Get Mystery Box with random crypto!

Sardor Bazarbaev

Telegram kanalining logotibi bazarbaevs — Sardor Bazarbaev S
Telegram kanalining logotibi bazarbaevs — Sardor Bazarbaev
Kanal manzili: @bazarbaevs
Toifalar: Taʼlim , Faktlar
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 9.33K
Kanalning ta’rifi

Hamkorlik masalalari uchun: uzedu.bazarbaev@gmail.com
Prezidentning fan olimpiadalarini rivojlantirish bo‘yicha vakili: 👉 t.me/bazarbaevs/4451

Ratings & Reviews

3.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

2

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-08-10 13:41:31
Kechagi tarixiy gʻalaba haqida hamma yozdi. Haqiqatdan ham, har kim yozsa arziydigan yutuq.

Yana bir bor vatanimizning mard oʻgʻlonlarining gʻalabasi bilan chin qalbimdan tabriklayman.

Nodirbek Yakubboyev futbolda bizning KHISO jamoamizdan, yaqinda u va Nilufar opasining shaxmat maktabini ochishni reja qilgandik.

Kechagi gʻalabadan ilhomlanib, yangi kitobimiz uchun tuzilayotgan testlardan birini shaxmatga oid qilib, masala qahramonlarini ham oʻzimizning qahramonlarni ismi bilan nomladik!

Siz ham yechib ko‘ring:

Nodirbek
va Javohir shaxmat o‘ynashni boshlashdi. Bir muddatdan keyin Nodirbek 1 fil, qolgani piyodadan iborat bo‘lgan butun toshlarining 25 %ini, Javohir esa 2 fil, 1 ruh va qolgani piyodadan iborat bo‘lgan butun toshlarining 50 % ini yo‘qotdi.

Shunga ko‘ra Nodirbekning qolgan piyodalari soni Javohirning qolgan piyodalari sonidan qanchaga ko‘p?
11.5K viewsedited  10:41
Ochish/sharhlash
2022-08-09 14:19:17
Янгиликлар 24 | Олимпиада ғолиблари тақдирланди
#9aug #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv
2.6K views11:19
Ochish/sharhlash
2022-08-08 08:16:48
#mu627
#summercamp_2022

1-6 avgust kunlari Innovatsiya vazirligi - Мининновации, Innovatsiyalar Milliy ofisi, V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika Instituti, A.Avloniy nomidagi ITI va Khwarizmi International School of Olympiads hamkorligida “Ulugʻbek izdoshlari” olimpiadasining final bosqichi yozgi maktab shaklida tashkil etildi.

“Yozni ilm bilan, innovatsiya bilan oʻtkazing” shiori ostida oʻtkazilgan yozgi maktabga 35 nafar Tojikistonlik oʻquvchilar va 5 nafar oʻqituvchilar ham qatnashganini alohida e’tirof etishimiz kerak.

Olimpiadaning final bosqichi g’oliblarini taqdirlash marosimi 6-avgust kuni INNO texnoparkida bo’lib o’tdi. Taqdirlash marosimida yuqori o’rinlarni egallagan ishtirokchilarga qimmatbaho esdalik sovg’alari va sertifikatlar topshirildi.
3.5K views05:16
Ochish/sharhlash
2022-08-07 13:51:21
Men uchun oʻtgan olimpiadaning haqiqiy qahromi mana shu yigitcha!

Karimjonov Daler 3-sinf boʻlishiga qaramasdan 5-6 sinf oʻquvchilari oʻrtasida kurashdi.

Bobosiga alohida tashakkur izhor etaman. Toʻy hasham, choyxona va hakazo maishiy tashvishlarni emas, (Prezidentimiz tilidan aytganda millatimizning oltin fondi boʻlgan yoshlar) nabirasining ilmini birinchi oʻringa qoʻygan inson ekanlar!

Hech qachon harakatdan toʻxtama Dalerjon!
4.6K viewsedited  10:51
Ochish/sharhlash
2022-08-06 15:33:03
“Ulug’bek izdoshlari olimpiadasi final bosqichi g’oliblari taqdirlandi

Joriy yilning 1-6-avgust kunlari “Ulug’bek izdoshlari olimpiadasi”ning so‘ngi bosqichi yozgi maktab tarzida tashkil etildi. Mazkur yozgi maktabda ishtirokchilarga 5 kun davomida xalqaro olimpiadalar dasturi bo’yicha darslar va texnoturlar tashkil etildi.

“Ulug‘bek izdoshlari” olimpiadasida jami 100 ga yaqin yoshlar, jumladan 40 nafar ishtirokchi Tojikiston Respublikasidan, 60 nafar ishtirokchi O’zbekiston Respublikasidan ishtirok etdilar. Olimpiadaning final bosqichi 5-avgust kuni matematika va fizika fanidan bo’lib o’tdi.

Olimpiadaning final bosqichi g’oliblarini taqdirlash marosimi 6-avgust kuni INNO texnoparkida bo’lib o’tdi. Taqdirlash marosimida yuqori o’rinlarni egallagan ishtirokchilarga qimmatbaho esdalik sovg’alari va sertifikatlar topshirildi.
2.9K views12:33
Ochish/sharhlash
2022-08-06 10:29:46
Sovgʻalar egalarini kutmoqda
2.9K views07:29
Ochish/sharhlash
2022-08-05 21:55:04
Chellenj hali ham davom etmoqda!

#bazarbaev_bilan_10000_qadam

Oldinroq 10.000 qadam yurish orqali kuntesti mobil ilovamiz uchun kundalik 30 ta bepul tanga beradigan chellenj boshlagan edim.

Ushbu chellenj davom etmoqda.

Bugungi natijamni rasmini ulashmoqdaman.

Kimda kim har kuni davomida 10.000 dan ortiqroq qadam bosib oʻtsa Kuntesti mobil ilovasi uchun har kuni 30 ta bepul tanga beriladi. Ham sogʻlom boʻling, ham testlarda bepul qatnashing.

Buning uchun (istalgan dasturdagi) kunlik qadamlar soni 10.000 dan oshgani haqidagi skrinshotni instagram tarmogʻida istoriyangiz mening profilimni belgilagan holda qoʻyishingiz kerak.

Mening profilimni instagramdan bazarbaev_sardor_urinbaevich deb qidirishingiz yoki quyidagi havola orqali topishingiz mumkin:

INSTAGRAM
5.2K viewsedited  18:55
Ochish/sharhlash
2021-02-01 20:37:19
Batasil: https://www.instagram.com/p/CKwgg69nGGo/?igshid=1ktrwge4eb6ha
12.0K viewsedited  17:37
Ochish/sharhlash
2021-02-01 15:47:04 Mendan bir xil payt soʻrashadi, iqtisodiyotni tushunish uchun qaysi kitobni oʻqish kerak deb, shu roʻyxatga kiradigan kitoblardan biri, “Common Sense Economics” Oʻzbek tiliga tarjima qilindi!

Oʻzbekchada kitobni nomi “Mantiqiy Iqtisodiyot — shaxsiy va milliy farovonlikning dolzarb masalalari”. Kitob juda sodda tilda yozilgan. Kitobni yozgan odamlarda maqsad, hech qachon iqtisodiyotni oʻqimagan odamlar uchun ham qiziq boʻlishi kerak edi. Bu narsani ular uddasidan chiqishgan. Kitob birdek, sanʼatkor va muhandisga, tilshunos yoki sportchiga qiziq boʻladi. Hamma oʻzi uchun yangilik oʻrganadi. Yana bir yaxshi tarafi, agar iqtisodchi boʻlsangiz ham, kitobni oʻqishni tavsiya qilar edim, chunki bir xil narsalarni zoʻr tushuntirishgan, qiziq boʻlishi tabiiy.

Xullas kitobni bu havola orqali tekinga yuklab oling. Kitob hozircha faqat elektron shaklda mavjud. Lekin yaqinda chop etish rejasi ham bor ekan.

https://www.econfun.org/uz/downloads/

Bu shunchalar zoʻr kitobki, uni qancha koʻp odam oʻqisa — shunchalik yaxshi. Iltimos bu kitob bilan ulashing. Har bir doʻstingiz yoki yaqiningiz, nima bilan shugʻullanishlaridan qatʼiy nazar, aminmanki kitobni yoqtirishadi. Qancha koʻp odam oʻqisa, shunchalik yaxshi boʻlar edi.

Birinchi bobidan bir parcha o’qib ko’ring, hech bo’lmasa.
3.0K views12:47
Ochish/sharhlash
2021-02-01 09:38:46
KHISO olimpiada maktabiga marhamat!

Muvaffaqiyatga biz bilan birinchi qadam!

Oʻzbekistonning
soʻnggi yilarda xalqaro olimpiadalarda gʻolib boʻlgan oʻgʻlonlari yosh iqtidorlar uchun maxsus dastur asosida olimpiada saboqlarini taklif etmoqda!

Batafsil ma’lumot uchun: https://telegra.ph/KHISO-olimpiada-maktabiga-marhamat-01-24

Murojaat uchun @khisoonline ga yozing yoki +998939290006 (soat 9:00 dan 17:00 ga qadar) raqamiga qoʻngʻiroq qiling.
2.5K views06:38
Ochish/sharhlash