Get Mystery Box with random crypto!

AKFA Universiteti matematika, kimyo, biologiya va ingliz tili | Sardor Bazarbaev

AKFA Universiteti matematika, kimyo, biologiya va ingliz tili boʻyicha olimpiada oʻtkazadi!

AKFA Universiteti 11-sinf oʻquvchilari va akademik litseylarning oxirgi bosqich oʻquvchilari oʻrtasida matematika, kimyo, biologiya va ingliz tili boʻyicha olimpiada oʻtkazadi.

Oʻzbekistonda 2021-yil “Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”, — deb eʼlon qilindi. Joriy yilda mamlakatda taʼlim va fanni rivojlantirish boʻyicha islohotlarni amalga oshirish, shuningdek, yoshlarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha chora-tadbirlar amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
AKFA universiteti olimpiadani tashkil etish orqali yoshlarni matematika, kimyo, biologiya va ingliz tili kabi fanlarni oʻrganishga jalb qilib, taʼlim va fan rivojiga hissa qoʻshishga qaror qildi.

Olimpiada iqtidorli yoshlarni aniqlash va ularning fanga boʻlgan qiziqishini oshirish maqsadida oʻtkaziladi. Olimpiadada kelajakda AKFA Universitetida oʻqishni istagan maktablarning 11-sinf oʻquvchilari va akademik litseylarning 3-bosqich oʻquvchilari ishtirok etishlari mumkin.
Matematika, kimyo, biologiya va ingliz tili boʻyicha olimpiada uch bosqichda oʻtkaziladi. Birinchi bosqichda qiziquvchi yoshlar quyidagi havola orqali 2021-yil 5-fevralgacha roʻyxatdan oʻtishlari kerak:

https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSeVPgEFkWy6zwwDuFRRuhpjbakBih9Bu7DQ9NkCfkXXUf5T3w/viewform?usp=sf_link

Ishtirokchilar bitta yoki bir nechta fanlarni tanlashlari mumkin.
2021-yil 10-fevralda boʻlib oʻtadigan ikkinchi bosqichda roʻyxatdan oʻtgan ishtirokchilar onlayn olimpiadada qatnashadilar. Har bir fan boʻyicha test topshiriqlari soni 20 tadan iborat boʻladi. Birinchi bosqich natijalariga koʻra eng yuqori ball toʻplagan 80 nafar yoshlar (har bir fan boʻyicha 20 nafardan) uchinchi bosqichda qatnashish imkoniyatiga ega boʻladi.
Olimpiadaning yakuniy bosqichi 26-fevral kuni Toshkent shahrida boʻlib oʻtadi. Yakuniy bosqich ishtirokchilari matematika, kimyo va biologiya boʻyicha 10 ta masalani yechishadi. Ingliz tilidan sinovlar insho va test savollaridan iborat boʻladi.

Har bir fan boʻyicha 10 nafar gʻolib aniqlanadi, ular quyidagi sovrinlarga ega boʻlishadi:

1-2 oʻrinlar — 25 million soʻm
3-4 oʻrinlar — 20 million soʻm
5-6 oʻrinlar — 15 million soʻm
7-8 oʻrinlar — 10 million soʻm
9-10-oʻrinlar — 5 million soʻm.

Sovrin egalari ushbu mablagʻlardan faqat AKFA Universitetida oʻqish uchun toʻlovlarni toʻlash uchun foydalanishi mumkin. Agar ishtirokchi bir nechta fanlar boʻyicha sovrindorga aylansa, mukofotlar jamlanadi, bu esa AKFA Universitetida bepul oʻqish imkoniyatini beradi.
Masalan, agar ishtirokchi har bir fan boʻyicha birinchi yoki ikkinchi oʻrin egasiga aylangan boʻlsa, u 100 million soʻm oladi. Hozirgi kunda Tibbiyot fakultetida taʼlim qiymati 58 million soʻmni tashkil etayotganini hisobga olsak, gʻolib deyarli toʻrt semestr davomida bepul oʻqishi mumkin.
Eʼtibor bering, hozirda AKFA Universitetida tibbiyot, farmatsevtika va stomatologiya, hamshiralik ishi, buxgalteriya va moliya, iqtisod, arxitektura va dizayn, kompyuter muhandisligi, dasturiy taʼminot va ingliz tili fakultetlari mavjud.

Kanalga ulanish
@bazarbaevs