Get Mystery Box with random crypto!

Xush habar! Olimpiadalar bo'yicha juda tajribali matematik, pr | Sardor Bazarbaev

Xush habar! Olimpiadalar bo'yicha juda tajribali matematik, professor Nosir Nabiyevich G'aniho'jaev uzoq yillar Malaysiyada ishlab, O'zbekistonga qaytib keldilar va 2021 yil uchun terma jamoa rahbari bo'lishga rozi bo'ldilar. Ular O'zbekistonni Xalqaro Matematika Olimpiadasida ishtirokini boshlab berganlar va "Shaharlar Turniri" ("Турнир городов") olimpiadasini Toshkent shahrida o'tkazardilar. Men 8 sinfdaligimda shu olimpiadada ularni birinchi marta uchratganimni eslayman. Afsuski shu kishi chet elga ketganlaridan keyin, fikrimcha matematik olimpiadalar ancha vaqt salbiy tomonga o'zgardi va "Турнир городов" O'zbekistonda o'tkazilishi to'xtatildi. Nasib bo'lsa endi Xalqaro Olimpiadada ularning tajribasidan foydalanib, termamizdan va olimpiadalarni sifatidan yahshilanishni kutamiz.