 ta oyat bor! 71-28=43

28
soni Quronda Nuh (AS) zikr qilingan suralar soniga teng;

Quronda Nuh (AS) ismi aynan
43 marta zikr qilingan;

Nuh surasidan so`ng Quron oxirigacha Nuh (AS) ismi zikr qilinmagan yani 71-suradan keyin 114-71=
43 ta surada zikr qilinmagan;

Nuh surasidan oldin aynan
43 ta surada Nuh (AS) ismi zikr qilinmagan;

Quronda Nuh (AS) ismi Nuhning xalqi, Nuhning ayoli, ko`rinishida ham kelgan, aynan Nuh (AS) o`ziga atalganlar soni esa
28 ga teng;

Nuh (AS) zikr qilingan suralar tartib o`rinlari yig`indisi 838 ga teng. Quronning 838-oyatidagi harflar soni
43 ga teng;

71x28=1988 ga teng, Quronning 1988-oyatidagi harflar soni
43 ga teng;

Nuh (AS) zikr qilingan oyatlar tartib o`rinlari yig`indisi 19
43 ga teng; (19 sonining Quron matematikasidagi rolini ko`pchiligingiz bilsangiz kerak)

....umuman olganda bu ro`yxatni ancha davom ettirish mumkin. Bu shunchaki tasodif bo`lishi mumkin emas. Ishonmasangiz o`zingiz tekshirib ko`ring!

Subhanallah!

@karimraximov
3.5K views16:25
Ochish/sharhlash
2021-01-31 18:23:47 Xabaringiz bor bugun oʻquv markazimizda 1-11 sinf oʻquvchilari va abituriyentlar uchun bepul oflayn olimpiada oʻtkazildi.

Ushbu faylda barcha natijalar keltirilgan.

Yana bir bor barcha gʻoliblar va ishtirokchilarni tabriklaymiz!

Cheksiz hurmat bilan KHISO olimpiada maktabi jamoasi!
3.4K views15:23
Ochish/sharhlash
2021-01-29 22:25:26 Shogirdim Jahongir Norboyev haqida Prezident matbuot xizmati tomonidan ajoyib rolik tayyorlandi.

Megabaytga achinmasdan koʻrsa arziydi.
13.1K views19:25
Ochish/sharhlash
2021-01-21 11:17:08 Qiziq fakt:

Bugun XXI (21) asrning 21-yilining 21-kuni!

@bazarbaevs
11.7K views08:17
Ochish/sharhlash
2021-01-14 06:35:37
#Хушхабар

Ўзбекистонлик ўқувчилар Халқаро Жаутиков олимпиадасида 14та медални қўлга киритди

Жорий йилнинг 8-12 январь кунлари Қозоғистон Республикасининг Олма-ота шаҳрида масофавий тарзда математика, физика ҳамда информатика ва ахборот технологиялари фанларидан 17-Халқаро Жаутиков олимпиадаси ташкил этилди.

Унда 14 нафар ўзбекистонлик ўқувчи муносиб иштирок этиб, 1 та олтин, 2 та кумуш ҳамда 11 та бронза медални қўлга киритди.

БАТАФСИЛ: https://bit.ly/3nG4SsT


Халқ таълими вазирлигининг расмий саҳифаларига уланиш
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
9.3K views03:35
Ochish/sharhlash
2021-01-11 06:49:30 AKFA Universiteti matematika, kimyo, biologiya va ingliz tili boʻyicha olimpiada oʻtkazadi!

AKFA Universiteti 11-sinf oʻquvchilari va akademik litseylarning oxirgi bosqich oʻquvchilari oʻrtasida matematika, kimyo, biologiya va ingliz tili boʻyicha olimpiada oʻtkazadi.

Oʻzbekistonda 2021-yil “Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”, — deb eʼlon qilindi. Joriy yilda mamlakatda taʼlim va fanni rivojlantirish boʻyicha islohotlarni amalga oshirish, shuningdek, yoshlarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha chora-tadbirlar amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
AKFA universiteti olimpiadani tashkil etish orqali yoshlarni matematika, kimyo, biologiya va ingliz tili kabi fanlarni oʻrganishga jalb qilib, taʼlim va fan rivojiga hissa qoʻshishga qaror qildi.

Olimpiada iqtidorli yoshlarni aniqlash va ularning fanga boʻlgan qiziqishini oshirish maqsadida oʻtkaziladi. Olimpiadada kelajakda AKFA Universitetida oʻqishni istagan maktablarning 11-sinf oʻquvchilari va akademik litseylarning 3-bosqich oʻquvchilari ishtirok etishlari mumkin.
Matematika, kimyo, biologiya va ingliz tili boʻyicha olimpiada uch bosqichda oʻtkaziladi. Birinchi bosqichda qiziquvchi yoshlar quyidagi havola orqali 2021-yil 5-fevralgacha roʻyxatdan oʻtishlari kerak:

https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSeVPgEFkWy6zwwDuFRRuhpjbakBih9Bu7DQ9NkCfkXXUf5T3w/viewform?usp=sf_link

Ishtirokchilar bitta yoki bir nechta fanlarni tanlashlari mumkin.
2021-yil 10-fevralda boʻlib oʻtadigan ikkinchi bosqichda roʻyxatdan oʻtgan ishtirokchilar onlayn olimpiadada qatnashadilar. Har bir fan boʻyicha test topshiriqlari soni 20 tadan iborat boʻladi. Birinchi bosqich natijalariga koʻra eng yuqori ball toʻplagan 80 nafar yoshlar (har bir fan boʻyicha 20 nafardan) uchinchi bosqichda qatnashish imkoniyatiga ega boʻladi.
Olimpiadaning yakuniy bosqichi 26-fevral kuni Toshkent shahrida boʻlib oʻtadi. Yakuniy bosqich ishtirokchilari matematika, kimyo va biologiya boʻyicha 10 ta masalani yechishadi. Ingliz tilidan sinovlar insho va test savollaridan iborat boʻladi.

Har bir fan boʻyicha 10 nafar gʻolib aniqlanadi, ular quyidagi sovrinlarga ega boʻlishadi:

1-2 oʻrinlar — 25 million soʻm
3-4 oʻrinlar — 20 million soʻm
5-6 oʻrinlar — 15 million soʻm
7-8 oʻrinlar — 10 million soʻm
9-10-oʻrinlar — 5 million soʻm.

Sovrin egalari ushbu mablagʻlardan faqat AKFA Universitetida oʻqish uchun toʻlovlarni toʻlash uchun foydalanishi mumkin. Agar ishtirokchi bir nechta fanlar boʻyicha sovrindorga aylansa, mukofotlar jamlanadi, bu esa AKFA Universitetida bepul oʻqish imkoniyatini beradi.
Masalan, agar ishtirokchi har bir fan boʻyicha birinchi yoki ikkinchi oʻrin egasiga aylangan boʻlsa, u 100 million soʻm oladi. Hozirgi kunda Tibbiyot fakultetida taʼlim qiymati 58 million soʻmni tashkil etayotganini hisobga olsak, gʻolib deyarli toʻrt semestr davomida bepul oʻqishi mumkin.
Eʼtibor bering, hozirda AKFA Universitetida tibbiyot, farmatsevtika va stomatologiya, hamshiralik ishi, buxgalteriya va moliya, iqtisod, arxitektura va dizayn, kompyuter muhandisligi, dasturiy taʼminot va ingliz tili fakultetlari mavjud.

Kanalga ulanish
@bazarbaevs
12.9K viewsedited  03:49
Ochish/sharhlash
2021-01-08 12:33:46
7.9K views09:33
Ochish/sharhlash
2021-01-01 19:23:13
Manba HAVAS supermarketlar tarmogʻining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari!
9.4K views16:23
Ochish/sharhlash