Get Mystery Box with random crypto!

Bahrom Irzayev

Telegram kanalining logotibi bahrom_irzayev — Bahrom Irzayev B
Telegram kanalining logotibi bahrom_irzayev — Bahrom Irzayev
Kanal manzili: @bahrom_irzayev
Toifalar: Siyosat
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 1.23K
Kanalning ta’rifi

Tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori Bahrom Irzayevning rasmiy telegram sahifasi.
Kanaldan material ko‘chirilganda manba ko‘rsatilsin.

Ratings & Reviews

1.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2022-12-16 13:05:14
Yaxshi kun, xayrli niyat. Bugün muzeyimizga qardosh Qozog'istonning taniqli tarixchilaridan ustozimiz prof. Hazrat Ali Tursun va prof. Gavharbek Teleuqulovlar, jamoat arbobi Sauliye Xidjikova, o'zbek adabiyotini qozoq kitobxonlariga yetkazuvchi tarjimon Alıma Haydarova opalarimiz tashrif buyurdilar. Mehmonlarni mustaqillik kunlari bilan qutladik niyatlarining ulug'ligidan boshimiz ko'kka yetdi. Ular Samarqand shahrida ulamo Serali Lapin qabriga tosh qo'yishar ekanlar.

@Bahrom_Irzaev
1.1K views10:05
Ochish/sharhlash
2022-12-15 14:40:36 P.S

Aytgancha, 1923 yıl BXR da Davlat tili türk tılı, Turkiston Respublikasida ham Davlat tılı türk tilı deb qonuniylashtirilgan edi. Jadidlarimiz bizning tilni türk tilı TURKIYA tılını usmonli tilı deyishardi.

Bahrom Irzayev

@Bahrom_Irzayev
1.4K views11:40
Ochish/sharhlash
2022-12-15 14:39:03
Azizlar, bugün Xalqaro türk tılı kuni ekan. Barchalaringizni chin dildan qutlayman! Bugün ustozim Pamukkale üniversiteti professori TC Nergis Biray taklifi ortida shu munosabat bilan tashkil etilgan anjumanda ishtirok etdim. Anjuman Sema Eynel xonim, Avraziya yazarlar Birliği rahbari doktor Yakup O'merog'lu, prof. Nergis Biray, Pamukkale üniversiteti rektöri prof. Ahmet Kutluhanlar tabrigi bilan ochildi. Ilmiy qismda prof. Ahmet Buran, dök.,. Berdi Sariyev, prof. Fatih Kirishciog'lu, prof. Kayirbek Kemenger, dök., Mirzat Rahimbek uulü, dök., Elchin Ibrohimlarning ma'ruzalarini tingladik. Avvalo prof. Ahmet Buran jonajon tilimizni jahon tiliga aylantirishning zaruriy omillari Davlat tili, adabiyot tili, bilim tili sifatida mustahkamlanishi shartlari haqida, uning ortida bo'lishi lozim mafkuraviy, iqtisodiy, harbiy va siyosiy qudrat tamoyillaridan so'z ochdi, prof. Fotih Kirishciog'lu qadim Urxun Enasoy bıtıkları misolida ko'hna tariximizdan so'zladi, Elchinbey bugün yagona alifboga naqadar ulug' ehtiyoj borligini isbotladi. Og'am Kayirbek Alash ziyolilari dan, Mirzatbiy bo'lsa Kasım Tinistan qismatidan, Berdi Sariyev shoir Ozodiy ijodidan mujdalar yetkazdi. Men "Fıtrat hayotiming biz ma'lum va noma'lum tomonlari"ni anglatishga harakat qildim. Ne tongki biz türlü mavzularda türlü davlatlardan gapirayotgan edik, ammo bir dardni, bir maslakni istayotgan edik. Qaysiki, yüz yıl avval jadid bobolarimiz dardini va maslagini! Bugün ularning ruhları behad shod bo'lgan kundir. Ismoilbey G'aspirali, Behbudiy, Hasan Zardobiy, To'pchiboshiyev, Ahmad Boytursun, Fıtrat, Cho'lponlar....
Yuqoridagi ma'ruzachilardan sezdimki oramizdan muammo ham buyuklar ham chekinmagan bugün prof. Ahmat Buran ma'ruzasida men büyük mafkurachi Fıtrat dahosini ko'rdim. Aziz ustozlarim barchalaringizni Allohim panohida asrasin, turkni tangrim qo'risin! Yana bir marta Xalqaro türk tili kuni bilan!

Bahrom Irzayev

@Bahrom_Irzayev
1.3K views11:39
Ochish/sharhlash
2022-12-07 19:25:23 “ЁШ БУХОРОЛИКЛАР ТАРИХИ” ТУРКУМИДАН

Муинжон Аминжонов ҳақида суҳбатлашамиз

Мақолани тўлиқ ўқиш

@Bahrom_Irzayev
4.4K viewsedited  16:25
Ochish/sharhlash
2022-12-03 17:25:00 Bugun 3-dekabr — yil yakuniga 28 kun qolmoqda. Yangi yildan O'zbekistonda lotin yozuviga to'liq o'tishimiz kerak. Yangi yil O'zbekistonda ana shu katta islohot bilan boshlanishi kerak.

Har holda Vazirlar Mahkamasining mana bu qarorida shunday belgilangan.

Ammo qaror bilan tuzilgan "Yo'l xaritasi"ga qarasangiz, unda belgilangan qator rejalar, islohotdan avval qilinishi kerak bo'lgan o'nlab ishlar hali bajarilmaganini ko'rasiz.

Bularsiz lotin yozuvini qanday joriy qilishmoqchi, ochig'i, bilmadim. Masalan,

1. Alifbo belgilangani kabi hali takomillashmadi;

2. "O'zbek tilining imlo qoidalari" ishlab chiqilmadi;

3. Normativ huquqiy hujjatlar va ularning loyihalari lex.uz'da lotin yozuvida to'la joylanayotgani yo'q;

4. O‘zbek tili alifbosi va imlo qoidalari asosida transliteratsiyaga mo‘ljallangan axborot dasturiy ta'minotlar uchun yagona talab ishlab chiqilmadi va joriy qilinmadi;

5. Internet tarmog‘idagi O‘zbekiston Respublikasi rasmiy veb-saytlarining lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga to‘liq o‘tkazilishi ta'minlanmadi;

6. Mamlakatimizdagi joy, ko‘cha, atamalar, tashkilotlarning nomlari, peshlavhalar, ommaviy targ‘ibot vositalari, reklama va e'lonlarning to‘liq lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida yozilishi ta'minlanmadi;

7. Markaziy, mahalliy bosma va elektron ommaviy axborot vositalari, internet saytlari, nashriyotlar, matbaa korxonalari faoliyati to‘liq lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga o‘tkazilmadi;

8. Vazirlik va idoralarning o'zi hali lotin yozuvida to'la ishlayotgani yo'q.

...

Bular qarorga bir qarashda ko'rganlarim, hali ijro etilmagan boshqa rejalar qancha.

Qiziq, Vazirlar Mahkamasi 28 kunda shu ishlarning hammasiga ulgurmoqchimikan? Nahotki? O'tgan ikki yilda qilinmagan ishlar a?

Xo'p, deylik shu vaqtda ulgurilmasa, bu ishlar uchun mas'ul davlat departamenti nima ish qildi? U yerdagi o'nlab xodimlar nima uchun oylik olyapti? Va nihoyat, ulgurilmasa, hujjat o'zi nega qabul qilingandi?!

Agar o'zimizgagina bog'liq bu islohot (Rossiya bu masalada ham peshonamizda turib olmagandir) shu safar ham amalga oshmay qolsa, shu safar ham irodasizlik qilsak va shu safar ham chala ish qilish odatimizga sodiq qolsak, LOTIN YOZUVI masalasida boshqa gapirmasak ham bo'ladi. Demak, bizning hukumatga emas ekan keng, izchil, xalqchil islohot degan tushunchalar. Demak, qo'shnilarimizda bor iroda, qat'iyat bizga berilmagan ekan.

28 kun qoldi...

P.S. Bir narsani tushuning, butun millat masalasi bo'lgan yozuv islohigaki shunchalik befarq qarayotgan ekansiz, boshqa ishlaringiz ham hech qachon muvaffaqiyatli bo'lmaydi. Oxiriga yetmay qolaveradi.

@haqiqatdaIlyos
1.1K views14:25
Ochish/sharhlash